ONA TILI VA ADABIYOT
Qaysi gapdagi so‘zlar imlosida faqat tovush almashish hodisasi kuzatiladi? A)U endi podshoning topshirig‘ini bajarish uchun uni tinmay maqtar, butun ayyorligini ishga solar edi.
Barmog‘ingiz bilan tirnoq yuzasi burchagidagi nuqtani biroz bosib tursangiz, shunda tish og‘rig‘i darrov to‘xtaydi.
Ho‘kiz kechqurun qorni ochib, charchab kelsa, uning oldiga bir bog‘ quruq poyani tashlab qo‘yar ekan.
Garchi bu hol ularni oqlashga tirnoqcha asos bo‘lmasa ham, ko‘nglimda o‘zimga tasalli berish, aldash kabi bir kayfiyat bor edi.
Qaysi javobda imloviy xato yozilgan so‘zlar soni ikkita?
A)Yaxshilik qilsang, ohirigacha yaxshilik qilgin, zinxor minnat qilma. B)Qor urib turgan bir kun edi. Birdan ko‘chada dod-faryot ko‘tarilib qoldi.
C)Zebi yuragida tugulib yotgan zo‘r tugunni yechib yuborgan edi. D)O‘rtadagi xontaxtada sovub qolgan kabob va meva-cheva bor edi.
Imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan so‘zlar qatorini aniqlang.
ajabtovur, armug‘on, tajovuz
daromat, strategiya, sa’y-harakat
pinxona, mudofa, taqiqlamoq
taajjub, zarp etmoq, yondashuv
Dunyodagi eng ulug‘ martaba eng ulug‘ sharaf Vatan ozodligi uchun xizmat qilish deydi A.Oripov
Mazkur ko‘chirma gapli qo‘shma gapda tushirib qoldirilgan tinish belgilari qaysi javobda tartib bilan to‘g‘ri berilgan?
A)« , – », – .
B)« , », – .
C)« – » – .
D)« – , », – .
Qaysi so‘zlar qatorida boshqalari bilan o‘zaro ma’nodoshlik hosil qila olmaydigan so‘z ishtirok etgan?
yalqov, ishyoqmas, tanbal
eplamoq, uddalamoq, sarflamoq
betob, bemor, xasta
ayyor, quv, mug‘ombir
Qaysi gapda qatnashgan sodda yasama so‘zning asosi ot turkumiga oid so‘z bilan shakldosh bo‘la oladi?
Senga qondosh elning hurmatini o‘rniga qo‘yishing kerak.
Karima xola bolalarining yozlik ko‘ylaklarini yig‘ishtirib olib qo‘ydi.
Dehqonlar ish qurollarini sozladilar.
O‘ylamay qilingan ish − boshga keltirar tashvish.
Qaysi gaplar juftligida berilgan -siz shaxs-son qo‘shimchasi bir o‘rinda birlik va bir o‘rinda ko‘plik ma’nosini ifodalab kelgan?
Siz bu bolaga yetti yot begonasiz, ammo u sizni o‘z otasiday ko‘rar ekan. Endi menga ruxsat berasiz, hali ishlarim ko‘p, − dedi auditoriyaga qarab.
Ikkingiz turmush qurasiz, keyin shu yerda yashaysiz. Hali boshqa odamlar bilan ham do‘stlashasiz, aziz bolalar.
Hozir mana bu rasmni chizasiz, o‘g‘lim, keyin ikkovlashib kamchiligini to‘ldiramiz.
“Siz ham menga juda yoqasiz”, − dedi unga.Kech bo‘lib qoldi, qani, turinglar, yigitlar, endi ketasiz. Hamma yig‘ilsin, biz bilan birga jo‘naysiz.
Ilm olish igna . . . quduq qazish demakdir. Bilmaslik ayb emas, bilim. . . intilmaslik aybdir. Bilim har qanday boylik. . . afzal sanaladi.
Ushbu parchada ko‘p nuqtalar o‘rnida yozilishi kerak bo‘lgan til birliklari to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang.
biriktiruv bog‘lovchisi, chiqish kelishigi qo‘shimchasi, chiqish kelishigi qo‘shimchasi
ko‘makchi, jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasi, chiqish kelishigi qo‘shimchasi
ko‘makchi, qaratqich kelishigi qo‘shimchasi, jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasi
biriktiruv bog‘lovchisi, jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasi, tushum kelishigi qo‘shimchasi
Qaysi so‘zlar juftligi tub va yasama so‘zlarga mansub bo‘la oladi?
bo‘g‘ma (kasallik nomi) − bo‘g‘ma (belgi-xususiyat bildiruvchi so‘z)
kechik (daryoning kechuv joyi) − kechik (harakat bildiruvchi so‘z)
olma(meva) − olma (harakat bildiruvchi so‘z)
sozlar (musiqa asboblari) − sozlar (harakat bildiruvchi so‘z) 10.Qaysi gapda tub va yasama asliy sifatlar ishtirok etgan?
Uning jussasi kichkina bo‘lsa ham, yuzlari jiddiy, boqishlari o‘tkir, ovozi esa jarangdor.
Yonbag‘irlarda rang-barang tovlanib, xushbo‘y atrini taratayotgan gullarga nazar tashlayman.
Hovlimizda ko‘cha eshikdan kiraverishda kichkina, g‘ishtin uycha bor. D)Temur insoniylik xususiyatlariga ega bo‘lgan buyuk shaxs edi.
Qaysi javobda ega vazifasida kelgan yasama shaxs oti ishtirok etgan?
Dehqon mirobga qarab gapida davom etdi.
Bilimdonlar dangasalik qilmaydi, har doim o‘z ustida ishlaydi.
Kuni bilan terimchilar tinmadi, hali dalada paxta ko‘p.
Hoji buvi qo‘lidan kelgancha dori-darmon qildi, keyin oyim tuzaldi. 12.Suhbatlashishga arziydigan kishi bilan gaplashmaslik kishini yo‘qotishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |