shēnghuó fāngcái shùnshì yī xiē. Sao Pi vafot etgachgina, u (Sao Je)ning hayoti
bir oz osudalashdi.
直到...还... zhídào...hái... konstruksiyasining funksiyasi ham 直到...才...
zhídào....cái... konstruksiyasi bilan bir xil:
可是,直到第一支烟吸完,他还拿
不准头一句话到底应该写什么。Kěshì, zhídào dì yī zhī yān xīwàn, tā hái
nábùzhǔn tóu yī jù dàodǐ yīnggāi xiě shénme. Lekin birinchi tamakini chekib
bo‘lguniga qadar, u hali ham kirish so‘ziga nima yozish kerakligi haqida
kalovlanardi.
Bu yerda
还 hái yordamchi so‘zining o‘rnida 仍 réng, 也 yě va hokazo
ravishlarni qo‘llab ishlatish mumkin:
直到现在他的精神也仍然滋润着我们,温暖着我们。Zhídào xiànzài
tā de jīngshén yě réngrán zīrùn zhe wǒmen, wēnnuǎn zhe wǒmen. Hozirga qadar
uning g‘ayrat-shijoati avvalgiday bizni yumshatib turadi, iliqliq bag‘ishlab
turadi.
115
Noaniq vaqtda ketma-ketlikni ifodalovchi ergashgan qo‘shma gaplardagi
ergash gapda so‘z ketayotgan ish-harakat noaniq vaqtda sodir bo‘ladi va
o‘zining ortidan bosh gapda xabar berilayotgan ish-harakatni jalb qiladi.
Noaniq vaqtda ketma-ketlik
一旦 yīdàn “bir kun ertalab, bir kuni, bir safar,
bir zamon” maxsus leksik elementi bilan ifodalanadi. Mazkur leksik element
ergash gapda o‘z o‘rnini topadi.
114
张卫国。现代汉语实用语型 --- 准确理解、自由表达的新途径。- 北京:中国人民大学出版社,1992。
第 263 页。
115
O‘sha manba. 265-b.
81
O‘zining mazmuniga ko‘ra, bunday gaplar odatda o‘tgan zamonga
mansub bo‘ladi. Ergashgan qo‘shma gapning ikki qismidagi kesimlar ham
odatda
了 le suffiksi bilan shakllangan natijaviy fe’llar bilan ifodalanadi.
Masalan:
1)
一旦刮起了风,苹果树就倒了下去。Yīdàn quā qǐ le fēng, píngguǒ
shù jiù dào le xiàqù. Bir kuni qattiq shamol bo‘lib, olma daraxti qulab tushdi;
2)
然而他一旦走到外面,进入那新的环境,和新的朋友接触,他的
眼界又变得宽广了。Ránér tā yīdàn zǒudào wàimiàn, jìnrù nà xīn de huánjìng,
hé xīn de péngyou jiēchù, tā de yǎnjiè yòu biàn de kuānguǎng le. Lekin bir kuni
u odamlar orasiga chiqa boshlab yangi muhitga kirdi, yangi do‘stlar orttirdi,
dunyoqarashi yanada kengaydi.
3)
而一旦过了这个极限,坚持下来的人又会发现,一切又好转起来
了。ér yīdàn guò le zhè gè jíxiàn, jiānchí xiàlái de rén yòu huì fāxiàn, yīqiè yòu
hǎozhuǎn qǐlái le. Lekin bir kun kelib bu chegaradan o‘tilsa, bardosh berib
kelayotganlar hammasi yaxshilangaligini his qilishlari mumkin
116
.
Takrorlanuvchi ketma-ketlikni ifodalovchi ergashgan qo‘shma gaplardagi
bosh gapda so‘zlanayotgan ish-harakat ergash gapda xabar berilayotgan ish-
harakatdan keyin sodir bo‘ladi. Bunda ikki harakat ham vaqti-vaqti bilan
takrorlanib turadi.
Bunday gaplarning maxus ifoda vositasi sifatida ergash gapda
每一 měi yī
“har safar” tipidagi leksik shakllanma va bosh gapda bog‘lovchi yuklamalar
namoyon bo‘ladi.
Takrorlanuvchi ketma-ketlikni ifodalovchi ergashgan qo‘shma gaplar
mazmun jihatdan o‘tgan zamonga mansub. Va shuning bilan birga hozirgi
zamonda ham anglanishi mumkin. Masalan:
116
Курдюмов В.А. Курс китайского языка. Теоретическая грамматика. – М.: Цитадель-трейд; Лада, 2005.
– C. 453.
82
1)
她每一笑,房里便显得明亮多了。 Tā méi yī xiào, fáng lǐ xiǎndé
míngliàng duō le. U har safar kulganida, xona yanada nurafshon bo‘lganday
tuyuladi;
2)
他每一想起这个人的名字,他的心就变得非常柔和了。 Tā měi yī
xiǎngqǐ zhè gè rén de míngzi, tā de xīn jiù biàndé fēicháng róuhé le. U har gal
bu odamning ismini eslaganida, uning yuragi mehrga to‘lardi;
3)
每逢有人从他们跟前走去,抱素总以为自己是被注视的目标。Měi
féng yǒu rén cóng tāmen gēnqián zǒuqù, Bàosù zǒng yǐwéi zìjǐ shì bèi zhùshì de
mùbiāo. Har safar Baosuning oldidan biror kimsa o‘tib ketganida, unga doim uni
qattiq kuzatayotganlaridek tuyulardi;
4)
可是每当我恨她的时候,我不知不觉地便想起她背着我上坟的光
景。 Kěshì měi dāng wǒ hèn tā de shíhou, wǒ bù zhī bù jué de biàn xiǎngqǐ tā
bēizhe wǒ shàngfén de guāngjǐng. Ammo har safar undan nafratlangan paytimda,
u meni orqalab (otamning) qabriga olib borgan vaziyatlarni beixtiyor yodga
olaman.
Shartli ketma-ketlikni ifodalovchi ergashgan qo‘shma gaplardagi bosh
gapda so‘zlanayotgan ish-harakat ergash gapda xabar berilayotgan ish-
harakatning vaqti bilan shartlangan bo‘ladi va undan keyin sodir bo‘ladi.
Shartli ketma-ketlik
多 咱 ... 多 咱 duōzan... duōzan “qachonki...,
shunda...” tipidagi konstruksiyasilar bilan ko‘rsatiladi. Bunday gaplar o‘z
mazmuniga ko‘ra odatda kelasi zamonga mansub bo‘lib, qo‘shma gapning ikki
qismidagi kesim ham tugallanmagan ish-harakatni bildiradi:
1)
我多咱叫你,你就多咱来。Wǒ duōzan jiào nǐ, nǐ jiù duōzan lái.
Qachonki seni chaqirsam, shunda kel;
2)
您哪时到,哪时有你座儿。 Nín nǎ shí dào, nǎ shí yǒu nǐ zuòr.
Qachon kelsanggiz, shunda sizga joy bo‘ladi;
83
3)
他什么时候回家,我就什么时候来拜会他。 Tā shénme shíhou
huíjiā, wǒ jiù shénme shíhou lái bàihuì tā. U qanchada uyga qaytsa, shunchada
unga tashrif bilan boraman.
E’tibor bersak, shartli ketma-ketlikni ifodalovchi ergashgan qo‘shma
gaplar xitoy tilida so‘roq olmoshlarining ikkilanishi bilan vujudga kelgan
konstruksiyalar yordamida shakllanadi.
Masalan,
多咱... 多咱... duōzan... duōzan... va 哪时...哪时... nǎ shí... nǎ
shí... (qachonki..., shunda...);
什么时候...什么时候... shénme shíhou... shénme
shíhou... va
几点...几点... jǐ diǎn... jǐ diǎn... (qanchada..., shunchada...) h.k.
Boshlang‘ich paytni ko‘rsatish bilan ketma-ketlikni ifodalovchi ergashgan
qo‘shma gaplardagi bosh gapda so‘zlanayotgan ish-harakat ergash gapda xabar
berilayotgan ish-harakatdan keyin sodir bo‘ladi.
Bundan tashqari, bu singari gaplar bosh gapdagi ish-harakat qaysi vaqtdan
boshlanishini ko‘rsatadi.
Boshlang‘ich paytni ko‘rsatish bilan ketma-ketlik
自从...以后... zìcóng...
yǐhòu... tipidagi konstruksiyalar bilan ifodalanadi. Bunday gaplarda ergash
gapdagi kesim tugallangan ish-harakatni anglatib, ba’zida o‘zi bilan
了 le
suffiksini oladi. Masalan:
1)
自从我走过之后,为什么你永远不写信给我?Zìcóng wǒ zǒuguò
zhīhòu, wéishénme nǐ yǒngyuǎn bù xiěxìn gěi wǒ? Men ketgan paytimdan
boshlab, nima uchun hech qachon menga xat yozmaysan?
2)
自从他回来之后,他母亲的病便好了。Zìcóng tā huílái zhīhòu, tā
mǔqīn de bìng biàn hǎo le. U qaytgan zamondan, onasining kasali tuzaldi;
3)
自从四十岁上,他生了一位宝贝儿子以后,他那种贪财吝啬刻薄
的天性就特别发挥了。Zìcóng sì shí suì shàng, tā shēngle yī wèi bǎobèi érzi
84
yǐhòu, tā nà zhǒng tāncái lìnsè kèbó de tiānxìng jiù tèbié fāhuī le. U qirq
yoshligida qimmatli o‘g‘ilchasini dunyoga keltirganidan boshlab, tabiatan unga
xos bo‘lgan boylikka o‘chlik, xasislik va bag‘ritoshlik yanada namoyon bo‘la
boshladi.
Bunday gaplar ish-harakatning ketma-ketligini ifodalovchi
以后 yǐhòu
“keyin” ko‘rsatkichisiz ham qo‘llanilishi mumkin bo‘lib, bunda
自从...以来
zìcóng... yǐlái konstruksiyasi ishtirok etishi mumkin. Bu o‘zbek tilida “-dan
buyon, -dan beri” tarzida tarjima qilinadi. Masalan:
1)
自从他有记忆以来,他的脑筋里就有一个相貌庄严的祖父的影
子。 Zìcóng tā yǒu jìyì yǐlái, tāde nǎojīn lǐ jiù yǒu yī gè xiàngmào zhuāngyán de
zǔfù de yǐngzi. U esini taniganidan buyon, uning shuurida buvasining salobatli
va jiddiy qiyofasi yashar edi;
2)
自从我执笔以来,我就没有停止过对我的敌人的攻击。Zìcóng wǒ
zhíbǐ yǐlái, wǒ jiù méi yǒu tìngzhǐguò duì wǒ de dírén de gōngjī. Men qo‘limga
qalam olganimdan beri, hech qachon dushmanlarimga qarshi hujumni
to‘xtatmaganman.
Do'stlaringiz bilan baham: |