504
Komplekslilik.
Turistik xizmatlarni ko‘rsatish nafaqat asosiy xizmatlarni,
balki iste’molchilar hayoti ta’minotining normal sharoitlarini yaratadigan
qo‘shimcha xizmatlarni ham olish imkoniyatini ta’minlashi lozim.
Xizmat ko‘rsatuvchi personallarning axloqliligi
. Xizmat ko‘rsatuvchi
personal o‘zini tutishning etika me’yorlariga rioya qilishi lozim. Iste’molchiga
personallarning
muloyimliligi,
yaxshi
munosabati,
kommunikabelliligi
kafolatlangan bo‘lishi kerak.
Qulaylik.
Turistik xizmatlar iste’molchilar uchun yaratilgan qulay
sharoitlarda ko‘rsatilishi lozim.
Estetiklik.
Turistik korxona hududi, binolarning badiiy yechimi, yo‘nalish
keng ko‘lamda tashkil etilishi, xizmat ko‘rsatuvchi binolar intererini bezatilishining
kompozitsion uyg‘unligi va arxitekturaviy yaxlitligi talablariga muvofiq bo‘lishi
lozim. Xizmat ko‘rsatuvchi personallarning tashqi ko‘rinishi va nutq madaniyati
estetikasi talablariga javob berishi kerak.
Ergonomikligi
.
Xizmat ko‘rsatish davomiyligi, turistik va ekskursion
yo‘nalishlarning davomiyligi va murakkablilik darajasi, turistlarga beriladigan
jihozlar va narsalar, foydalaniladigan transport vositalari, mebel hamda boshqa
jihozlar turistlarning jismoniy- psixologik imkoniyalariga mos kelishi lozim.
Turizmda xizmatlarni loyihalashtirishda, albatta, turistlarga xizmat
ko‘rsatish sifatini nazorat qilish usullari ko‘zda tutilgan bo‘lishi kerak. Sifatni
nazorat qilishni loyihalashtirish o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
•
xizmat ko‘rsatish jarayonida xizmatlar tasnifiga sezilarli ta’sir
ko‘rsatadigan muhim jihatlarini aniqlash;
•
xizmatlar tasniflarini to‘g‘rilash usullarini aniqlash;
•
nazorat qilinadigan tasniflarni baholash usullarini aniqlash.
Nazorat qilish usullari: vizual (yo‘nalish va ob’ektlarni ko‘rib chiqish);
analitik (hujjatlarni tahlil qilish); ijtimoiy (turistlar va personallar orasida so‘rovlar
o‘tkazish) va boshqalar bo‘lishi mumkin.
Xizmatlarni
loyihalashtirishning
oxirgi
bosqichi
loyihadagi
nomutanosibliklarni aniqlash va o‘z vaqtida oldini olishga qaratilgan tahlil
hisoblanadi. U turistik korxonaning tegishli funksional bo‘linmalari vakillari
tomonidan amalga oshiriladi.
Turistik xizmatlar va turistlarga xizmat ko‘rsatish jarayonlarini
loyihalashtirish hujjatlarini turistik korxona rahbari buyurtmachi bilan kelishgan
holda tasdiqlaydi. Loyihani o‘zgartirishga faqatgina buyurtmachi bilan kelishilgan
holda, asosli holatlardagina yo‘l qo‘yiladi va turistik korxona rahbari tomonidan
tasdiqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: