498
anglatadiki, turistning shaxsiy qiziqshlari, unga bo‘lgan samimiy munosabat doimo
birinchi o‘ringa qo‘yilishi lozim.
Shu nuqtai nazardan xalqaro turizmda qo‘yidagi e’tibor alomatlarini
turistlarga ko‘rsatish allaqachon amaliyotga aylangan:
- har bir turist uchun qo‘tlovchi suvenirlar mehmonxona xizmatidan farqli
o‘laroq (mehmonxonada xatto yostiq ustidagi shokolod ham suvenir) turlarda
suvenirlar sayohat maqsadidan kelib chiqib beriladi. Masalan: kasbiy sayohat, ya’ni
ish yuzasidan sayohatlarda prospektlar yoki turistlarni qiziqtiruvchi mahsulotlar
namunalari, falklor turlarda esa milliy harakterdagi suvenirlar bo‘lishi mumkin;
- tur yakunida turistlarga bosib o‘tilgan marshrutlar hamda maxsus
tayyorlangan diplomlar, yorliqlar, nishonlar taqdim etish;
- reklama varaqlari, bukletlar, yo‘l ko‘rsatuvchilar va dam olish maksanlari
haqidagi ma’lumotlar turistlar uchun doimiy ravishda tarqatilishi lozim;
- sayohatning ilk kunlarida asosiy va qo‘shimcha xizmatlar bo‘yicha
tushuntirish ishlarini olib borish uchun turistlar bilan gidning uchrashuvini tashkil
etish.
Bularning barchasi juda samimiy tus oladi va turistlar uchun joziba kashf
etadi.
Xizmat ko‘rsatishni tashkil qilishda ozodlik tamoyilini inobatga olish juda
muhimdir, ya’ni sayohat chog‘ida barcha ko‘ngilsiz narsalardan ozod bo‘lishi
lozim. Masalan, turistlarni transportga biletlar buyurtmasidan, konsert va teatrlarga
biletlar buyurtmasidan, har qanday turdagi xizmatlarni kutishidan butunlay xolos
qilish lozim.
Xizmat ko‘rsatishning optimalligi mehmondo‘stlikka aloqador bo‘lgan
iste’molchi hususiyatlaridan biri. Xizmat ko‘rsatishning optimallashuvi
qo‘yidagilarni nazarda to‘tadi:
•
barcha xizmat turlarining yagona daraja (klass)ga mos kelishi;
•
barcha xizmatlarning tur mazmuniga mos kelishi;
•
turning iste’molchilarning ma’lum maqsadli guruhiga yo‘naltirilganligi;
•
xizmat ko‘rsatish dasturini oldindan kelishish;
•
dasturlarning qayishqoqligi (elsatiligi) u yoki bu xizmatlarni almashtirish
imkoni mavjudligi;
•
taqdim etiladigan xizmatlar soni bo‘yicha xizmatlarning maqsadga
muvofiq tarkibi;
•
xizmat ko‘rsatishda majburiylik alomatlarining yo‘qligi;
Ushbu tamoyillarning barchasini turistik mahsulotni ishlab chiqarish
bosqichidayoq inobatga olish muhimdir. Bunda noto‘g‘ri tayyorlangan mahsulotga
nafaqat talab mavjud bo‘lmasligi, balki bunday mahsulot tashkilotdan bo‘lajak
potensial mijozlarning ixlosini ham qaytarishi mumkinligini uno‘tmaslik lozim.
Bugungi kunda turistik bozorda hukm so‘rayotgan raqobat sharoitida
yuqoridagilar kuchli omil bo‘lib hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: