Bog'liq 1.Bekjanov D.Turizm operator xiz.t.et. majmua
Ovqatlantirish xizmatlari. Turistlar
shahar
mehmonxonalariga
joylashtirilganda ularni ovqatlantirish muammo emas. Chunki, turist joylashgan
mehmonxonada ham shaharning har bir ko‘chasida ham turistning ehtiyojini
qondiradigan restoran, kafe, oshxona va choyxonalar bor.
Shaharlar mehmonxonalarda joylashgan turistlarni ovqatlantirishda xalqaro
me’yorlardagi takliflar quyidagicha:
a) to‘liq pansion – 3 marta ovqatlanish (nonushta, tushlik, kechki ovqat);
b) yarim pansion – 2 marotaba ovqatlanish (nonushta – tushlik, nonushta –
kechki ovqat yoki tushlik – kechki ovqat);
v) faqat nonushta;
g) faqat tushlik;
d) faqat kechki ovqatlanish.
Ovqatlanishda xizmatlar shakli qo‘yidagicha:
a) «Shved stoli» - o‘z-o‘ziga xizmat. Bu usulda restoran yoki oshxonala
turli-tuman ovqat xillari tayyorlangan bo‘ladi. Turistlar (mijozlar) o‘zlari hoxlagan
ovqat va ichimlik xillarini hoxlaganlaricha (ehtiyojalariga yarasha) olib yeb-
ichishlari mumkin. Ovqatlanib bo‘lgandan keyin turist (mijoz) idish – tovoqlarni
yig‘ishtirmaydi.
b) «Tabldot» - hamma mijozlar uchun faqat bitta menyu tayyorlanadi
(mijozlarga ovqat tanlash huquqi berilmaydi).
v) «A lya kart» - restoran menyusida turistlar hoxlagan ovqat turini erkin
tanlaydilar.
Ovqatlanishning qaysi shakllari bo‘lmasin shaharda va tuman markazlarida
turistlarni ovqatlantirish yuqorida qayd qilganimizdek muammo tug‘diradi. Faqat
turistik marshrutda shaharda (tumanda) ovqatlantirish joyi va sharoitlari yozib
qo‘yilsa yetarli bo‘ladi.
Turistlarni ovqatlantirishdagi muammolar shaharlardan (tumanlardan) uzoq
masofadagi turistik ob’ektlarga marshrut ishlab chiqishda qiyin vaziyatlarni keltirib
chiqarmoqda. Shaharlardan uzoq masofalarda joylashgan turistik ob’ektda tunash
muammosi yuqorida keltirildi. Bunday sharoitlarda ovqatlantirish ham ana shu
muammoni takrorlamoqda.
Qayd qilinganlardan quyidagi xulosalar hosil bo‘ladi:
1. Turistik marshrut ishlab chiqishda agar marshrut ekoturizm, ovchilik
turizmi, sarguzasht turizmi yoki g‘orshunoslik va rekreatsiya turizmi mavzulari
bo‘yicha ishlab chiqilganda turistlarni «palatka usuli»da ovqatlantirishni tashkil
qilish mumkin. Bu usulda turistlarni qiziqtirish uchun milliy ekzotika variantini –
ya’ni ko‘chma qozon – tovoq usulida – «tabiat bag‘rida tabiiylik» sharoitida ovqat
tayyorlashda taklif etish va ovqatlantirish.
2. Qayd qilingan turizm mavzularida turistik marshrut ishlab chiqilganda
turistik makonda – ob’ektda turistik lager (mavsumiy – palatka usulida) tashkil
qilish maqsadiga muvofiq.
3. Har qanday mavzuda turistik marshrut ishlab chiqishda marshrut
davomida mineral suvlar, termosda issiq choy, sovutilgan choy va ekologik toza
sharbatlar bo‘lishligini ta’minlash shart.
4. Turistik marshrutda ekskursiyaga chiqilganda ekspeditsiya usulida
ovqatlanishni (konservalar, qotirilgan kolbasalar, tushonkalar va hako..) issiq choy
bilan tashkil qilish mumkin.