Microsoft Word togaymurod otamdan qolgan dalalar lotin ziyouz com doc



Download 0,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet189/205
Sana18.02.2022
Hajmi0,67 Mb.
#452117
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   205
Bog'liq
T.Murof

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
149
— Shukur Burhonov. 
— Yo‘-o‘q, sen o‘sha baranni o‘ynagan ijrochini aytayapsan. Oti... oti Yusuf Yalangto‘sh! Yusuf 
Yalangto‘sh ertayu kech Lenindan javobnoma qaraydi... qaraydi! Lenin bo‘lsa, Kremlda o‘tirib... 
Turkistonni zabt etish yo‘llarini o‘ylaydi! Yusuf Yalangto‘shday bosmachi baranlarni qirib tashlash 
yo‘llarini o‘ylaydi! O‘shanda yigirmanchi yillar edi. Qara, shuncha yil o‘tibdi — sen o‘zbeklar haliyam 
barandan odamga aylanmabsanlar! 
— Sabr tagi oltin, deydilar. Meni-da boshimga oftob tegib qolar. 
— Oftob? Qanday oftob? E, ha, oftob bo‘lsa oftob-da! 
Pvan Ivanovich nomamni boshim uzra oshirib otdi. 
— Ana, boshingga oftob tegdi, ana! — dedi. — Ura-a-a, baranlar boshiga oftob tegdi, ura-a-a! 
Ivan Ivanovich papiros ezg‘iladi. Lablariga papiros qistirdi. Chirsillatib gugurt chaqdi. 
Ivan Ivanovich burqsitib-burqsitib papiros tortdi. 
— Quloq sol, baran, —dedi. — Sen Leninga noma bitib ahmoq bo‘lma. Yaxshilab eshitib ol. Chin, 
bu joylar Sho‘ro zindoni, deb ataladi. Aslida esa unday emas. Bu joylarni «Qizil zona», deydilar. 
«Qizil zona»ning o‘z qonun-qoidalari bo‘ladi. Zindon ana shu «Qizil zona» qonun-qoidalariga 
bo‘ysunadi. «Qizil zona»da Lenin yo‘q! «Qizil zona»da Sho‘rr hukumati yo‘q! «Qizil zona»da adolat 
yo‘q! «Qizil zona»da inson or-nomusi, inson shon-shuhra-ti, inson qadr-qimmati... yo‘q, yo‘q! Tag‘in 
yo‘q! «Qizil zona» o‘z nomi o‘zi bilan — qizil, qizil! Qizil rang — qon rang! Qon rang bilan 
o‘ynashma, baran, qon rang bilan o‘ynashma! Aks holda — qizil qoningga bo‘yalasan! Aks holda—
qizil qurbonlik bo‘lasan, qizil qurbonlik!.. 
19 
— Mayli, aytma. Sen aytmasang ham o‘zim topib olaman, — dedi Ivan Ivanovich. — Topib 
olayapman, bundan keyin ham topib olaman. Ana shunda o‘sha oltinlar bilan peshonangga bir uraman-
da, manavi oltin bo‘lmay... deyman! 
— Shunday qiling, katta, shunday qiling! 
— Qilaman, qilaman! Men seni manavinday irib-chirib yotmagin, deyman-da. 
Ivan Ivanovich qalam uchi bilan qo‘lim yuzi yaramni bosdi. Bosib-bosib turdi! 
Yaramdan bilq-bilq yiring toshdi! 
Yaram lo‘q-lo‘q og‘ridi! Yaram zirq-zirq og‘ridi! 
Men apil-tapil yaramni tortib oldim. 
— Ana, baran, ana! — dedi Ivan Ivanovich. — Ana shunday irib-chirib o‘lib keta berasaimi? 
Mayli, oltinlarni aytma. Kel, yaxshisi — men senga bor-yo‘g‘i bir savol berayin — sen ikki og‘iz gap 
bilan javob ber-da, qutul. Kelishdikmi? 
— Oldin ayting, qani? Eshitaylik, qani? 
— Xo‘-o‘sh, raisingga qancha pora bergansan? 
— Pora? Qandaychikin pora? 
— Qachon bergansan, nimaga o‘rab bergansan, necha so‘mlik edi? 
— Umrimda birovga-da pora bermadim, birovdan-da pora olmadim. 
— Bilaman, senga pora beradigan ahmoq yo‘q, bilaman, Lekin sen pora bergansan! 
— Birovga-da pora bermaganman, deyapman-ku. 
— Bergansan! 
— O‘lla o‘layin agar-a, pora bergan bo‘lsam-a! 
— Bergansan! Sen — raisingga uzatasan, raising — tumaningga uzatadi, tumaning — viloyatingga 
uzatadi, viloyating — Markazkomga uzatadi! 
— O‘lla o‘layin, birovga pora bergan bo‘lsam-a! 
— Qattalarga bir nima uzatmasang... qanday qilib brigadir bo‘lding? 


Tog‘ay Murod. Otamdan qolgan dalalar (roman) 

Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish