Microsoft Word togaymurod otamdan qolgan dalalar lotin ziyouz com doc



Download 0,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/205
Sana18.02.2022
Hajmi0,67 Mb.
#452117
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   205
Bog'liq
T.Murof

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
105
Qichqirganimdan chopa kelsang, o‘larmiding! 
— Qachon? Eshitganim yo‘q, xudo ursin agar, eshitganim yo‘q! 
— Qancha qichqirdim, tom-toshni boshimga ko‘tardim, hovlini boshimga ko‘tardim. Dehqonqul-a, 
kela ber-chi kela ber, deb qichqirdim. 
— Eshitganim yo‘q, it bo‘layin agar, eshitganim yo‘q! 
— El-xalqim, kela ber-chi kela ber, deb baqirdim. Qani, birovgina jonzot ovoz bersa, oting nima 
desa! 
— Bari menga o‘xshab dalada yurgan-da? 
— Ha, dalang bilan qo‘shilib chalpak bo‘lgin, chalpakkina bo‘lgin! Ha, dalang bilan qo‘shilib 
qo‘shmozor bo‘lgin, qo‘shmozorgina bo‘lgin! Shu ayolga bir nima bo‘lsin qani, men seni nima 
qilaman ekan! 
— O‘zi, nima bo‘ldi, ayting qanikayin? 
— Ochiq mozor bo‘ldi, ochiq lahad bo‘ldi! 
— Ko‘p baqirmang-e, ena, tevarak-boshdan-da uyatdir. 
— Ichkarida jondaygina kelinim kuyib yotadi-da, men baqirmay kim baqiradi?! 
— Xo‘p, nima bo‘ldi o‘zi? Bir boshidan ayting qanikayin? 
— Bir qaradim: kelin ichkarida beshikka bag‘rini berib o‘tirdi. Bolasiga emchak berdi. Peshonasini 
beshik tebratgich qo‘yib uxladi. Ay, kelin, bo‘l, dedim. Mayli, hozir, dedi. So‘g‘in hujramga kirib 
ketdim. Kelindan hadeganda darak bo‘la bermadi. Ikki qaradim: ay, kelin, bo‘l, dedim. Mayli, 
manavini emizib bo‘layin, mayli, dedi. Bir og‘iz qattiq-quruq gapirgan bo‘lsam, o‘layin agar, o‘libgina 
ketayin, agar! Qaradim-qaradim: kelin qimirlamadi. Bor-e, dedim, bu dunyomdan u dunyom yaqin 
bo‘lsa, menga nima, dedim. Hujramga kirib yotib oldim. Yotib-yotib, ko‘zim ketdi. Bir mahal, 
oynadan birov qaradi. Men ko‘zimni bilinar-bilinmas ochib turdim. Kelin oynadan mo‘raladi. 
Kaftlarini oyna tutib mo‘raladi. Men o‘zimni uxlamishga olib yotdim. Kelin oynadan mo‘raladi-
mo‘raladi... ketdi. Endi dalaga hayallab-hayallab boradi, eridan ko‘r bo‘lib gap eshitadi, dedim. Kelin 
shu ketishida oshxonaga boribdi. Gap yo‘q, so‘z yo‘q, burchakda turgan yermoyini olibdi-da, 
yelkasidan quyibdi. 
— Yelkasidan quyibdi? Yermoyini-ya? 
— Yermoyini-da, yelkasidan-da! So‘g‘in, ko‘ylagi etagidan gugurt chaqibdi. 
— O‘zi chaqibdimi? 
— Bo‘lmasa kim chaqadi, o‘zi-da. 
— Chopib bormadingizmi? 
— Eb-e, tush bilibmanmi, o‘t qo‘yishini! 
— Y
O
,
tavba, yo, tavbangdan... 
— Bir mahal, chirillagan ovoz eshitdim. Avval-avval, nima emish, dedim. Shu yaqinda birov-
yarimni eri urayapti-yov, dedim. Hadahalab joyimdan turdim. Oynadan tashqari qaradim. Qarasam: 
hovlida bir o‘t yonayapti. O‘t bo‘lib o‘t emas, kun bo‘lib kun emas! O‘t, deyin dedim — shu vaqtda o‘t 
nima qiladi, dedim. Kelin tandir qizitayapti, deyin dedim — kecha tandir qizitib, non yopib olib edi-ku, 
dedim, Bir mahal o‘t chinqirib qo‘ya berdi! Tavba dedim, o‘t ham chinqiradimi, dedim. Umrim o‘tib, 
chinqirib yongich o‘t ko‘rmab edim-ku, dedim. Bir mahal, o‘t hovlini aylanib chopdi! Men tashqari 
otilib chiqdim, Qarab turdim: o‘t hovlida zir-zir aylanib chopdi! O‘t chinqirib-chinqirib choldi! O‘t 
buralib-buralib chopdi! O‘t o‘ynab-o‘ynab chopdi! O‘t eshilib-eshilib chopdi! Men ovoz qo‘yib chiriq 
berdim. Seni yo‘qlab chiriq berdim. El-xalqim kela ber, deb chaqiriq berdim. Chiriq bera-chiriq bera 
— o‘tni oldimga solib quvib qo‘ya berdim! Hovlini aylantirib o‘t quvaman-o‘t quvaman — qani endi
yetolsam! O‘tni yetolmadim! Bir-ikki marta yetaman-etaman dedim ag‘nab tushdim. Bellarim zirqirab 
og‘ridi. Joyimdan turolmay qoldim, yotgan yerimda: el-xalqim, qaerdasan, el-xalqim, kela ber, deb 
baqira berdim. Bir balo qilib joyimdan to‘rkadim. Tag‘in o‘t quvib ketdim. O‘t o‘zini devor olib borib 
urdi! O‘t o‘zini daraxt olib borib urdi! So‘g‘in, o‘t o‘zini... buzoqni ostiga otdi! Buzoq qoziq aylanib-


Tog‘ay Murod. Otamdan qolgan dalalar (roman) 

Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish