Tog‘ay Murod. Otamdan qolgan dalalar (roman)
www.ziyouz.com
kutubxonasi
32
Odam degan o‘n kiloyam paxta teradimi-a? O‘n kilo-ya?!
Men,
direktorimiz meni kamsitayapti, deb bilaman. Men, direktorimiz bugungi muvaffaqiyatimni
ko‘rib-ko‘rmaslikka
olayapti, deb bilaman.
Boisi — bugun o‘n bir kilo tergan bo‘laman, o‘n bir kilo!
Shu bois, o‘zimni-o‘zim oqlayman:
— O‘n bir kilo... — deya ming‘illayman. Direktorimchz og‘iz to‘ldirib-og‘iz to‘ldirib uv-uvlaydi.
— U-u-u, o‘n bir kilo! — deydi. — O‘n bir kilo-ya, u-u-u! Buncha paxtani qanday qilib terding-e?
Qoyil-e!
Muallimlarimiz piq-piq kuladi.
— Sichqon bir kunda iniga yiqqan paxta o‘n bir kilo bo‘ladi! — baqiradi direktor. — Jasadingni
qara! Jasadingdan eshak hurkadi! O‘l-e, shu kuningga-e!
Menga qara, qachon normani bajarasan?!
Ayt, qachon, qachon, qachon!..
G‘o‘zapoya yelkalarim oralab-oralab tushadi. Zarbli-zarbli tushadi. Tars-tars tushadi.
Ikkita ko‘k ko‘sak yelkalarimdan oyoqlarimga uchib tushadi.
Ust-boshim yetti qabatligadan ko‘k ko‘sak tayoq o‘tmaydi.
Ko‘k ko‘sak tayoq endi qo‘llarim oralab-qo‘llarim oralab tushadi.
Tayoq o‘tadi — ana shunda o‘tadi!
— Enajon, o‘ldim-e, enajon-e!.. — deya zor-zor yig‘layman.
— Bajaraman de, bajaraman de!..
—
Bajaraman, jon domla, bajaraman! Direktorimiz bir oppoq tolani boshi uzra ko‘z-ko‘z etadi»
— Ana, ko‘rayapsanmi, ana! — deydi. — Paxta sirtidan ana shunday oppoq bo‘ladi!
Direktorimiz tolani chigitlaydi. Ichidan chigitini oladi.
Direktorimiz qop-qora chigitni ko‘z-ko‘z etadi.
— Paxta aslida mana bunday ichi qora bo‘ladi! — deydi. — Paxta — ichi qora mato!
Paxta
odamzotni indamay boplaydi! U dunyo-yu, bu dunyo o‘ngarilmas qiladi! Byuroda o‘rtoq
Mavlonov
ana shunday dedi!
Direktorimiz yoqamdan changallaydi. Yerdan dast ko‘tarib oladi. Tag‘in yer tashlaydi.
— Paxta sen mafkurasi buzuqni ko‘zingni o‘yib oladi! — deydi. — Bilasanmi, sen kimsan? Sen —
bosmachisan, bosmachi!
Men chinqirib-chinqirib yig‘lab qo‘ya beraman. Men yer tepib-er tepib yig‘lab qo‘ya beraman.
Men jon-jahdim bilan direktorimizni tizzasiga yopishaman.
Men direktorimiz tizzasinn tatalab-tatalab tashlayman. Men direktorimiz tizzasini tishlab-tishlab
tashlayman.
Muallimlarimiz oracha etadi.
— Ana, ko‘ryapsizlarmi, o‘rtoqlar? — deydi direktorimiz. — Qazisan, qartasan,
axir naslingga
tortasan! Buning otasi Aqrab bosmachi edi! Sovet tuzumi dushmani paxta terarmidi!
15
Alp-alp odimlab boraman. «Qo‘lingni ko‘tar, bosmachi!» Miltiq o‘qtalib-o‘qtalib boraman.
«Qimirlama, bosmachi!»
Miltiq tepkasini sharaq-shuruqlatib boraman. «Otaman, bosmachi, otaman!»
Bir qo‘l yelkamdan ushlayda. Betlarimga shapatilaydi.
— Ko‘zingni och,
Jamoliddinov, ko‘zingni och! — deydi.
Ana shunda o‘zimga kelaman.
Tun qora bo‘ladi.
Yo‘l chapi paxtazor bo‘ladi, yo‘l o‘ngi yotoq bo‘ladi.
Men yo‘l o‘rtasida bo‘laman.