19
Tun ko‘roydin bo‘ladi.
Tog‘ay Murod. Otamdan qolgan dalalar (roman)
www.ziyouz.com
kutubxonasi
22
Qiblagohda Keragatog‘ oppoq-oppoq oqarish beradi.
Chanishev tog‘ xushro‘yidan huzurlanadi.
— Bay-bay-bay! — deydi. — Ana jamol, mana jamol! Biz endi bu jamolistonni O‘zbakiya deb
ataymiz, O‘zbakiya!
— Turkiston yaxshi emasmi?
— Yo‘q, O‘zbakiya deymiz, O‘zbakiya. O‘rtoq Lenin Turkistonni O‘zbakiya deb ataymiz, deb
edilar. O‘rtoq Lenin so‘zi so‘z, gapi gap! Bilasanmi, o‘rtoq Lenin nima uchun Turkistonni yo‘q qilib,
O‘zbakiya deb atamoqchi edi? Turkiston — turkiy xalqlar ota yurti. Shundan turkiy tuzemetslar otalari
yurti Turkiston uchun qo‘llariga qurol olmoqda. Turkiy tuzemetslar otalari yurti Turkiston uchun
jonlarini tikmoqda. Ana shu Turkistonni yo‘q qilib tashlasak, turkiy xalqlar qaysi otlik ota yurt uchun
jihod qiladilar! Bunday dohiyona g‘oya faqat Lenindan keladi!
Otamiz o‘ng qabatida ikkita Qizil boradi. Otamiz chap qabatida ikkita Qizil boradi.
Otamiz oldida Chanishev boradi.
Fonuslar lop-lop etib boradi.
Men peshonamni onamiz tazzasiga nuqib-nuqib hiqillayman.
— Ena, ena!.. — deyman.
Men yuzlarimni onamiz qo‘llariga bosib-bosib hiqillayman.
— Ketdi, otam ketdi!.. —deyman.
— Ko‘rdim... — deya ozurda bo‘ladi onamiz. — Ko‘rdim, otang ketdi...
Onamiz o‘ksib-o‘ksib yig‘laydi. Onamiz uvv-uvv yig‘laydi.
Onamiz ovoz qo‘yib yig‘laydi — demak, xavf-xatar olislaydi. Demak, endi qo‘rqmasa bo‘ladi.
Shu bois, otamiz ketidan yo‘l olib yig‘layman.
— Ota-a-a! — deyman. Otamiz qayrilib qaramaydi. Fonuslar lop-lop etib boradi.
Qizillar otda bo‘lsalar-da, miltiq o‘qtalib-o‘qtalib boradi.
Otamiz Qizil miltiq tig‘ida ketadi.
Men otamiz ketidan chopaman. Pildir-pildir chopaman.
— Ota-a-a!
Yalang oyoqlarim yerga tegib-tegmay chopaman. Ana-ana yetajak bo‘laman.
— Ota-a-a!
Jon-jahdim bilan chopaman. Shunda, betim bilan yer uchaman. Kaftlarim bilan yer borib tushaman.
Zabtim bilan bir-ikki bor yumalab olaman. Joyimdan turayin deyman — turolmayman.
Otamiz Qizil miltiq tig‘ida ketadi.
Yerda yotmish ko‘yi otamiz ketidan qarayman.
— Ota-a-a!
Fonuslar lop-lop etib boradi.
— Ota-a-a!
Otamiz Qizil miltiq tig‘ida ketadi.
20
Otamiz chimzor oralab boradi.
Otamiz bug‘doyzor oralab boradi.
Bug‘doyzor adog‘i daryocha oqadi.
Daryocha adoq sohili Sayrak qishlog‘i bo‘ladi. Daryocha qibla sohili Xo‘jasoat qishlog‘imiz
bo‘ladi.
Otamiz Qizil miltiq tig‘ida boradi-boradi — ana shu daryocha bo‘yida oyoq iladi. Chap yelkasi
osha qiblagohda qolmish qishlog‘iga boqadi.
Boqadi-boqadi — botinan-botinan inqillab-inqillab oladi.
Tog‘ay Murod. Otamdan qolgan dalalar (roman)
Do'stlaringiz bilan baham: |