www.ziyouz.com
kutubxonasi
144
Qo‘llarim qalt-qalt eta-eta bitdim:
«Maskovga. Kremlga. Lenin mavzoleyiga!
O‘rtoq Lenin! Siz bizning yakkayu yagona panohimizsiz, xaloskorimizsiz!
O‘rtoq Lenin! Otamiz-da siz, enamiz-da siz, emchakdoshimiz-da siz»...
Uydan chiqmish kechamdan ushbu kechamgachayin bo‘lmish kechmishimni oqizmayin-
tomizmayin bitdim.
Xatjildni tilim bilan ho‘llab-ho‘llab yopdim.
Nomamni «Yula»dan uzatdim.
«Bo‘ldi! — deya xayollandim. — Oldin ozod bo‘lmasam-da, ana endi ozod bo‘laman!»
13
— Surxondaryodan xat-xabar keldimi, hamshahar churban? — dedi «Sokol».
Men hayronlandim. Ajab-ajab qaradim.
— Ko‘p og‘zingni ochma. Biz ham o‘sha yoqdan, — dedi «Sadist».
— Qaerdan? — dedim.
— Mozori Sharifdan.
— Mozori Sharifdan? — deya ajablandim. — Mozori Sharif Afg‘onistonda emasmi, «Sadist»boy?
— Nima farqi bor, churban. Amudaryo o‘ng sohili Surxondaryo, chap sohili Afg‘oniston-da.
— Hayratondan o‘tasan — afg‘on bo‘lasan. Hayratondan qaytasan — o‘zbek bo‘lasan!
— Shunday, «Sokol»boy, shunday. Hayraton degich ko‘prik bor.
— Bo‘pti-da, churban, bo‘pti-da. Biz Afg‘onistondan qaytishimizda ana shu Hayratondan o‘tib
keldik.
— Afg‘onistonda nima qilib yuribsizlar, «Sadist»boy?
— Biz Afg‘onistonga baynalminal burchimizni ado etish uchun borib ednk, churban.
— Brejnev bovamiz yuborib edi, deysiz-da, «Sokol»boy?
— Afg‘onistonni bosib olish Brejnev aybi emas, churban, Brejnev aybi emas. Brejnev o‘ldi-ketdi.
Endi bari Brejnevni ayblayapti. Yo‘q, Brejnev aybdor emas. Tangriqut Pyotr Birinchi! Tangriqut Pyotr
Birinchi butun Osiyoni O‘rusiya vassali etib olmoqchi edi. Shimol bahrimuhiti — Hnndi bahrimuhiti
— Tinch bahrimuhiti... Ana shu uch bahrimuhit xilqati O‘rusiya deb atalishi kerak bo‘ladi. O‘rusiya
saltanati ana shu uch bahrimuhit xilqati aro hukmron bo‘lishi kerak bo‘ladi. Shu maqsadda Pyotr
Birinchi 1716 yilda g‘aranduq Bekovich-Cherkasskiy sorbonligida Xivaga lashkar tortadi. Ammo
g‘aranduq lashkari Xiva xoni Sherg‘ozixondan mag‘lub bo‘ladi. G‘aranduq Bekovich-Cherkasskiy qatl
etiladi. Shu vaqtda tangriqut Pyotr Birinchi O‘rusiya-Shvetsiya urushida bayon bo‘ladi. G‘aranduq
taqdiri bilan ishi bo‘lmaydi. Ammo tangriqut Pyotr Birinchi umri yakunida ikkita armon bilan olamdan
ko‘z yumadi. Bir armoni — O‘rusiya-Prussiya urushida mag‘lub bo‘lganligi uchun Turkiyadan o‘ch
ololmay armonda o‘ladi. Tag‘in bir armoni — g‘aranduq Bekovich-Cherkasskiy qatli uchun Xivadan
o‘ch ololmay armonda o‘ladi. Ana shundan buyon tangriqut Pyotr Birinchi armoni—O‘rusiya saltanati
armoni bo‘lib keladi. Ana shundan buyon tangriqut Pyotr Birinchi armoni — Ulug‘ O‘ris armoni bo‘lib
keladi. Ana shundan buyon O‘rusiya poshsholari Pyotr Birinchi tangriqut bobolari dasturilamalini
amalga oshirish payida bo‘ladi.
— Eh-e-e, Afg‘onistonda yillab qon kechdik, churban, yillab!
— O‘lim bizga pisand emas edi, churban.
— Mana men o‘z qo‘lim bilan «dushman» jonini sug‘urib oldim. Bir suv sotuvchi «dushman» bor
edi, esingdami, «Sokol»? Ko‘chada suv sotib yurardi-yu? O‘shanga suvingdan ber, desam bermadi.
O‘zicha, bir nimalar, dedi. Bildim — Sho‘rolarni so‘kdi. Sho‘rolarni so‘kma, dedim-da, avtomat
qo‘ndog‘i bilan boshiga bir soldim. Boshidan tirqirab qon otildi. Qonlari yuzlarimga sachradi
.«Dushman» qonini lablarim bilan yalab-yalab oldim. Bay-bay-bay, janub qoni shunday qaynoq
Tog‘ay Murod. Otamdan qolgan dalalar (roman)
Do'stlaringiz bilan baham: |