Microsoft Word togaymurod otamdan qolgan dalalar lotin ziyouz com doc



Download 0,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/158
Sana16.03.2022
Hajmi0,67 Mb.
#493499
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   158
Bog'liq
togaymurod otamdan qolgan dalalar lotin ziyouz com e5365

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
111
Katta do‘xtir meni joyimga qaytarib o‘tirg‘izdi. Harsillab-harsillab nafas oldi. 
— Y
O
mon ekansan, Dehqonqul, yomon ekansan, — dedi. 
— O‘zingiz aytdingiz-ku, kattalardan so‘raysan, deb! 
— Aytdim-qo‘ydim-da! Kattalarni oldida nima qilasan?.. 

Kallapoycha qilaman!
Katta do‘xtir seskanib tushdi. 
— Nima qilasan? — dedi. 
— Kattalarni kallapoycha qilaman! Etini bir-yoqlik qilaman, suyagini biryoqlik qilaman!.. 
Do‘xtir ko‘zlari katta-katta bo‘ldi. Qorachig‘i kamaydi — oqi ko‘paydi! 
— O‘ylab gapirayapsanmi, uka? —dedi. — Esingni yig‘, uka, esingni yig‘! 
— Esimni yig‘sam-yig‘masam!.. 
— Kambag‘al kattalarda nima ayb? Dunyoda tuyadan katta fillar bor. 
— Bo‘lmasa, nimaga bunday qiladi? O‘ziga o‘t qo‘ygich bizni ayolimiz bo‘lsa — kattalarga nima? 
— Sen siyosatni tushunmaysan, Dehqonqul, siyosatni tushunmaysan. Qanday davrda yashayapmiz 
— bilmaysan... 
— Xudo bergan davrda yashayapmiz-da, qanday davrda yashardik! 
— Ana, aytdim-ku, Dehqonqul. O‘z oting o‘zing bilan dehqonsan, dehqon. Sen shunday deysan. 
Kattalar esa unday demaydi. O‘z joniga qasd qilish — isyon! O‘z joniga qasd qilish — davrdan 
norozilik! Ana, kattalar nima deydi! 
— Bir begunoh bechorani psix, dedi, indamadim. Tentak, dedi, indamadim. Endi, kasalxonadan 
chiqarib yuboraman, deyaptimi?! 
— Ha-da, chiqarib yubor, deyapti-da? Shizofrenichka, deb diagnoz qo‘yib chiqarib yubor, deyapti-
da? Men aytdim, insof qilinglar, axir, dedim. Men bu ayolni go‘dakligidan bilaman, dedim. 
— O‘ziga o‘t qo‘ygich ayolimiz bo‘lsa, kattalar nimadan qo‘rqadi? 
— Kattalarga amal kerak, Dehqonqul! Sening ayoling kerak emas! Kattalarga mansab kerak! 
Sening ayoling kattalarni gazagiga dori emas! Ayollar o‘z joniga qasd qila bersa, kattalarni tinch 
qo‘ymaydi! Ishdan oladi, partiyadan o‘chiradi! Sening ayolingni deb, kattalar mansabidan ayriladimi? 
Ayrilmaydi, o‘lsayam ayrilmaydi. Yo‘lini qiladi... Tentakka chiqar, deb buyuradi. Kasalxonaga qabul 
qilma, deb buyuradi. Bajarmayin, meni ishdan haydaydi, partiyadan o‘chiradi. Kattalar dastidan kun 
ko‘rolmayman. Men nima, men bir do‘xtir-da. Chin, qasam ichib edim. Lekin tumanga kattalar 
xo‘jayin. Kattalar gapi bilan ish qilsam... ayoling-ku, ayoling... bola-baqralaring ham ruhiy kasalga 
chiqib ketadi. Onasida bor edi, deydi.. Avloddan ajdodga o‘tadi, deydi. Shizofreniya degan tamg‘a 
yomon tamg‘a, Dehqonqul. Shuning uchun, kel, senga bir akalik qilayin. Bir yo‘li bor. Bunday 
qilamiz: ayoling o‘ziga o‘t qo‘yganini falokatga yo‘yamiz. Aytaylik, ayoling gazni yoqmoqchi bo‘ladi. 
Gaz birdan lop etib, ayolingni yengiga yopishadi. 
— Gaz? Bizda gaz nima qiladi? 
— Gazimiz bor, ana, Obshir qishlog‘i adog‘idan quvurda o‘tib yotibdi. 
— Quvurda o‘tib yotsa, qaysi bir mamlakatga o‘tib ketayapti-da. 
— Ishqilib, gazing bormi, bor-da. Shu gaz bizniki-da. Qaysi bir mamlakatga ketsa-da, ishqilib, 
bizning gazimiz-da. Hech bo‘lmasa, ballon gazing bordir? 
— O‘tin bor, tappi bor. 
— Xo‘p, uyog‘ini qo‘ya ber. Gazing bor, deb faraz qilamiz. Keyin... ayol kishi emasmi, yengini 
o‘chirish o‘rniga, qo‘rqib qoladi. Esini yig‘ib olgunicha o‘t yoqasiga qarab o‘rlaydi. Dod deb baqiradi. 
Dodini hech kim eshitmaydi. Sababi, hamma dalada bo‘ladi-da... Bo‘ldi, shu bilan kattalar tinchiydi-
qoladi. Kattalar tinch — olam tinch! 
— Mayli, nima desangiz mayli. Menga ayolimizni tuzatib bersangiz bo‘ldi. 
— Mana, men borman! — deya ko‘krak urdi do‘xtir. — O‘zim davolayman! Ayoling bor-yo‘g‘i 
oltmish foiz kuyibdi, oltmish foizgina! Yaxshi bo‘p ketadi! 


Tog‘ay Murod. Otamdan qolgan dalalar (roman) 

Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish