www.ziyouz.com kutubxonasi
236
kelgach, uning manglayini, ko‘ksini qutlug‘ qo‘llari bilan silagan edilar, ko‘nglida iymon
nuri yoridi.
So‘ngra azon aytishni unga o‘rgatdilar:
— Mana endi sen aniq azonchi bo‘lding. Shu kundan boshlab, Makka xalqiga azon o‘qib
turgin, — dedilar.
Shuning bilan bu kishi Baytullohga muazzin bo‘lib qoldi. Vafot bo‘lgunchalik shu
xizmatda turib, o‘zidan keyin ham ko‘p yillargacha Baytulloh muazzini shu avloddan
qo‘yilar edi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam juma kuni ertalab Makkaga kirdilar. Shu kuni
kechgacha qarshilik qiluvchilar bilan urushmakqa, zararlik kimsa bo‘lsa o‘ldirmakka
ruxsat bergan edilar. Shu vaqt o‘tgandan keyin Makka ichida qurol qo‘llanmoq man
qilinmish edi. Shunday bo‘lsa ham, buyruqqa qaramay, Islom tarafdori Xuzo’a qabilasi
shahar olingan kunning ertasi dushmanlari bo‘lgan Bani Bakr qabilasidan Ibn Aqra’
degan kishini o‘ldirib qo‘ydilar. Bu o‘ldirilgan kishi mushriklardan bo‘lib, hali dinga
kirmagan edi.
Islom dinida odam o‘ldirish, ayniqsa, Haram tuprog‘ida bu ishning bo‘lishi eng ulug‘
gunoh bo‘lganlikdan Rasululloh bilib, o‘ldiruvchini bek yomonladilar. So‘ngra shu kuni
peshin namozini o‘tagandan keyin Ka’ba tomiga (devoriga) suyanib turib ko‘pchilik
xalqqa qarata uzoq bir va’z so‘zladilar.
Dastlabda Allohning o‘ziga yarasha ulug‘lab, anga hamdu-sano aytdilar. So‘ngra
ko‘pchilik xalqqa qarab:
— Ey odamlar, bilinglarkim, Alloh taolo yeru- ko‘kni yaratgan kunidan boshlab, bu yerni
hurmatli qilmishdir. Va qiyomatgacha bu joyning hurmatini o‘zi saqlaydi. Allohga, oxirat
kuniga iymon keltirmish mo’minlar buning hurmatini saqlashlari albatta lozimdur. Bu
joyda urush qilib, qon to‘kish u yoqda tursin, bu yer hurmati uchun hayvonlari ham
ovlanmaydi, ko‘kargan yog‘ochlari kesilmaydi, jonivorlari qo‘rqitilmaydi.
Mendan ilgari ham bu yerda urush qilmoq, buning hurmatini buzmoq hech kimga halol
qilinmagan edi, mendan keyin ham hech kimga halol qilinmag‘ay.
Haram tuprog‘ida urush qilish, qon to‘kish Xudo tomonidan mengagina ruxsat qilindi. Bu
ham ersa vaqtlik bo‘lib, bir kunlik edi. Cheklangan vaqti o‘tgach, yana bu joy o‘z
hurmatiga qaytdi. Buni anglaganlar anglamaganlarga, bor kishilar yo‘q kishilarga
aytsinlar.
Ey Xuzo’a qabilasi! Bundan keyin urushdan qo‘l tortinglar, kishi o‘ldirishdan saqlaninglar.
Kim bo‘lsa bo‘lsin, ul odam o‘ldirdi esa, o‘limdan qutila olmaydi. Udurkim, qasos qilib
o‘zini o‘ldirgaymiz. YOki o‘lik egasi rozilik berar ekan, xun to‘latgaymiz, — dedilar.
So‘ngra Xuzo’a kabilasi o‘ldirgan kishi uchun xazinadan tovon to‘lashga buyurdilar. Yana
shu kuni kim Allohga qiyomat kunigacha iymon keltirmish ersa, uylarida bo‘lgan butlarini
qo‘ymay sindirsinlar, deb butun xalqqa jar chaqirtirdilar.
Bu yerdan chiqqandan so‘ngra Makka xalqi uylaridagi borliq butlarini qoldirmay
sindirishdilar. Shu kundan boshlab, Makka shahri ichida butga topinuvchilik
qolmaganday bo‘ldi.
So‘ngra Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Xolid ibn Validni o‘ttiz kishi bilan borib,
Uzzo nomli butni sindirib, butxonasini buzib kelmakka buyurdilar. Bu esa Makkaga yaqin
Nahla degan joyda edi. Hazrati Xolid borib butxonani buzib qaytgach:
— U yerda nima ko‘rding? — deb so‘radilar.
— Hech nimarsa, Yo Rasulalloh, — dedi Xolid.
— Andog‘ ersa butxona buzilmabdur, tez borib uni buzgil, — dedilar Payg‘ambarimiz.
Hazrat Xolid darhol u joyga qaytib kelib, butxona vayronasiga g‘azabi bilan qilich
sug‘urib kirdi. Qarasa yap-yalang‘och, sochlari xurpaygan bir qop-qora xotin jonining
Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy
Do'stlaringiz bilan baham: |