www.ziyouz.com kutubxonasi
238
— Bu narsa omonlik berganligim uchun belgi bo‘lsin. Tezroq borib uni qaytarib keltir, —
dedilar.
Rasulullohdan bu iltifotni ko‘rgach, u ham kecha-kunduzlab yurganicha dengiz bo‘yiga
yetib bordi. Qarasa kemaga tushib, boshqa bir yoqqa ketmoqchi bo‘lib turgan ekan. Uni
ko‘rib:
— Ey Safvon, odamning eng yaxshisi oldidan keldim. Mol-joningga ziyon yetmaslik
uchun undan omon oldim. Senga ishonchlik bo‘lg‘ay deb, mana, bu dastorini berdi.
Endigi maslahat shuldurki, hozir qaytib oldiga boraylik. Sendan ham gunohi og‘irroq bir
qancha kishilar ersa undan omon olib, iltifot ko‘rdilar. Agar oldiga borur bo‘lsak, sen
ham yaxshilik ko‘rarsan, — deb ko‘p yolvordi.
U esa Rasulullohga o‘tmishdagi qilgan yomonliklarini eslab jonidan qo‘rqib, qaytmaslikni
aniqlab qo‘ygan edi. Shunday bo‘lsa ham muborak dastorlarini ko‘rgach, bu zotning
va’da buzmasligini ilgaridan bilganligi uchun qaytishga ko‘ngil moyil bo‘ldi. Shuning bilan
u yerdan qaytib, to‘g‘ri Rasululloh oldilariga keldi. Ko‘rishgandan so‘ng Safvon aytdi:
— Ey Muhammad, oldimga bormish bu kishi so‘zicha menim jonimga omon
bermishdursiz. Agar bu so‘z to‘g‘ri ersa, Islomni qabul qilish uchun menga ikki oy muxlat
bering.
Rasululloh:
— Ey Safvon, senga to‘rt oy muxlat berdim, — dedilar.
Yana, Rasulullohga eng qattiq dushman bo‘lib, ozor bergan kishi Makkada Abu Jahl edi.
Badr urushida o‘ldirilgandan so‘ng o‘g‘li Ikrimaning dushmanchiligi otasidan ham
ortiqroq bo‘ldi. Chunki u qasos olish uchun Islom qonini ichishga qasam qilmish edi.
Shuning uchun: «Uni qayerda tutsangiz, o‘ldiring», deb Rasululloh buyruq berdilar. U
buni anglab, qo‘rqqanidan Yaman mamlakatiga qarab qochdi. Uning xotini Ummu Hakim
Islomga kirgach, Payg‘ambarimiz oldilariga kelib:
— Yo Rasulalloh, sizdan yaxshilik kutib kelgan kishilarning birovini ham quruq
qaytarmadingiz. Shu qatorda men ham quruq qaytmasligimga ishonib, erim uchun omon
so‘rab keldim. Yana qochib yurib xafalikdan o‘zini halok qilib qo‘ymasin, Yo Rasulalloh,
— dedi.
Ana Rasululloh sallallohu alayhi vasallam:
— Agar uni qaytarib kelur bo‘lsang, yaxshilik qilurmiz, — dedilar.
Buni anglagach, u xotin eri orqasidan yurib dengiz bo‘yiga kelganda unga yetdi. Qarasa,
Yaman viloyatiga ketmak uchun kemaga tushmoqchi bo‘lib turmish edi. Unga qarab:
— Ey qarindoshim! Eng yaxshi, eng rahmli, eng vafoli kishi oldidan keldim. Shundayin
kishi o‘z og‘zi bilan senga omonlik berdi. Abu Qubays tog‘i o‘rnidan ko‘chishi mumkindur,
ammo Muhammad bergan va’dasini buzishi mumkin emasdur, — dedi.
Qaytishga rozi bo‘lmay turgan kishi xotinidan bu so‘zni anglab ko‘ngli eridi. Har ikkovi
birgalashib Rasululloh qoshlariga keldi. So‘ngra Rasulullohga qarab:
— Ey Muhammad, xotinimning aytishicha, u sizdan men uchun omon olmishdur. Bu
so‘zga ishonganimdan keldim, — dedi.
Anda Rasululloh:
— Xotining to‘g‘ri demishdur, qo‘limdan kelgudek narsani so‘rar ekansan, uni berurman,
— dedilar.
Darhol u ham shahodat aytib Islomga musharraf bo‘ldi. Lekin o‘tgan ishlardan uyalib,
boshini ko‘tarolmay:
— Yo Rasulalloh, ko‘p o‘rinlarda sizga dushmanchilik qilib qarshilik ko‘rsatdim. Meni shu
gunohimni Xudoyim kecharmikan? — dedi.
Anda Rasululloh sallallohu alayhi vasallam:
— Ey bori Xudoyo, Ikrimaning dushmanchilik bilan qilgan ishlarining, meni haqimda
Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy
Do'stlaringiz bilan baham: |