www.ziyouz.com kutubxonasi
177
QURUTO CHOPULI
Bu voqea shunday erdikim, hijratning oltinchi yili Muharram oyida Payg‘ambarimiz
sollallohu alayhi vasallam Bani Bakra qabilasiga chopul (hujum) qilmoqqa o‘ttiz otliq bir
bo‘luk askar yubordilar. Bu qabila ersa Madinadan yetti kunlik uzoqdagi Zariyya degan
joyda turishar edi. Dushmanni tuydirmasdan bosish uchun kunduzi yashirinib, kechalab
yurishga buyurdilar. Askar borib, Rasululloh buyurganlaridek tuyuqsizdan dushman
ustiga hujum qildilar. Shoshilishgandan bosh-oyog‘ini yig‘isholmay qolib, nochorlik bilan
bir oz urushgan bo‘lsalar ham, oxiri o‘n o‘lik qoldirib, qolganlari qochishga majbur
bo‘ldilar.
Bir yuz ellik tuya, uch ming qo‘y o‘lja olishib, sog‘-salomat Madinaga keldilar.
Qaytayotganlarida yo‘liqqan mushriklardan bir necha kishilarni asir olishdi. Bular ichida
Bani Hanifa qabilasining atoqlik raislaridan Samoma ibn Osol ham bor edi. Bu kishi
o‘zining kim ekanini askardan yashirdi.
Madinaga kelgandan so‘ngra Rasululloh ko‘rib:
— Bu asir kim ekanini tanimaganga o‘xshaysiz. Bu asir Samoma ibn Osoldur, buni bo‘sh
qo‘ymangiz, — deb masjid ustuniga bog‘latib qo‘ydilar. Bundan maqsadlari esa,
musulmonlarning toat-ibodat, namoz jamoatlarini ko‘rsatish edi. Bir kun o‘tgandan
so‘ngra Rasululloh chiqib:
— Ey Samoma, senda nima yaxshilik bordur? — deb so‘radilar.
Anda ul:
— Ey Muhammad, menda har yaxshilik topilur. Agar mol olmoqchi bo‘lsang, har qancha
desang berurman. Agar o‘ldirur ersang, o‘ldirurga arzigudek xalq ichida obro‘lik
kishidurman. Agar biror yaxshilik qilur bo‘lsang, uni hech vaqt unutmasman, — dedi.
U kunni o‘tkazib, ertasi Rasululloh:
— Ey Samoma, senda nima bor? — deb yana so‘radilar.
U bo‘lsa yana ilgarigidek javob berdi. U kuni ham bog‘lab qo‘yib, uchinchi kuni uning
oldiga kelib yana:
— Ey Samoma, hech yaxshilik topdingmi? — dedilar.
U yana burungidek so‘z aytdi.
So‘ngra Rasululloh unga boqib, buni bo‘shatib qo‘yinglar, deb buyurdilar. U bo‘shanib
olgach, masjiddan chiqib bir xurmozor boqqa kirib, g‘usl, tahorat oldi, qaytib masjidga
kirib Rasululloh oldilariga keldi, darhol shahodat aytib musulmon bo‘ldi. Uch kungacha
«Senda yaxshilik bormi?» deb so‘rashlaridan maqsadlari esa, aning musulmon bo‘lishi
edi. Uni ham topdilar. Chunki Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Rahmatan lil alamiyn
bo‘lganlari uchun dunyodan bir odamning iymonsiz ketishiga rozi emasdurlar.
Shunga o‘xshash mal’un shayton ham dunyodan bir odamning iymon bilan o‘tishiga
hech rozi emasdur. Chunki har yaxshilikning asosi iymondir. Har yomonlikning
boshlanishi kufr bilan bo‘lur. Kufrning eng yomoni dinsizlikdur. Xudo oldida maqbul din
Islom dinidur. Chunki Alloh taolo Qur’onda xabar bermishki: «Innad-dina indallohil
Islamu», deb. Ya’ni, «Xudo qoshida qabul qilingan din — Islom dinidur». Bu dinni «Fitrat
dini» «Xilqat dini» deb aytilur. Buning ma’nosi esa «insonning yaratilishidagi dini»
demakdur. Chunki Alloh insonni yaratganda bu dinni unga loyiq ko‘rib, Lavhul mahfuzda
yozmish edi.
Demak, Islom dini insonlar uchun azaldan qurilg‘on Alloh qonunidur. Islom dinining
qonunnomasi Allohning kitobi — Qur’ondir. Bu kitobni Allohdin keltirib xalqqa
yetkazuvchi haq yo‘lning qolovuzi Payg‘ambarimiz Hazrati Muhammad Mustafodurlar,
sollallohu alayhi vasallam.
Bu Qur’on qonunlari Rasululloh zamonlariga qanday moslashgan bo‘lsa, ming uch yuz
Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy
Do'stlaringiz bilan baham: |