Microsoft Word tarixi muhammadiy ziyouz com doc



Download 1,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet142/473
Sana26.04.2020
Hajmi1,39 Mb.
#47207
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   473
Bog'liq
''Tarixi Muhammadiy''

www.ziyouz.com kutubxonasi 
115
askarlarga qarab aytdilarkim: 
— Ey mo‘minlar, birodarim Jabroil ko‘nglimga shul so‘zlarni soldi. Shundoqkim, hech 
kimsa eng so‘ngi rizqini yeb tugatmaguncha dunyodan ketmas, rizqi tugamagan 
bandaning o‘lishi mumkin emas, uning rizqini ozaytirish yoki ko‘paytirish hech kimning 
qo‘lidan kelmas. Bandaga rizq kelishi har qancha kechikib qolsa ham, yana unga 
o‘lchangan rizqi yetmay qolmas. Endi shundoq bo‘lsa, ey mo‘minlar, rizqinglarni halol 
kasb bilan talab qilinglar, buning kechikkanligiga shoshilib, o‘zinglarni harom-xarish 
narsalarga urmanglar. Halollik bilan kasb qilsanglar, Halol rizq yetkazishlikka Alloh 
kafildur. Bosh tanga, tan boshga qandoq bo‘lsa, mo‘minlar ham bir-birlariga 
shundoqdur. Birlariga yetgan ziyon birlariga yetgandek bo‘lur. Qaysi qo‘shinda birlik, 
chidamlik bo‘lsa, boshqalarni albatta g‘alaba qilur, — dedilar. 
So‘ngra Rasululloh qo‘llariga bir qilich oldilar, ul qilichda arabcha shul she’r yozilmish 
edi: 
«Fil jubuni orun va fil iqdomi makrimatun 
Val mar’u bil jubuni lo yanju minal qadari». 
Ma’nosi: «Qo‘rqoqlik nomus keltirur, botirlik davlatga yetkarur. Qo‘rqib qochmoq bilan 
hech kishi taqdirdin qutila olmas» demakdur. 
Yana askarlarga qarab: «Bu qilichni kim olgay, buning haqqini kim ado qilgay?» dedilar. 
Anda askarlardan bir to‘p kishi: «Biz olgaymiz, yo Rasulalloh», deb qilichga qo‘l 
uzatdilar. Bular ichida Abu Bakr Siddiq, Hazrati Umar, Hazrati Ali, Zubayr ibn Avvom, 
shu to‘rtovlari ham bor edilar. Alarga qilichni berishdan to‘xtalib, boshqa bir kishini 
kutgandek bo‘lib to‘xtab turdilar. Buni ko‘rib ansorlardin Abu Dujona degan bir sahoba 
yugurib keldi va: «Buni haqqi na bo‘lg‘ay, yo Rasulalloh?» deb so‘radi. Anda Rasululloh 
aytdilar: «Egilib ketguncha dushman yuziga chopar bo‘lsang, bu qilich haqqi shuldur». 
Buni onglab Abu Dujona: «Shu shartni men bajo keltirurman», deb qilichni oldi. Hech 
kimga bermagan qilichni Rasululloh bu kishiga berdilar. Chunki ul kishi ansor sahobalar 
ichida atog‘lik bahodirlardin edi. Qilichni olgandin keyin, ikki tarafga sollanib (maqtanib), 
urush maydoniga qarab yurish qildi. Uning bu yurishini ko‘rib Rasululloh: «Alloh taolo 
bundoq yurishni bu o‘rindan boshqa joyda bo‘lsa, yaxshi ko‘rmagay. Ammo urush 
maydonida, dushman qarshisida shu yangliq yurishni Tangri do‘st tutgay» dedilar. 
So‘ngra urush muboraza bilan boshlandi. Shundoqki, kofirlardin tuya mingan bir kishi 
maydonga tushib, o‘ziga bahodir talab qildi. Rasulullohning ruxsatlari bilan sahobalardin 
Zubayr ibn Avvom bunga qarshi chiqdi. Har ikkovlari tuya ustidan bir-birlariga hamla 
qildilar. Quchoqlashib, bo‘g‘ishib, maydon o‘rtasida bu ikki bahodir ko‘p olishdi. Har ikki 
yoqdagi qo‘shinning ko‘zlari bularga tikilgan edi. Bular olishib turgan yerlari tog‘ tagidagi 
qiya joy edi. Musulmon bahodiri ust tarafida, kofir bahodiri osti tarafida turdi. Bu 
ikkovlon shu chog‘da bir-birlarini tuyadan ag‘darishib, yerga tushdilar. Kofir bahodiri 
ostga tushgan edi. Hazrati Zubayr ustiga tushishi bilan xanjar sug‘urib, uni bo‘g‘izlab 
tashladi. Buni ko‘rib Rasululloh suyunganlaridan barcha barobar takbir aytdilar. 
Bundan keyin, yana kofirlar tomonidan Talha degan bahodir maydonga chiqdi. Bul ersa 
alarning bosh tug‘chisi edi. O‘rtada turib — «Er kishi bo‘lsa, qani chiqsin», — deb bir 
necha marotaba qichqirdi. Musulmonlar tomonidan ildamlik ila chiqquvchi kishi bo‘lmadi. 
Chunki bundoq o‘rinda bahodir saylab chiqarmoq haqqiga askar boshlig‘i egalik qilur. 
Dushman bahodiriga teng kelguvdek kishi topib chiqarmoq lozim edi. Shuning uchun 
bahodir chiqarish kengashi bir oz kechiktirilgan edi. Buni bahona qilib, kofirlar bahodiri 
ta’naga til ochib: — «Ey Muhammad, mo‘minlardan kimarsa o‘ldirilsa, jannatga kirgay, 
kofirlardan o‘ldirilganlar do‘zax sari borgay, der emishsan. Agar bu so‘zing chin ersa, 
sening yo‘ldoshlaring jannatga kirishdan nechuk kochgaylar, meni o‘ldirib do‘zaxga 
yuborishdan nega tortingaylar?», — dedi. 


Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 

Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   473




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish