Microsoft Word tarixi muhammadiy ziyouz com doc



Download 1,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/473
Sana26.04.2020
Hajmi1,39 Mb.
#47207
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   473
Bog'liq
''Tarixi Muhammadiy''

www.ziyouz.com kutubxonasi 
112
to‘sqinlikka uchrab, tijoratlariga xalal yetdi. O‘tgan urushda ko‘rgan musibatlari ustiga 
iqtisodiy tomondin ham og‘irliqqa uchradilar. Buni ko‘rishgan Quraysh raislarining 
qoldiqlari yog‘ilishib Abu Sufyon oldiga keldilar. Alarning musibatlariga sabab bo‘lgan, 
Shomdan keltirilgan karvon mollari shundog‘icha tegilmasdin, Dorun-Nadva degan 
saroyda saqlanmoqda edi. Ul kelgan raislar Abu Sufyonga: 
— Muhammad bo‘lsa, bizning ulug‘larimizni o‘ldirib, yaxshilarimizni yo‘q qildi, uning 
ustiga savdo-sotiq yo‘llarimizni ham bog‘ladi. Bizning endigi tilagimiz shuldurki, bu 
moldin chiqqan foydani egalari olmasinlar, bu molni sarf qilib, Muhammadga qarshi 
urush ochgaymiz. O‘lganlarimizning o‘chini andin olgaymiz, Quraysh xalqi bu urush 
chiqimi uchun shu mol foydasini chiqarsunlar, — deyishdilar. 
Bu so‘zni anglashgandin so‘ngra mol egalari barchasi bir og‘izdan rozilik bildirdilar. 
Hisoblab qarasalar, bu karvon molining foydasi ellik ming tilloga yetdi. Haqqa qarshilik 
qilib ochgan urushlariga bu mol ila yordam qilmoqchi bo‘ldilar. Barilari bir ittifoq ila shu 
so‘zga to‘xtalib, urush hozirligi uchun askar yig‘ishga kirishdilar. Yolg‘iz Quraysh 
qabilasidan urushga yaramlik uch ming kishi yig‘ildi. Alarning qondoshlari Bani Mustaliq, 
Bani Xun qabilalari qo‘shildilar. Quraysh shoirlaridan Abu Izza, Musofiy deganlari 
qabiladan qabilaga o‘tishib, Islomga qarshi she’rlar o‘qishib, xalqni qo‘zg‘adilar. Ularning 
tashviqlari bilan Tihoma, Kinona arablaridan kelguvchi fidoiylar ham oz emas edi. 
Quraysh raislaridan Jubayr ibn Mut’imning Vahshiy nomlik bir qora quli bor edi. Nayza 
otmoq mashqini yaxshi olgan edi. Besh-o‘n qadam yerdin nayza otur bo‘lsa, ko‘zlagan 
joyini urib, hech xato qilmas edi. Xo‘jasi Jubayr uni chaqirib: «Agar ushbu urushda 
Muhammadning amakisi Hamzani o‘ldirur bo‘lsang, sen ozodsan», dedi. Chunki o‘tgan 
Badr urushida uning amakisi Tuaymani hazrati Hamza o‘ldirgan edi. 
Shuning bilan Quraysh qo‘shini qurollanib, Madinaga qarab yurish qildilar. Qochmaslikka 
to‘sqin bo‘lsin, deb askar boshliqlari xotunlarni birga oldilar. Childirma cholg‘uvchilar 
bilan askarni urushga qizdirmoq uchun qo‘shiqchi xotun-qizlardin bir qanchalari ularga 
qo‘shildi. Quraysh shoirlaridan Abu Sufyon xotuni Hind Aqaba qizi boshliq bir necha 
obro‘ylik xotunlar erlari bilan bu urushga birga chiqdilar. Arab odaticha, xotunlarini 
urushga birga keltirmak «o‘lish bor, qochish yo‘q», demakdin iborat edi. Urushga kirish 
oldida bahodirlar ichgali bir necha tulum chag‘ir ham olgan edilar. Erta-kech qo‘shin 
ko‘chganda, yo‘l yurayotganlarida qo‘shiqchi xotunlar Badr urushida o‘ldirilganlarni 
yo‘qlashib, yig‘lashur edilar. Buning ta’siridan askarlar ham yig‘i-zori qilishur edi. Mana 
shunday qilib, butun askarni borlik kuchlari bilan urushga solish chorasini ko‘rdilar. Shu 
bilan Quraysh qo‘shini yurib-o‘tirib, Madina yaqinida «Zulxulayfa» degan joyga kelib 
tushdi. Endi so‘zni Payg‘ambarimizdan eshiting. 
Quraysh qo‘shini chiqmasdin ilgariyoq bu ishdan xabar topdilar. Shundoqki, amakilari 
hazrati Abbos, G‘ifor qabilasidan bir kishini yollab, Madinaga yubordi. Bu kishi kelib 
Rasululloh bilan yashirincha ko‘rishgan so‘ngida voqea yozilgan xatni topshirib qaytdi. 
So‘ngra Rasululloh tezlik bilan ikki kishini tingchi qilib — yo‘l kuzatmoqqa chiqardilar. Bu 
chiqqan soqchilar dushman askari yaqinlashib kelgan xabarini bildirdi. So‘ngra 
Rasululloh ansor va muhojir sahobalarni yig‘ib kengashdilar. Bu to‘g‘rida alardin fikr 
oldilar. Keyin o‘z fikrlarini bayon qilib, aytdilarkim: 
— Biz shahardin chiqmaylik, urush o‘rinlarini shahar ichida qurib, yo‘llarga chep (to‘siq) 
bog‘laylik. O‘zimiz shahardin chiqmay, chep ichida alarni kutib turaylik. Agar g‘animlar 
shahar tashqarisida bizni qamab turguvdek bo‘lsalar, qiyinchilik bilan turolgaylar. Agar 
ular ustimizga chopul qilsalar, Madina yo‘llari biz uchun ochiq, alarga yopiqdur. Yo‘l 
boshlarini to‘sib, urushgaymiz. Xotun-bolalar tom ustidan yordam yetkazgaylar. 
Rasulullohdin bu so‘zni onglashgandin so‘ngra butun sahobalarning ulug‘ yoshdagilari bu 
fikrga qo‘shildilar. Lekin Payg‘ambarimizning amakilari amir Hamza boshchilik ko‘pchilik 


Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 

Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   473




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish