Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
289
Sahobalar Rasulullohni ko‘rsatdilar ersa, yaqin kelib o‘ltirdi. So‘ngra:
— Ey Muhammad, men sendin bir necha so‘z so‘ramoqchidurman, so‘zimni
suyakka
yetkizib qattiqlik bilan so‘rayman, yana ko‘nglingga og‘ir olmagil, — dedi.
Rasululloh:
— Nima xohlasang, shuni so‘ragil, — dedilar.
— Xudoning haqqi seni barcha insonlarga Payg‘ambar qilib Alloh yubordimi? — dedi.
Rasululloh:
— Shundoqdir, meni Alloh taolo butun insonlarga Payg‘ambar qilib yubordi, — dedilar.
Yana ul aytdi:
—
Alloh haqqi, bir kecha-kunduzda besh vaqt namoz o‘qimoqqa Alloh buyurdimi?
Rasululloh:
— Albatta shundoqdur, Alloh buyurdi, — dedilar.
— Yana ul Alloh haqqi-hurmati bilan so‘rayman, zakot bermakni, bir yilda bir oy ro‘za
tutmakni va
haj qilmoqni Alloh buyurdimi, — dedi ul.
— Ha, Alloh buyurdi, — dedilar Rasululloh.
So‘ngra u kishi darhol Rasulullohga iymon keltirib:
— Sening Payg‘ambarligingga ishondim, La ilaha illallohu Muhammadur rasululloh, —
dedi-da, tashqariga chiqdi.
Anda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
— Bu kishi ersa
ongli ravishda iymon keltirdi, Islom dinini aniqlab yaxshi tanidi, —
dedilar.
So‘ngra bu kishi Rasulullohdan ruxsat olib o‘z qavmiga borib, ularni dinga undadi.
Buning yo‘lboshchiligida ulug‘ bir qabila dinga kirdilar.
ABDULQAYS ELCHILARI
Abdulqays qabilasidan kelgan elchilarning soni o‘n olti kishidan iborat edi.
Bular ichida
Jorud nomli bir kishi bo‘lib, nasoro dinida edi. Tavrot, Injil o‘qib Rasulullohning sifatlarini
ko‘rmish edi. Bu elchilar kelmasidan burun Rasululloh bulardan xabar bergan edilar.
Shundoqkim, bir kuni sahobalar bilan Madina masjidida o‘ltirgan chog‘larida shunday
marhamat qildilar:
— Mana shu hozirda shu tomondan bir qancha tuya mingan kishilar chiqqaylar. Bular
esa sharqdan kelgan kishilarning eng yaxshilaridur.
Dinga kirmakka majbur emaslar,
haqiqatni izlab yiroq yo‘ldan kelurlar. Ot-ulovlari oriqlamish, oziq-ovqatlari
tovsilmishdur. Ular esa Abdulqays qabilasining elchilaridurlar. Ey bor Xudoyo,
bu qabilani
mag‘firat qil,— deb duo qildilar.
So‘ngra xiyol o‘tmasdan Rasululloh aytgan tomonlaridan bir qancha kishilar ko‘rina
boshladi. Rasulullohga ko‘zlari tushishi bilan o‘zlarini tuyadan tashlab yugurishdilar.
Rasulullohni qo‘l va oyoqlariga yuz-ko‘zlarini surtishib, yig‘lashgan holda ko‘rishdilar.
Bular ichida Abdulloh ibn Avf ismli bir kishi bor edi. Barchalaridan ul yoshroq bo‘lsa ham,
ularning raislari edi. Yo‘ldoshlaridan ajrab qolib, shoshilmay tuyasidan tushib uni
cho‘ktirdi. So‘ngra xurjunidan ikki dona oq libos olib kiydi. Bu ishlarni Rasululloh
yiroqdan ko‘rib turdilar. So‘ngra o‘z yurishida, boshqalardek yugurmay, to‘g‘ri
yurib kelib
Rasululloh bilan ko‘rishdi. Qutlug‘ qo‘llarini o‘pib, yuz-ko‘zlariga surtdi. Abdulloh o‘zi
xunuk yuzli, ko‘rimsiz, kishi edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga uzoqroq
qarab qoldilar.
Anda ul:
— Yo Rasulalloh, inson terisi osh ichgudek idish bo‘lmas, insonning qiymati ersa, ikki
kichik narsasi bilan bo‘lur. Birisi, tili, ikkinchisi
aning dilidur,— deb aytdi.