1291.
Kaufmanning Xiva xonligidagi qarorgohi qayerda joylashgan edi? * Gandimiyon qishlog’ida
1292.
Qo’qonda Xudoyorxonga qarshi qo’zg’alon ko’tarilgan qo’zg’alonchilar qaysi shaharlarni egallashdi? *O’sh, Namangan,
Andijon, Asaka shaharlarini
1293.
Qo’qon xonligining qayerlarida bo’lib o’tgan janglarda podsho qo’shinlarining ustunligi ma’lum bo’ldi va Nasriddinbek
mag’lubiyatga uchradi? * Marg’ilon, Mingtepa, Qorasuv yaqinida
1294.
Quyidagi voqealardan qay biri aynan bir yilda sodir bo’ldi? * Nasriddinbek Kaufman bilan shartnoma imzoladi va Turkiston
general-gubernatorligi tarkibida Namangan bo’limi tuzildi.
1295.
Ayni bir yilda bo’lib o’tgan voqealarni qayd eting. * Angliya Afg’oniston hududining bir qismini bosib oldi va
Krasnovodskdan general I. Lazerev qo’mondonligi ostidagi harbiy qo’shin zudlik bilan Ko’ktepaga jo’natildi.
1296.
Qaysi voqea bilan Rossiya imperiyasining O’rta Osiyo hududidagi bosqinchilik yurishining to’rtinchi bosqichi tugadi?
*turkman urug’lari Rossiya imperiyasi qo’shinlari tomonidan bo’ysundirilishi bilan
1297.
O’rta Osiyo xalqlarining Rossiya imperiyasiga qarshi kurashdagi mag’lubiyatining sabablari nimada edi? * Xiva, Buxoro,
Qo’qon davlatlarining iqtisodiy, siyosiy va harbiy jihatdan zaifligi; davlatlar o’rtasida birlik yo’qligi; o’zaro ziddiyatlari;
davlatlardagi hukmronlik (boshqaruv)ning zo’ravonlik xususiyati hukumatda ichki dushmardar ko’payishiga olib kelganligi;
O’rta Osiyo davlatlari tashqi dunyodan ajralib qolganligi.
1298.
Podsho Rossiyasi O’rta Osiyani bosib olgach Toshkentda joriy etilgan mahkama a’zolarini kimlar saylab qo’yishgan? * chor
ma’muriyatiga taklif etilgan 200 dan ziyod boy-badavlat va nufuzli shaharliklar
1299.
Turkiston general-gubernatorligi ma’muriy jihatdan bo’linishning ketma-ketligini to’g’ri qayd eting. *viloyat - uyezd -
uchastkalar
1300.
Rossiya imperiyasi hokimiyati O’rta Osiyoni o’z ichki mustamlakasiga aylantira oladigan tizimining jihatlari nimalardan iborat
edi? * to’liq harbiy hukmronligini qaror toptirish; o’lka iqtisodiy va siyosiy hayoti ustidan yalpi nazorat o’rnatish; Turkiston
o’lkasi - Xiva, Buxoro va Qo’qonni tashqi dunyodan tamomila yakkalab qo’yish; Rossiya imperiyasi tashqi davlat
chegaralarini barpo etish yo’li bilan har qanday iqtisodiy, madaniy va siyosiy aloqalarni to’xtatish.
1301.
1886-yil 12-iyulda imperator Aleksandr III tasdiqlagan «Turkiston o’lkasini idora qilish to’g’risidagi yangi Nizom» qanday
bo’limlardan iborat bo’lgan? * to’rtta asosiy bo’limdan iborat bo’lgan: 1) o’lkaning ma’muriy tuzilishi; 2) sud tuzilishi; 3) yer
tuzilishi; 4) soliqlar va yig’imlar.
1302.
1886-yil 12-iyulda imperator Aleksandr III tasdiqlagan «Turkiston o’lkasini idora qilish to’g’risidagi yangi Nizom» nimalarni
nazarda tutar edi? * general-gubernatorlik hududiy birliklari nomlarini o’zgartirishni va ularni bundan keyin ham bir
xillashtirib borishni
1303.
Ma’lumki, Turldstonda rus aholisi mustamlakachilik boshqaravining jonli kuchini tashkil etgan. Quyidagi holatlardan qay biri
rus aholisining o’lkada hukmron mavqei kafolati edi? * Rossiya imperiyasi armiyasi
1304.
Rossiya imperiyasining qaysi hujjati O’rta Osiyoning ko’chmanchi aholisi yashaydigan tumanlarida ko’chkindichilik
zaxiralarini tashkil etish va keyinchalik mahalliy aholini siqib chiqarish maqsadlarida foydalanish uchun zamin yaratib bergan
edi? * «Turkiston o’lkasini idora qilish to’g’risidagi yangi Nizom»
1305.
1886-yildan amalga oshirilgan agrar islohot asosida qanday tadbirlar qo’llanildi? * yirik yer egaligi bekor qilindi; yangi yer
mulkdorlari yerdan foydalanganlik uchun davlat xazinasiga umumiy davlat solig’ini to’laydigan bo’ldi; vaqf yerlari ularda
yashab turgan kishilarga tegdi; yangi vaqf hujjatlarini tasdiqlash faqat general-gubernator roziligi bilan hamda vaqflarni davlat
soliqlari va majburiyatlaridan ozod qilmasdan amalga oshirilar edi; xususiy vaqfni tashkil etgan yerlar xuddi amlok yerlari
singari davlat solig’iga tortiladigan bo’ldi; vaqf hujjatlarini e’tirof etish, vaqf daromadlari to’g’ri ishlatilishi ustidan nazorat
qilish va vaqflarni taftish qilish huquqi viloyatlar boshqaruvlariga o’tkazilgan edi.
1306.
Podsho Rossiyasi Turkistonda yer uchun asoratga soluvchi ijara shartlari joriy etib, paxtaga ... va oziq-ovqatga ... narxlar
belgilandi. * pasaytirilgan, oshirilgan
1307.
1886-yilgi «Nizom» Turkiston o’lkasi sud tizimiga qanday o’zgarishlar kiritdi? * uyezd sudlari bekor qilindi va ularning
o’rniga shahar va zemstvo boshliqlari tomonidan tayinlanadigan uchastka mirovoy sudyalari (sudlari) tuzildi; viloyat
boshqaruvining sud bo’limlari viloyat sudlari bilan almashtirildi; sud tergovchilari, viloyat prokurori va ularning yordamchisi
lavozimlari joriy etildi; viloyat sudlari jinoiy va fuqarolik ishlarini hal etar edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |