1377.
Quyidagi qaysi hol XX asr boshida Germaniyaning tashqi ahvolini murakkablashtirdi? * Antantaning tuzilishi
1378.
Koalitsiya qaysi so’zdan olingan va u qanday ma’noni bildiradi? * lotincha, birlashgan
1379.
XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Angliyada davlatning ichki va tashqi siyosatini boshqarish qaysi hokimiyat organi qo’lida
edi? * parlament tuzadigan hukumat qo’lida edi.
1380.
Angliyada qaror topgan fuqarolik jamiyati asoslari nimalarda o’z ifodasini topdi? * so’z, namoyishlar o’tkazish, matbuot
erkinligi, tabaqaviy imtiyozlar tugatilishida
1381.
1864-1874 yillarda U.Gladston hukumati o’tkazgan islohotlarni qayd eting? * tred-yunionlarga o’z huquqlarini sudda
himoya qilish huquqi berildi; ish tashlashlar o’tkazilishiga ruxsat etildi; parlamentga saylovlarning yashirin ovoz berish yo’li
bilan o’tkazilishi joriy etildi; maktab islohoti o’tkazildi.
1382.
B.Dizraeli hukumati davrida qanday ichki siyosat amalga oshirildi? * haftada 54 soatlik ish vaqti belgillandi, 10 yoshdan kichik
bolalarni ishga qabul qilish taqiqlandi.
1383.
Angliyaning iqtisodiy taraqqiyotda yetakchilik mavqeyini yo’qotishining asosiy sabablari nimalardan iborat edi? * kapitalning
asosan chetga chiqarilishi, harbiy xarajatlarni ko’paytirishi
1384.
Nimaning naijasida XIX asr oxiri-XX asr boshlarida Angliya sanoat mahsulotlarining raqobatbardoshlik quvvati pasaydi?
*Angliyaning o’zidagi korxonalar o’z vaqtida zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan qayta jihozlanmay qolishi sababli
1385.
Angliyada qaysi hamjamiyat ijaraning mustahkam bo’lishi, ijara haqining insof bilan olinishi va ijaraga olingan yerning
qo’ldan-qo’lga erkin o’tishini ko’zda tutuvchi agrar islohotni amalga oshirishni talab qilgan? * Irland muxolifat guruhi
1386.
Irland «Yer ligasi» qaysi tartibga qarshi chiqdi va boykotni kuchaytirib, pomeshchiklarni qo’rqitish kampaniyasini boshlab
yubordi? * 15 yil muhlatga renta miqdorini adolat bilan belgilaydigan va ijarachiga o’z yer uchastkasini boshqa bir shaxstga
o’tkazish huquqi beradigan komissiya tuzilishiga
1387.
Qaysi qoida XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Angliyada amalda ish tashlashni kurash usuli sifatida yo’qqa chiqarar edi? * ish
tashlash davom etgan kunlarda korxonalar ko’rgan zarar tred-yunionlar hisobidan undirilishi
1388.
1911-yilda 6 hafta davom etgan ko’mir qazuvchilaming ish tashlashi Angliya hukumatini qanday zarur choralar ko’rishga
majbur etdi? * «Ish haqi minimumi to’g’risida» qonun qabul qilindi; ish tashlashlar vaqtida korxonalar ko’rgan zararning
tred-yunionlardan undirilishi taqiqlandi; ishlab chiqarish jarayonida baxtsiz hodisa tufayli jabrlanganlarga korxona egalari
hisobidan nafaqa to’lash belgilandi; 70 yoshga to’lgan kishilargapensiya tayinlandi; konchilar uchun 8 soatlik ish kuni
belgilandi; kasallik va ishsizlik bo’yicha sug’urta to’lovi joriy etildi.
1389.
XIX asrning 80-90 yillarda Angliya qayerlarni zabt etdi? * Birma; Nigeriya; Somali; Keniya; Tanganika; Uganda; Zanzibar
oroli.
1390.
Angliyada Askvit hukumat tashqi siyosatda quyidagilardan qay birlarini amalga oshirdi? * Erondagi (1905-1911 yilgi)
inqilobni bostirdi; Xitoyda 1911-yilgi inqilobga qarshi chiqqan kuchlarni qo’llab-quvvatladi; Angliya va Fransiya Yevropada
urush xavfi ro’y bergan taqdirda maslahatlashib harakat qilishga kelishib oldilar.
1391.
XIX asrning oxiri - XX asrning boshlarida AQSH iqtisodiy taraqqiyotining nihoyatda tezlashuviga nimalar sabab bo’ldi?
*yagona ichki bozorning vujudga kelganligi; qulchilikning tugatilishi; quldorlik latifundiyalarining bekor qilinishi; unumdor
yerlarning, foydali qazilma boyliklarning ko’pligi; sersuv daryolar va poyonsiz o’rmonlar; amerika xalqining tadbirkorligi;
qo’shni davlatlarning kuchsizligidan ortiqcha harbiy xarajatlardan xalos bo’lganligi; AQSHga yashash uchun kelganlarning
katta qismi amalda yuqori malakali mutaxassis kishilar ekanligi; qo’lida biror hunarning yo’qligi uyat hisoblanadigan hodisaga
aylanishi; Yevropa kapitalining kiritilishi.
1392.
AQSHda kapitalizm taraqqiyoti uchun juda katta ahamiyatga ega bo’lgan omillarni qayd eting? * keng bozorning vujudga
keltirilishi; qishloq xo’jaligidagi kapitalizm taraqqiyotining «amerikacha yo’li» g’alaba qilganligi; g’arbiy hududlarning tezlik
bilan o’zlashtirilganligi; katta fezlik bilan temiryo’llar qurilganligi; immigratsiya natijasida aholining tez ko’payishi.
1393.
XIX asrning oxiri - XX asr boshlarida AQSH qishloq xo’jaligidagi tub o’zgarishning mazmunini nimalar tashkil etdi? * qo’l
mehnati o’rnini mashinaning tobora ko’proq egallab borishi, savdo-sotiq maqsadida xo’jalik yuritishning mustahkam
mavqeyiga ega bo’la borishi
Do'stlaringiz bilan baham: |