47
1354.
Parij Kommunasi qanday tub ijtimoiy-iqtisodiy tadbirlarni amalga oshirdi? * egalari tashlab ketgan korxonalar shu korxona
ishchilariga topshirildi; majburiy va bepul to’lov joriy etildi; cherkov davlatdan, maktab cherkovdan ajratildi;
mehnatkashlarning uy-joy haqini to’lash muddatlari kechiktirildi; ishsizlarni ish bilan ta’minlash idorasi tuzildi; xususiy mulk
bo’lib kelgan temiryo’l idoralarini kommuna o’z ixtiyoriga oldi va ishlab chiqarish ustidan nazorat o’rnatdi.
1355.
Parij Kommunasi o’z faoliyatida qanday xatoliklarga yo’l qo’ydi? * Parijdan qochib ketgan Tyer hukumatini ta’qib qilmadi;
mamlakatning qolgan qismi Kommunani qo’llab-quvvatlamadi; Kommuna davlat xazinasini, banklarni to’la o’z qo’liga
olmadi; Kommuna kengashi ichida Kommuna ichki siyosati xususida birlikka erishib bo’lmadi; Kommunani tor-mor etishda
Germaniya Tyer hukumatiga yordam berdi.
1356.
Parij Kommunasining halokatining oqibatlari nimani isbotlab berdi? * hokimiyat bilan fuqarolarning o’zaro manfaatli
kelishuvchilik asosida yashashi zarurligini
1357.
XIX asr oxirida Fransiya iqtisodiy taraqqiyoti sekinlashuvining asosiy sabablari nimalardan iborat edi? * import hajmining
eksportdan ortiq bo’lishi; ichki bozorning cheklanganligi va tabiiy boyliklarning kamligi; Prussiya bilan bo’lgan urush
Fransiyaga juda katta moddiy talofat yetkazdi; ichki siyosiy vaziyatning beqarorligi; dehqonlar xarid quvvatining pastligi.
1358.
Prussiya bilan urush tugagach Fransiya hukmron doiralari o’rtasida hokimiyat uchun kurashda ularni shartli ravishda necha
guruhga bo’lish mumkin edi? * monarxiya tarafdorlari va respublika tarafdorlari
1359.
Fransiyaning Uchinchi Respublika Konstitutsiyasiga ko’ra prezident qanday vakolatlarga ega edi? * vazirlarni tayinlash;
Respublika nomidan tashqi siyosat yuritish; urush e’lon qilish va sulh tuzish; umumiy afv e’lon qilish.
1360.
Fransiyaning Uchinchi Respublika Konstitutsiyasiga ko’ra qanday huquq va erkinlildar e’lon qilindi? *matbuot va yig’ilish
o’tkazish, siyosiy tashviqot bilan shug’ullanish
1361.
Fransiya hukumati XIX asr oxirida ichki siyosatda qanday muhim tadbirlarni amalga oshirdi? * ta’lim to’g’risida qonunlar
qabul qilindi, kasaba uyushmalarining erkin faoliyatiga hamda ish tashlashga ruxsat etuvchi qonun qabul qilindi, munitsipal
kengashlarga o’z merlarini saylash huquqi berildi.
1362.
Fransiyada Uchunchi Respublika davrida qabul qilingan ta’lim to’g’risida qonunlarda nimalar nazarda tutilgan edi? * maktab
cherkovdan ajratildi; ta’limning dunyoviyligi ta’minlandi; 13 yoshgacha bo’lgan bolalar uchun majburiy bepul ta’lim joriy
etildi; maktablarda ta’lim maxsus davlat dasturlari asosida olib boriladigan bo’ldi; oliy pedagogik bilim yurtlarida o’qituvchi
kadrlar tayyorlash yo’lga qo’yildi; majburiy ta’lim dasturida o’g’il bolalar uchun gimnastika majburiy deb belgilandi; qiz
bolalar uchun litseylar ochildi; maxsus oliy o’quv yurtlarida ayol o’qituvchilar tayyorlana boshlandi.
1363.
Kimning prezidentligi davrida Fransiya siyosiy hayotida demokratiyaga qarshi kuchlar ta’siri o’sib bordi, mamlakatda
millatchilik, shoviniztn g’oyalari keng tarqala boshladi, anarxistlar va monarxiyachilar faoliyati kuchaydi? * Sadi Karno
1364.
1894-yilda Fransiya tarixida yuz bergan voqealarni qayd eting? * Fransiya prezidenti Sadi Karno o’ldirildi; Kazimir Pere
qisqa muddatga Fransiya prezidenti lavozimini egalladi; Fransiya kontir razvedkasi mamlakat harbiy kuchlari haqida josus
tomonidan Germaniyaga maxfiy ma’lumotlar berilib turilayotganligini aniqladi; harbiy sud A.Dreyfusni josuslikda ayblab uni
umrbod surgun jazosiga hukm qildi.
1365.
XX asr boshlarida Fransiyada mo’tadil siyosiy barqarorlikning ta’minlanishiga qay tariqa erishdi? * XIX asr 90-yillarining
o’rtalaridan boshlangan iqtisodiy yuksalish tufayli
1366.
1914-yilga kelganda Fransiya qancha miqdorda quyidagi davlatlarga kapital chiqardi? * Rossiyaga 13 mlrd. Angliya va
AQSHga 5 mlrd., Janubiy Amerika davlatlariga 6 mlrd. frank
1367.
XX asr boshlarida Fransiya chetga kapital chiqarishi tufayli nimaga erishdi? * juda katta miqdorda daromad va siyosiy
ittifoqchilarga
1368.
Qaysi hol Fransiyani XX asr boshlarida Angliya va Rossiya bilan yaqinlashish yo’llarini qidirishga majbur etdi? * «Uchlar
ittifoqi»ning Fransiyaga tobora ko’proq xavf sola boshlashi
1369.
Rahbar sifatida faqat alohida shaxsning xohish-irodasinigina tan olib, har qanday hokimiyat va davlat tuzumini rod etuvchi
ta’limotni qayd eting. * anarxizm
1370.
1871-yil Konstitutsiyasiga binoan Germaniya imperatori qanday vakolatlarga ega edi? * urush e’lon qilish; sulh tuzish;
xalqaro munosabatlarda Imperiya nomidan ish ko’rish; imperiya qurolli kuchlarining bosh qo’mondoni edi; o’z ixtiyori bilan
Reyxsiag va Ittifoq Kengashi sessiyalarini chaqirish, ochish, tarqatib yuborish yoki muddatini cho’zish huquqiga ega edi; bir
vaqtning o’zida Prussiya qiroli hisoblanardi.
1371.
Qanday omillar Germaniya iqtisodining gurkirab rivojlanishiga sabab bo’ldi? * Germaniyaning birlashtirilganligi;
Fransiyaning talanishi; Germaniya tadbirkorlari boshqa davlatlar tajribalaridan muvaffaqiyatli foydalandilar; sanoatning tez
sur’atlar bilan militarlashtirilishi.
1372.
Qaysi omillar Germaniyani agrar davlatdan industrial davlatga aylantirdi? * Germaniyaning birlashtirilganligi; Fransiyaning
talanishi bo’ldi; Germaniya tadbirkorlari boshqa davlatlar tajribalaridan muvaffaqiyatli foydalandilar; sanoatning tez sur’atlar
bilan militarlashtirilishi.
1373.
Bismark hukumati katolik cherkovining ta’sirini kamaytirishga qaratilgan qator tadbirlarni amalga oshirdi. 1872-yilda qabul
qilingan maxsus qonunga ko’ra qanday ishlar amalga oshirildi? * maktab cherkovdan ajratildi; ruhoniylarning siyosiy
tashviqot olib borishi taqiqlandi; ruhoniy kadrlar tayyorlash, ularni vazifalarga tayinlash ishlarini davlat o’z qo’liga oldi;
fuqarolik holati aktlarini qayd etish ishlari dunyoviy idoralar ixtiyoriga o’tkazildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |