46
1331.
Jadidlarning fikricha, qaysi jihatlar tarixiy asarlarning chinakam mazmunini shakllantirishi lozim edi? *taqdir mushtarakligi,
birgalikdagi kurash mushtarakligi
1332.
Jadidlarning asosiy xizmati nimalardan iborat bo’ldi? * milliy istiqlol g’oyasiga asos soldilar; Turkiston tarixining unutilgan
qahramonona sahifalarini tiklab, tarixning tarbiyaviy ahamiyatini ko’rsatib berdilar; mavjud ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni
tinch yo’l bilan hal qilish usullarini-ishlab chiqdilar; mavjud tuzumni yaxshilashning samarali usuli xalq maoriflni isloh qilish
ekanligini; bilim olish va ularni hayotga tatbiq etish zarurligini ko’rsatib berdilar.
1333.
Jadidlar maktabida ta’lim olgan quyidagilardan kimlar xalq maorifi sohasida halol mehnat qildilar? * Abdurauf Fitrat;
Sadriddin Ayniy; Abdulla Avloniy; Mo’minjon Muhammadjon o’g’li; Fayzulla Xo’jayev; Botu.
1334.
Turkistonda ilmiy tadqiqotlar olib borgan rossiyalik olimlarni yashagan yillari bilan to’g’ri ko’rsatilgan qatorni qayd eting. 1)
Nikolay Alekseyevich Seversev; 2) Pyotr Petrovich Semyonov-Tyanshanskiy; 3) Aleksey Pavlovich Fedchenko; 4) Ivan
Vasilyevich Mushketov. a) 1827-1885 yillar; b) 1827-1914 yillar; v) 1841-1873 yillar; d) 1850-1902 yillar * 1-a; 2-b; 3-v; 4-d
1335.
XIX asrning oxiri - XX asrning boshlarida Turkistonda rossiyalik olimlardan kimlar tarixiy fanlar rivojiga hissa qo’shdilar?
*N.S. Likoshin, N.A. Mayev, N.I. Veselovskiy, V.P. Nalivkin, V.V. Bartold, N.G. Mallitskiy, A.A. Semyonov
1336.
Rossiyalik olimlardan kimlar XIX asrning oxiri - XX asrning boshlarida Turkistonda geografik tadqiqotlar olib bordilar?
*A.P.Fedchenko, I.V.Mushketov
1337.
Monopolistik kapitalizm erkin kapitalizm bosqichidan quyidagi qaysi asosiy belgilari bilan ajralib turadi? * ishlab chiqarish
sohasida monopoliyalarning vujudga kelganligi; moliya oligarxiyasining vujudga kelganligi; chetga kapital chiqarishning
muhim ahamiyat kasb etishi; xalqaro monopoliyalarning dunyoni bo’lib olishi; dunyoni industrial davlatlar tomonidan hududiy
jihatdan taqsimlab olishning tugallanishi.
1338.
Qanday jarayon bank faoliyatida kapitalning markazlashuviga olib keldi? * ishlab chiqarishning konsentratsiyalashuvi va
sanoatning monopoliyalashuvi
1339.
XIX asr oxiri - XX asr boshlarida moliya kapitali qay tariqa vujudga keldi? * bank kapitali bilan sanoat kapitalining birlashib
ketishi natijasida
1340.
Qay tariqa xalqaro monopoliyalar vujudga kelgan? * eng yirik monopoliyalar, moliya oligarxiyasining turli guruhlari bozorlar,
xomashyo manbalari ustidan nazorat o’rnatishga intilishi natijasida
1341.
Qaysi hol industrial davlatlar o’rtasida dunyoni hududiy jihatdan bo’lib olishni tezlashtirdi? *moliya oligarxiyasi qudratining
mustahkamlanishi bilan industrial davlatlarning o’z mustamlakalarini kengaytirishga intilishlari
1342.
XIX asr oxiri - XX asr boshlarida qurollanish poygasiga katta ta’sir ko’rsatgan omillarni qayd eting? * mustamlakalarni va
ta’sir doiralarni qayta bo’lish; Yevropa davlatlari o’rtasidagi hududiy nizolar; Yevropa davlatlarining bir-biridan iqtisodiy
hamda harbiy-strategik ustunlikka erishish uchun kurashi.
1343.
Monopolistik kapitalizmning vujudga kelishi qanday oqibatlarga olib keldi? * ishlab chiqarishga yangi texnika va
texnoligiyalarni yanada kengroq joriy etishga imkoniyat yaratdi; jamiyatning juda ozchilik guruhi qo’lida ulkan hokimiyat
to’planishiga olib keldi; qirg’inbarot mustamlakachilik urushlarini kuchaytirdi; mehnat unumdorligining keskin oshishini
ta’minladi.
1344.
Qaysi atama maqsadli pul jamg’armalarini vujudga keltiruvchi, jamlash, taqsimlash va ishlatish bilan bog’liq munosabatlarni
bildiradi? * moliya
Do'stlaringiz bilan baham: |