45
1308.
«Besh-bosh» shirkati Turkistonda yetishtiriladigan paxtaning necha foizini sotib olar, qancha tonnagacha paxta tolasini tashib
ketar va qancha paxta urug’iga ishlov berardi? * 30 foiz, 80 ming tonna, 160 ming tonna
1309.
Vadyayevlar Ivanovo-Voznesensk manufakturasininig tarkibiy qismini qayd eting. * Farg’ona vodiysi paxta dalalari, temiryo’l,
paxta tozalash zavodlari hamda Ivanovo-Voznesensk to’qimachilik fabrikalari
1310.
1899-yil 20-iyunda Farg’ona vodiysida qanday voqea bo’lib o’tdi? * yangi qo’zg’alon boshlandi
1311.
1914-yilda qoraqalpoqlar yashaydigan joylarda nechta umumta’lim maktabi bo’lgan va unda necha o’quvchi o’qir edi? *to’rtta
maktabda 200 nafar o’quvchi
1312.
Qoraqalpoqlarda «jarmshi» nima? * boylarning yordam sifatida o’z qarindoshlariga yerni hosilning teng yarmi hisobiga berishi
1313.
Qoraqalpoqlarning qaysi libosi qoraqalpoq xalq dostoni «Qirqqiz»da kuylangan sak-massaget qabilalarining jangchi ayollari
libosi an’analarining aks-sadosi, deb taxmin qilishga asos bo’ladi? * ko’k ko’ylak
1314.
Haykel nimalardan tashkil topgan? * murakkab shakldagi og’ir yuqori-qismdan hamda zanjir, soqa, bargsimon popuk va
qo’ng’iroqchalardan iborat shokiladan
1315.
Qoraqalpoq adabiyotining yirik namoyondalarini yashab ijod etgan yillari bilan to’g’ri qayd etng. 1) Kunxo’ja; 2) Otash
Olshinboy; 3) Ajiniyoz Qosinboy o’g’li; 4) Berdaq a) 1799-1880 yillar; b) 1788-1875 yillar; v) 1824-1878 yillar; g) 1827-1900
yillar * 1-a; 2-b; 3-v; 4-g
1316.
XIX asrning oxirida Buxoro amirligida o’quv muassasalari necha bosqichdan iborat edi? * ikki boshlang’ich - maktab va oliy -
madrasadan
1317.
E’lon qilingan Buxoro amirining manifestida nimalar va’da qilingan edi? * odil sudlov hamda xiroj, zakot va boshqa
soliqlarni undirishning barqaror asoslarini yaratish; sanoat va savdoni rivojlantirish; amaldorlarga xizmat yuzasidan vazifalarni
ijro etganlik uchun qandaydir qo’shimcha maosh olish taqiqlangan holda davlat tomonidan qat’iy belgilab qo’yilgan maosh
ta’sis etish; foydali bilimlarni rivojlantirish va rag’batlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar ko’rish; davlat xazinasi ta’sis
etishga va davlat ehtiyojlariga kirimlar va chiqimlar aniq hisoblab boriluvchi byudjet belgilash; bosmaxona ochish,
zindonlardan mahbuslarni ozod qilish; «tiniq flkrli va oqil» odamlardan «assambleya» (majlis) tuzuvchi millafni saylash.
1318.
XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Xiva xonligida qaysi omillar tovar-pul munosabatlarining shitob bilan o’sishiga imkoniyat
yaratib berdi? * Rossiya, Buxoro, qozoq dashtlari va Eron bilan savdo munosabatlari rivojlanishi, ichki savdo-sotiq avj olishi
va bozor munosabatlari joriy etilishi
1319.
XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Xiva xonligida Rossiya sanoat tovarlarining raqobati nimalarga olib keldi? * bo’yoqchilar
soni keskin kamayib ketishiga; mahalliy korxonalarning mis va cho’yandan yasalgan buyumlariga talab pasayishiga; mahalliy
matolar, iplar, kulolchilik va misdan yasalgan buyumlarining ba’zi turlari ishlab chiqarilishi kamayishiga.
1320.
XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida Xiva xonligida dehqonlarning kuchayib borayotgan noroziligi nimalarda namoyon
bo’lardi? * soliqlarni to’lashdan; majburiyatlarni bajarishdan ommaviy bosh tortishda; yirik zamindorlar yerlarini egallab
olishda; soliq yig’uvchilarga va xonlik ma’muriyatining boshqa vakillariga hujum qilishda.
1321.
Qaysi voqea sabab Asfandiyorxon asosiy tayanchidan mahrum bo’ldi va bir necha vaqt yakkalanib qoldi? * Rossiyadagi 1917-
yilgi Fevral inqilobidan keyin
1322.
1917-yil 5-aprelda Asfandiyorxonga yosh xivaliklar taqdim etgan islohotlar o’tkazish to’g’risidagi manifestda nimalar nazarda
tutilgan edi? * xon hokimiyati saqlangan, ammo Mahhamai adliya (Adliya mahkamasi. Majlis) va Idorai mashvarat (Nozirlar
kengashi) bilan cheklangan konstitutsiyaviy monarxiyani tashkil etishni; davlat mablag’lari-sarflanishi ustidan nazorat qilish
uchun Moliya vazirligi; suv taqsimotini isloh qilish; xonlik hududida yangi usul maktablari ochilishi uchun qo’mita tuzishni;
temiryo’llar va pochta-telegraf tizimi qurilishini.
1323.
Yosh xivaliklar o’z dasturlariga qanday talablarni qo’shgan holda qayta ko’rib chiqdilar? * monarxiyani tugatish; yirik yer
egalari yerlarini musodara qilish; saylov organlarini tashkil etish; Xiva xalqiga siyosiy erkinlik berish.
1324.
Sovetlarning birinchi Butun xorazm qurultoyida Xorazm Xalq Sovet Respublikasining qaysi organi oliy organi deb tan olindi?
* xalq vakillari qurultoyi
1325.
Xiva xonligida qaysi shoir ma’naviy-axloqiy kuchi, vatanparvarligi, ulug’ demokratik his-tuyg’ulari va xaloskorlik g’oyalaririi
ifodalashda shoirlar orasida yetakchi o’rinni egallagan? * Avaz O’tar o’g’li
1326.
Xiva xonligidagi demokrat adiblar va shoirlarning yashagan yillari bilan to’g’ri ko’rsatilgan qatorni qayd eting.1) Polvoniyoz
Muhammad; 2) Otajon Abdalov; 3) Ahmadjon Tabibiy; 4) Berdaq; 5) Bayoniy; 6) Chokar. 7) Avaz O’tar o’g’li. a) 1825-1899
yillar; b) 1855-1927 yillar; v) 1869-1911 yillar; g) 1827-1900 yillar; d) 1870-1925 yillar; s) 1872-1952 yillar; e) 1884-1919
yillar. * 1-a; 2-b; 3-v; 4-g; 5-d; 6-s; 7-e
Do'stlaringiz bilan baham: |