43
1263.
Kimning asar qahramonlaridan biri insonning erki va qadriyatini quyidagi satrlarida himoya qilgan? Inson qahrliroq siz
o’ylagandan, Asrlik uyquning yo’lin buzib u o’zining huquqini so’rar qaytadan. *F.Shillerning qahramonlaridan Karl Maor
1264.
Kimning va qaysi asaridagi qahramon mangu haqiqatni anglashga yetib keladi va bunday deydi? * I.Gyotening «Faust»
1265.
Kimning romanlarining qahramonlari jinoyatlar evaziga o’z boyliklarini ko’paytirayotgan bankirlar va savdogarlar, berahm va
shafqatsiz sudxo’rlar, o’z hayotini behuda o’tkazayotgan mansabparast va shuhratparast kishilar - o’z maqsadlariga har qanday
vositalar bilan erishadigan kishilar bo’lgan? * Onore de Balzak
1266.
Betxoven yaratgan simfoniya markazida qanday inson obrazi turadi? * bo’ysunmas isyonkor, taqdirning hech qanday zarbasi
ham sindira olmaydigan jasur, qo’rqmas
1267.
Oda Nobunaga Yaponiyada qanday islohotlar o’tkazdi? * iqtisodiy taraqqiyotga to’sqinlik qilayotgan mahalliy soliq va
bojxona to’lovlarini bekor qildi; savdo yo’llari va ko’priklar ta’mirlandi; shaharlarga bozorlar ochish huquqi berildi;
shaharlarning tashqi savdo faoliyati rag’batlantirildi; tilla va kumush tangalarni muomalaga kiritdi.
1268.
Oda Nobunaga tezlik bilan qo’shinini Yevropa qurol-aslahasi bilan to’la qurollantirish maqsadida nima qiladi? * Yaponiyada
xristian dinining tarqalishiga homiylik qiladi.
1269.
Nima uchun Yaponiyada Tokugava sulolasining mutlaq hokimiyati o’rnatilsa-da bu sulola imperator hokimiyati daxlsizligini
saqlab qoldi? *chunki yapon xalqi uchun imperator xudoning avlodi hisoblanardi.
1270.
Meydzi hukumati o’z oldiga qanday vazifasini qo’ydi? * milliy an’analardan voz kechmagan, mustaqillikni to’la saqlab qolgan
holatda g’arb namunasida Yaponiyani zamonaviylashtirish.
1271.
Imperator Meydzi davrida knyazlar qudratini sindirish uchun dastlab ... * yerlarining bir qismi musodara qilindi, so’ng ular
boshqaruv huquqidan mahrum etildi.
1272.
Meydzi islohotlari qanday oqibatlarga olib keldi? * mamlakatda feodal tarqoqlikka chek qo’ydi; yagona yapon ichki bozori
vujudga keldi; yagona pul birligi-iyen joriy etildi; asosiy zavodlar davlat mablag’i hisobiga qurildi; davlat tadbirkorlikni har
tomonlama rag’batlantirdi va qo’llab-quvvatladi.
1273.
XIX asrning o’rtalarida Qo’qon xonligida qanday jazolar mavjud bo’lgan? * zindonga tashlash; kanaxonaga umrbod qamash;
jismoniy jazolar; jarimalar; o’lim jazosi; xotinlar eriga xiyonati uchun olomon tomonidan toshbo’ron qilinganlar.
1274.
XIX asr o’rtalarida O’rta Osiyoda nishabligi katta va tezoqar tog’ daryolar va soylarda qanday suv chiqarish tizimi ishlatilar
edi? * sepoya suv ko’targichlari
Do'stlaringiz bilan baham: |