Microsoft Word shermuhammadbek qurboshi ziyouz com doc



Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet171/179
Sana21.01.2022
Hajmi0,79 Mb.
#395677
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   179
Bog'liq
pdffox.com shermuhammadbek-qorboshi

SO’ROQ PROTOKOLIDAN 
So‘roq NKVD rayon bo‘limi xodimi Anapovich tomonidan o‘tkazilgan va imzolangan. 
Savol:
 Akalaringiz haqida nima bilasiz. Ular hozir qaerda?  
Javob:
 Mening akam Ma’murov Mamadali 1922 yilda Afg‘onistonga yashirin tarzda o‘tib ketishga 
uringan paytda qizillar tomonidan o‘ldirilgan. 
Ikkinchi akam Ma’murov Mahmud qaerda ekanligini bilmayman. Qishloq aholisining gaplariga 
ko‘ra, Tojikiston NKVDsi tomonidan qamoqqa olingan. 
Savol:__Xoliqov_Normat_haqida_nima_deya_olasiz_U_bilan_munosabatlaringiz_qanday_Javob'>Savol:
 Xoliqov Normat haqida nima deya olasiz? U bilan munosabatlaringiz qanday? 
Javob:
 Xoliqov Normatni yaxshi inson va yaxshi xodim sifatida bilaman. Xoliqov Normat bilan 
o‘rtamizdagi munosabat yaxshi, o‘rtamizda hech qanday nizo chiqqan emas. 
Savol:
 Aytingchi, shu yilning Oktyabr oyida Toshloq rayoni chegaralaridan (hududidan) qaerga va 
kimning oldiga ketgan edingiz? 
Javob:
 Shu yilning Oktyabr oyida Toshloq rayonidan Lenin rayoniga, xolamning o‘g‘li Qayumov 
Turg‘unnikiga to‘yga borganman va u yerda 10—15 kun turib, yana Toshloq rayoniga qaytganman. 
Lenin rayonidan Terak Tagi qishlog‘iga mening oldimga Qayumov Turg‘un kelgan edi va u bilan 
Lenin rayoniga birga ketgan edim.  
Savol:
 Tergovga ma’lumki, o‘z akangiz Ma’murovdan xat olganingizdan so‘ng Xoliqovning 
maslahati bo‘yicha, o‘z buyumlaringizni sotib yuborib, yashirin yo‘l bilan chegaradan o‘tish va 


Mansurxo‘ja Xo‘jaev. Shermuhammadbek qo‘rboshi 
 
 
www.ziyouz.com
 
кутубхонаси
 
137
Afg‘onistonga ketishga urinib ko‘rgansiz. Shuni tasdiqlaysizmi?  
Javob:
 O’z akam Ma’murovdan hech qanday xat olgan emasman, Lenin rayoniga ketish oldidan 
Xoliqovni ko‘rgan emasman va undan hech qanday maslahat olganim yo‘q. Afg‘onistonga yashirin 
tarzda o‘tish haqidagi gapni inkor etaman. 
Savol:
 Tergovga ma’lumki, siz sovetlarga qarshi targ‘ibot olib borib, tez orada eringiz Ko‘rshermat 
Qo‘shaqovning Afg‘onistondan kelishi to‘g‘risida ig‘vogarona mish-mishlar tarqatgansiz. Shuni 
tasdiqlaysizmi?  
Javob:
 Hech qachon va hech qanday holatda sovetlarga qarshi targ‘ibot olib borgan emasman, va 
shuningdek, erim Ko‘rshermatning kelishi haqida ig‘vogarona mish-mishlar tarqatmaganman. 
Eslatma
: har bir javob ostiga imzo qo‘ydirib olingan. 
Ma’murova Soliyaxon va Xoliqov Normatning Oliy sovet avf haqida bergan arizalari bo‘yicha Oliy 
Sovet ishni qayta ko‘rishni O’zb.SSR NKVD Toshloq rayon bo‘limiga topshirgan. Bu ish bo‘yicha 
rayon bo‘limining xulosasi: 
Ma’murova va Xoliqovning ishini qayta ko‘rib chiqish guvohlarni qayta so‘roq qilish va hujjatlar 
asosida amalga oshirildi. 
Ma’murova kelib chiqishi bo‘yicha ruhoniylar oilasidan bo‘lib, bandaning mashhur qo‘rboshisi, 
Afg‘onistonda muhojirlikda bo‘lgan Ko‘rshermatning xotinidir. 
Xoliqov quloq (mushtumzur) oilasidan kelib chiqqan bo‘lib, o‘zi ham mushtumzo‘r, bosmachilik 
harakatida faol qatnashgan Ko‘rshermatning qarindoshidir. 
Ilgari so‘roq bergan va qayta so‘roq qilingan guvohlar: Niyozov Dehqon, Isomiddinov Yunus va 
Eshmatov Qurbonlar dastlabki tergov vaqtida tergov qiluvchilarning ijtimoiy jihatdan begona ekanligi 
hamda ularning sovetlarga qarshi kayfiyatda ekanligi haqida ko‘rsatmalarini to‘liq tasdiqladilar. 
Xoliqov Normat va Ma’murova Soliyaxonlarning ijtimoiy xavfli ekanligi, buning ustiga ularning 
sovetlarga qarshi faoliyati yetarlicha tasdiqlanganini hisobga olib, hamda SSSR NKVD bo‘yicha 

 
0165 buyruq asosida 

Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish