Microsoft Word shermuhammadbek qurboshi ziyouz com doc


Zaki Validiy To‘g‘on esa shunday madh etadi



Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet170/179
Sana21.01.2022
Hajmi0,79 Mb.
#395677
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   179
Bog'liq
pdffox.com shermuhammadbek-qorboshi

Zaki Validiy To‘g‘on esa shunday madh etadi

Shermuhammadbek bunday ozodlik harakatiga kimlarningdur fatvosi bilan kirmadi. Ona 
tuprog‘iga, millatiga, diniga sadoqati, bosqinchilarga nafrati uni bu muqaddas yo‘lga boshlab kelgan 
edi. 
Shermuxammadbek va uning yaqin safdoshlari-ku, Afg‘onistonga o‘tib ketib, kurashni davom 
ettirdilar. Xo‘sh, ularning qizil imperiya hududida qolib ketgan oila a’zolari, yaqinlari holi ne kechdi? 
O’zimizni ham, muhtarama kitobxonlarimizni ham qiziqtiradigan bu savolga javob topish uchun 
ma’lumot yig‘ishga harakat qildik. Mashhur tarixchi olim Rustam Shamsuddinovning izlanishlari 
o‘laroq, xavfsizlik xizmati arxivlaridan topgan ayrim hujjatlar bilan tanishishga muvaffaq bo‘ldik: 
Xujjatlarning muayyan qismi Shermuhammadbekning umr yo‘ldoshi Ma’murova Soliyaxon 
taqdiridan hikoya qiladi: 


Mansurxo‘ja Xo‘jaev. Shermuhammadbek qo‘rboshi 
 
 
www.ziyouz.com
 
кутубхонаси
 
136
Fuqarolar urushi nihoyasiga yetib, osoyishtalik hukmron bo‘lgandan so‘ng Soliyaxon va boshqa 
qarindoshlar ochiqdan-ochiq ta’qib etilmasalarda, tegishli organlarning doimiy kuzatuvida bo‘ladilar. 
Kollektivlashtirish harakati boshlangach, Soliyaxon el qatori kolxozga kirib, o‘z tirikchiligini 
o‘tkazadi. Xalqda “Er qaerda bo‘lsa, xotin ham o‘sha yerda” degan maqol bor. Soliyaxon qarindoshlari 
yordamida Afg‘onistonga, Shermuhammadbek olidiga ketishga harakat qilib ko‘radi, biroq, akasi 
qamalib qolib bu ish amalga oshmaydi va u o‘z qishlog‘iga qaytishga majbur bo‘ladi. Shundan so‘ng 
NKVD organlari uni hibsga olib, maxsus uchlik qarori bilan sakkiz yil qamoq jazosiga hukm etiladi. U 
jazoni Vyatka lagerlarida o‘taydi. Soliyaxon O’zbekiston SSR Oliy Sovetining amnistiya bo‘yicha 
komissiyasiga ariza yo‘llab, o‘z ishini qayta ko‘rib chiqishlari va qamoqdan ozod qilishlarini so‘raydi. 
Biroq, komissiya NKVD bergan tavsifnoma asosida uning arizasini rad etadi. Soliyaxon Ma’murova 
faqat 1989 yilga kelibgina oqlanadi. 
Shuningdek, mazkur arxiv qog‘ozlari ichida Soliyaxonning akalari Mamadali va Mahmud 
Ma’murovlar, amakivachchasi Xoliqov Normat va boshqalarning shaxslari bilan bog‘liq hujjatlar ham 
bor. 
Quyida Soliyaxon tergovi va taqdiri bilan bog‘liq bo‘lgan hujjatlardan namuna keltiramiz. 
Davlat Xavfsizligi Boshqarmasi tomonidan 4.12.1937 yilda berilgan 10-raqamli order. Bir sutkali 
kuchga ega. 
O’zbekiston SSR NKVD DXB xodimi o‘r.Ananovichga. 
Sizga Oqshoq q/s Teraktagi qishlog‘ida istiqomat qiluvchi fuqaro Ma’murova Soliyaxonni tintuv 
qilish va hibsga olish topshiriladi. 
Uzb.Resp.NKVD rayon bo‘limi boshlig‘i. 
Protokol (order bo‘yicha) 
 
Teraktagi qishlog‘ida istiqomat qiluvchi fuqaro Ma’murova Soliyaxon ishiga oid order bo‘yicha 
tergov o‘tkazildi. 
Tergovda ishtirok etdilar: Toshloq rayon Oqshoq q/s Menjinskiy nomli kolxoz raisi Mahmudov va 
Ma’murova. Order asosida fuqaro Ma’murova Soliyaxon hibsga oladi va tintuv o‘tkazildi. Tintuvni 
NKVD rayon bo‘limi xodimi kichik leytenant Ananovich olib bordi. 
1937 y. 3 dekabr.   

Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish