F.Karpov – Turkiston O’qchi diviziyasining komandiri:
— Qaroqchilarga qarshi kurash bo‘lmasdan, balki bu yerda kurash tub aholini Sovet hokimiyatiga
qarshi tashkiliy ravishdagi qo‘zg‘aloni hisoblanadi.
Qayg‘usiz Otaboev — Turkiston Avtonom Sovet Respublikasi XXS raisi:
(1922 yil iyulida bo‘lgan Turkiston MIK 4-plenumida shunday degan edi;) — “Dastlabki davrlarda
bosqinchilik ruhida bo‘lgan bu harakat endilikda siyosiy mazmun kasb etdi. Shuni ta’kidlash lozimki,
1919—1920 yillarga kelib Farg‘onada qaroqchilik, bosmachilik emas balki o‘ziga xos xalq qo‘zg‘oloni
vujudga keldi. Biz 4 yil davomida bu harakatga to‘g‘ri baho bera olmadik, qo‘rboshilar Turkiston
mustaqilligi uchun hayot-mamot kurashiga otlandilar”.
Do'stlaringiz bilan baham: |