Professor Rustambek Shamsutdinov 1995 yil oktyabrida xizmat safari asnosida AQShda bo‘lganida
Nyu-Yorkda yashayotgan Davronbek (Shermuhammadbekning 1924 yilda Kobulda tug‘ilgan
o‘g‘li)ning xonadonida bo‘lgan. Davronbekning shaxsiy arxividan 1927 yil sha’bon oyi birinchi kuni
Kobul shahridagi Bog‘i Alimardonda Shermuhammadbek va ukasi Nurmuhammadbek bir guruh sobiq
«bosmachilar» qo‘rboshilari yig‘ilishini o‘tkazishganga oid hujjatni olgan edi. Yig‘ilish
bayonnomasida 1917—1924 yillarda Farg‘ona vodiysidagi milliy-ozodlik janglari qo‘rboshilar