Microsoft Word shermuhammadbek qurboshi ziyouz com doc



Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/179
Sana21.01.2022
Hajmi0,79 Mb.
#395677
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   179
Bog'liq
pdffox.com shermuhammadbek-qorboshi

www.ziyouz.com
 
кутубхонаси
 
59
bergani kirganlarida, ularni tinglab bo‘lib, “Farg‘ona frontida nima gaplar?” deb so‘rashni kanda 
qilmaydigan bo‘ldi. Farg‘ona frontidagi ahvol Vladimir Ilich uchun shu darajada ahamiyatli ediki, u 
kutubxonada O’rta Osiyo, xususan, Farg‘ona tarixiga, turkiy xalqlar harbiy san’ati tarixiga oid 
kitoblarni oldirib kelib o‘qishga vaqt topa oldi. Illo, muayyan bir xalqning, muayyan bir mamlakatning 
tarixini yaxshi bilmay turib, u bilan muomala qilish, uni itoatda tutish qiyinligini juda yaxshi his etar 
edi. 
Vladimir Ilichning butun dunyoga mashhur, aforizmga aylanib ketgan “Vostok – delo tonkoe” 
(Sharq masalasi o‘ta nozik masaladir) degan jumlasi bor. Ba’zi tarixchilar Lenin bu gapni Uzoq 
Sharqdagi voqealar munosabati bilan aytganligini ta’kidlasalarda, u na faqat Uzoq Sharq, balki, 
umuman Sharqni, shu jumladan O’rta Osiyo, xususan Farg‘onani ham nazarda tutgani mubolag‘a 
emas. 
Turkistonni bosib olish fikri dastlab Ivan Grozniyda uyg‘ongan edi. U Qozonni oldi, Sibirning bir 
qismini bo‘ysundirdi va niyatiga to‘liq yeta olmay o‘lib ketdi. Pyotr I Rossiyani imperiyaga 
aylantirgach, O’rta Osiyoni bosib olish, Amudaryoning yuqori oqimi bo‘ylab Hindistonga chiqib 
borish va bu boy mamlakatni inglizlardan tortib olishni rejalashtira boshladi. Shu maqsadda O’rta 
Osiyoga ekspeditsiyalar uyushtirdi. U ham shum niyatiga yeta olmay o‘lib ketdi. Uning rejasini 
vorislari bosqichma-bosqich amalga oshirib bordilar. 1735 yilda Rossiyadan Qozoq dashtlari va u 
orqali O’rta Osiyoga olib boradigan, Janubiy O’rol orqali o‘tgan qadimgi savdo yo‘li ustiga, O’rol 
daryosi sohiliga yirik va mustahkam bir qal’a qurildi va unga “Sharq darvozasi” ma’nosida Orenburg 
(lug‘aviy ma’nosi “Sharqdagi shahar”) degan nom berildi. Bu qal’a bir necha marta ko‘chirilib, 
nihoyat, yirik bir shaharga, guberniya markaziga aylandi. Orenburg shahri keyinchalik Turkiston 
mintaqasini bosib olishda asosiy muhim nuqta, tagzamin (forpost) vazifasini o‘tadi. Temir yo‘llar 
qurila boshlagach, Moskva — Toshkent temir yo‘li shu shahar orqali o‘tdi. Shu tariqa Orenburg 
Rossiya uchun O’rta Osiyo kaliti, darvozasi bo‘lib qoldi. Agar Orenburgga bir narsa bo‘lsa, O’rta 
Osiyoning Markaz bilan aloqasi taqa-taq to‘xtab qoladi. 
Rossiyada fuqarolar urushi boshlangach, yirik kazak qo‘mondoni ataman Dutov Orenburgni 
egallab, Turkistonni Markazdan ajratib qo‘ydi va bu shaharni deyarli bir yil qo‘lda tutib turdi. Nihoyat, 
1919 yil bahorida Orenburgni ozod qilish uchun yirik sarkarda Mixail Vasilevich Frunze 
qo‘mondonligidagi katta qo‘shin tashlandi, Orenburg fronti tashkil etildi. Ko‘p o‘tmay Frunze Dutovga 
kuchli zarba berib, shaharni ozod qilishga muvaffaq bo‘ldi. Shahar olingach, u o‘z qo‘shinining bir 
qismini bu yerning mudofaasi uchun qoldirib, katta qismini Turkistonga yubordi va o‘zi bu haqda 
hisobot berish va kelgusidagi vazifalarni aniqlashtirib olish uchun Moskvaga yo‘l oldi. Uning kelganini 
eshitgan Vladimir Il’ich ertasigayoq  o‘z huzuriga chorladi. Frunzeni g‘alaba bilan tabriklagach, asosiy 
mavzuga o‘tdi: 
— Mixail Vasilevich, nima deb o‘ylaysiz, Turkistonni o‘z qo‘limizda saqlab qola olamizmi? 
— Albatta, Vladimir Ilich, saqlab qolamiz. Biroq qiyin bo‘ladi.  
— Har qancha qiyin bo‘lsada, saqlab qolishimiz shart. Turkistonning, ayniqsa, asosiy paxta 
bazamiz bo‘lgan Farg‘onaning biz uchun qay darajada ahamiyatli ekanligini sizga tushuntirishning 
hojati yo‘q. 
— Tushunaman, Vladimir Ilich. Hozirgi jahon urushida paxtaga ehtiyoj katta bo‘lgan bir sharoitda 
barcha urushayotgan davlatlarning ko‘zi Farg‘onaga qadalgan. 
— Ha, urush boshlangandan beri Farg‘onadan paxta ololmay qoldik. Paxta bor, biroq bizga yetib 
kelolmayapti. Bosmachilar uni bu tomonga o‘tkazmayapti. Kuni kecha paxta borligiga ishonch hosil 
qildik.  
— Qanday qilib? 
— O’n-o‘n besh kun bo‘ldi, shu xonaga, mening huzurimga Feliks Edmundovich keldi. 
Dzerjinskiyni siz yaxshi bilasiz. U g‘alati bir taklif bilan kelibdi. Eshitganingiz bordir, Qo‘qonda 
Potelyaxov degan yahudiy yirik paxta magnati (korchalloni) bor edi. U yaqin yigirma yildan beri 


Mansurxo‘ja Xo‘jaev. Shermuhammadbek qo‘rboshi 
 
 

Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish