Microsoft Word shermuhammadbek qurboshi ziyouz com doc



Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/179
Sana21.01.2022
Hajmi0,79 Mb.
#395677
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   179
Bog'liq
pdffox.com shermuhammadbek-qorboshi

www.ziyouz.com
 
кутубхонаси
 
60
Ivanovo, Moskva, Lodz, Krakov va boshqa to‘qimachilik markazlarini paxta bilan ta’minlab kelgan. 
Eshitganda qandoq, Vladimir Ilich, axir mening xam asosiy faoliyatim Ivanovoda o‘tgan-ku... 
— O’sha Potelyaxov sizga ma’lum Qo‘qon muxtoriyatida hukumat a’zosi bo‘lgan hamda 
muxtoriyat tor-mor etilgach, qamoqqa olinib, Moskvaga olib kelindi va Lubyankada saqlandi. Uning 
boy qarindoshlari Dzerjinskiy bilan uchrashib, muzokara yuritishibdi. “— Agar Potelyaxovni ozod 
qilsangiz, bir eshelon paxta beramiz” deyishibdi. Feliks Edmundovich mendan maslahat va ruxsat 
so‘rab kelibdi. Men rozi bo‘ldim, chunki paxta bizga nihoyatda zarur.  
— Bu gapdan xabarim bor, Vladimir Il’ich, illo, Feliks Edmundovich bilan Samaradan poezdda 
birga keldik. U paxtani olib, Potelyaxovni ozod qilib ulguribdi. Hatto Feliks Edmundovich uni menga 
eng zo‘r mutaxassis sifatida ta’riflab, Turkkomissiyaga savdo masalalari bo‘yicha maslahatchi qilib 
olishni tavsiya etdi. 
— Oldingizmi? 
— Ha, bizga u kabi mutaxassislar ham zarur. 
— O’zi bu Qo‘qon muxtoriyatiga zo‘r mutaxassislar to‘plangan ekan, Obidjon Mahmudov deganini 
olib ko‘raylik. U mazkur hukumatda oziq-ovqat ministri bo‘lgan. O’zining son-sanoqsiz ixtisoslari 
bilan bir qatorda huquqshunoslik hamda xalqaro munosabatlar ilmini ham shu qadar suv qilib ichib 
yuborgan ekanki, ChK uni qamoqqa olish uchun hech qanday asos, ilintiradigan biror fakt topolmadi. 
Zo‘r mutaxassis sifatida Sovnarkomga paxta savdosi bo‘yicha maslahatchi qilib ishga oldik. 
Nazarimda Farg‘onadagi sovetlarga qarshi kurashni ham mazkur Potelyaxov va Mahmudovga 
o‘xshash katta iste’dod egalari boshqarib turibdi. 
— Ha, Vladimir Ilich, Farg‘onani tinchitish uchun nafaqat keskir qilich, ajal urug‘ini sochuvchi 
pulemyot, balki o‘tkir zakovat ham kerak bo‘ladi. 
— Ana shuning uchun ham yangi tashkil etilgan Turkiston frontiga sizni qo‘mondon etib tayinladik. 
Siz o‘sha yerda tug‘ilib o‘sgansiz, u yerning shart-sharoitini, turkistonliklarning urf-odatlari, dunyo-
qarashlarini, ichki dunyosini yaxshi bilasiz. 
— Sifat va fazilatlarimni juda oshirib yubormadingizmi, Vladimir Ilich? 
— Yo‘q. Turkistonni sizdan boshqa odam eplay olmaydi. Sizga cheklanmagan vakolatlar beramiz. 
Turkistonni saqlab qolsak bas. Tushunaman, sizga oson bo‘lmaydi, u yerda zudlik bilan tartib o‘rnatish 
oson emas. Shu tufayli ishni bosqichma-bosqich olib boring. 
— Ya’ni? 
— Avvalo, risqulovlar tili bilan aytganda, u yerdagi milliy-ozodlik urushini fuqarolar urushiga 
aylantiring. Ya’ni bosmachilarning boshliqlari bilan sulh muzokaralarini tezlating. Sulh tuzgach, ularni 
o‘z sobiq sheriklariga qarshi jangga tashlang. Eshitishimcha, Farg‘onadagi qaroqchilarning ikkita eng 
zo‘r atamani bor ekan. Birining nomi Madaminbek, ikkinchisining oti nima ediyam.  
— Ko‘rshermat. 
— Ha, ha, Ko‘rshermat. Ishni o‘shalardan boshlang. Agar ular sulhga ko‘nmasalar, boshqalarini 
ko‘ndiring. Iloji bo‘lsa, ChK xodimlari yordamida ikkalasi o‘rtasida nizo chiqarishga harakat qiling. 
— Vladimir Ilich, bu Feliks Edmundovichning idorasiga tegishli ish, men jangchiman. Mening 
ishim jang qilish. 
— Bilaman, Mixail Vasil’evich. Birinchidan, ulug‘ maqsad yo‘lida har qanday vosita o‘zini 
oqlaydi. Ikkinchidan, siz nafaqat jangchi, balki bizning Turkistondagi noibimizsiz, ya’ni, Turkiston 
fronti qo‘mondonisiz. Uchinchidan, ChK ning Turkistondagi bo‘linmalari ham sizga bo‘ysundiriladi. 
Mixail Vasilevich, ko‘nglingizga olmang-u, o‘zingiz aytganday, Turkistonni faqat qilich-u pulemyot 
bilan saqlab qololmaymiz, turli vositalar, hatto harbiylar nazarida jirkanch tuyulgan vositalardan ham 
foydalanmasak bo‘lmaydi. Turkistondagi dushmanlarimiz anoyi emas. Ular mashhur sarkarda 
Temurning avlodlari. Ular, men sizga aytsam, o‘zimizning kolchak, yudinechlardan ko‘ra xavfliroq 
Kolchak, Yudinechlar rus kishisi, ulardan rus ruhi ufurib turadi. Rus ruhini yaxshi bilganimiz uchun 
ularni yengish bizga osonroq. Mana o‘zingiz Denikinga bir necha bor zarba berdingiz, Dutovni 


Mansurxo‘ja Xo‘jaev. Shermuhammadbek qo‘rboshi 
 
 

Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish