www.ziyouz.com
кутубхонаси
87
feruza, aqiq kabi qimmatbaho toshlar bilan ziynatlangan; sopi kark mo‘guzidan bo‘lib, daraxt tanasiga
buralib-chirmashib olgan ilon shaklida ishlangan. Shermuhammadbek qilichni qo‘liga olib, qinidan
sug‘urar ekan, odatdagi shildirashga qo‘shimcha jarang sasi keldi. Qilich tig‘i javhar bilan qoplangan
edi. Javhar shunday bir mo‘‘jizaki, unga qarab, moviy, tiniq osmonda pag‘a-pag‘a oq bulutlar suzib
quyosh nurida kamalakning yetti xil rangida tovlanishini ko‘rish mumkin edi, javharni qalam yoki
mo‘yqalam vositasida tushirib bo‘lmaydi – u po‘latni eritish, qilichni toblash va pardozlash jarayonida
paydo bo‘ladi. Qilichning sopga yaqin o‘tmas qismiga arab yozuvining shikasta usulida arab tilida “Bu
qilich faqat haqiqat va adolat yo‘lidagina qindan chiqsin” degan yozuv bor edi. Shermuhammadbek
qilichning yozuv bitilgan qismini labiga, ko‘ziga, peshonasiga bosib tavob qildi. Sandiqchadan,
shuningdek, Buxoro zardo‘zi to‘ni, kumush suvidan angob berilgan egar-jabduq ham chiqdi.
Sandiqcha tagida oq konvertga solingan kichik bir maktubcha bo‘lib, unga faqat ikki jumla yozilgan
edi: Musulmon musulmonga yordam berishi kerak. Siz ham bizga yordam bering.
Bu jumlalarni o‘qir ekan, Shermuhammadbekning yodiga amir huzuriga qurol so‘rab borgan
elchilari qismati tushdi. Axir o‘shanda o‘zi ham mana shu jumlalar asosida bir musulmondan, nainki
bir musulmon, balki musulmonlar amiridan yordam so‘ragan edi-ku. Amir ularning boshiga ne
kunlarni solmadi? Agar afg‘on elchisi Omonulloxonni aralashtirib, ularni ozod qilmaganda ularning
holi ne kechar edi?
Ammo, avvalo, musulmonchilik burchi, qolaversa musulmonlar amiriga bo‘lgan hurmat-ehtirom,
o‘zbekona tantilik kekdan ustun keldi.
— Mayli, — dedi Shermuhammadbek Zufar To‘pchiboshiga qarab, — mana bu sovg‘alar evaziga
emas, balki, amirimizga bo‘lgan chuqur hurmatimiz hamda mazkur maktubda eslatilgan musulmonlik
burchimiz yuzasidan ul zoti sharifga qo‘ldan kelgancha yordam beramiz.
Mehmonlarni kuzatib yuborgach, Shermuhammadbek ukasi Ro‘zimuhammadbekni Oloy mintaqasi
qo‘mondoni, qo‘rboshi Asqarbekka yuborib, u orqali besh yuz yigit bilan Dushanbega, amir xizmatiga
borishni buyurdi. Shermuhammadbek Ro‘zimuhammadbekka shunday bir gap tayinlashni unutmadi:
Agar amir musulmonlarga qarshi qilich ko‘tarishni buyursa, buyruqdan bosh tortasiz.
— Asqarbek 500 yigiti bilan Dushanbaga yaqinlashganda uning yo‘lini Ibrohimbekning loqay
yigitlari to‘sib chiqdi. Loqaylar — o‘zbeklarning yirik bir urug‘i bo‘lib, XV—XVI asrlarda Dashti
qipchoqdan ko‘chib kelib, Hisor, Ko‘lob, Qabodiyon hamda Shimoliy Afg‘oniston hududlarida
o‘rnashib qolganlar. Ibrohimbek Loqay (Mulla Muhammad Ibrohimbek Chaqaboy o‘g‘li) ham shu
urug‘ga mansub bo‘lib, 1889 yilda tug‘ilgan Otasi Chaqaboy Amirning Hisor bekligidagi
mansabdorlaridan biri bo‘lgan. Ibrohimbek ham Hisor begi huzurida xizmat qilib, dastlab qorovulbegi,
keyinroq mirdevonbegi, to‘pchiboshi va lashkarboshi darajalariga ko‘tarilgan. Sayyid Olimxon taxtdan
mahrum bo‘lgach, uning eng ishonchli lashkarboshisi Ibrohimbek bo‘lib qolsada, ba’zan ular orasidan
olamushuk ham o‘tib qolib, Ibrohimbek to‘nini teskari kiyib olar, keyin yana yarashib ketishar edi.
Ibrohimbek ba’zan amirning taqdiri qisman o‘zining qo‘lida ekanligini his etib, kekkayib ketar,
amirning farmonlarini “o‘ylashib” ado etardi. Asqarbekning kelishi ana shunday “olamushuk” o‘tgan
paytga to‘g‘ri kelib qoladi.
Asqarbek nihoyat bir amallab laqaylar ichidan o‘tib amir huzuriga yetib borganda, undan hafsalasi
pir bo‘ladi; amir uni baland dimog‘ bilan qarshi oladi:
— 500 kishi olib keldingiz, xolosmi?
— Farg‘onada hozir vaziyat chatoq. Agar iloji bo‘lganda Shermuhammadbek barcha yigitlari bilan
kelib xizmatingizda bo‘lar edi. Biz huzuringizga kelayotganimizda Ibrohimbek yo‘limizni to‘sib oldi.
Bu yoqqa o‘tish qiyin bo‘ldi.
— Ibrohimbekni ham ayblab bo‘lmaydi. Hisor Ibrohimbek qo‘lida. Har qanday odam bu yerda
uning ijozati bilan yuradi. Xo‘p, mayli, ishga kelaylik. Siz o‘z yigitlaringiz bilan jadid qo‘shiniga
qarshi jangga kirasiz.
— Yo‘q, taqsir, men musulmonlarga qarshi qilich ko‘tarmayman. Shermuhammadbek shunday
Mansurxo‘ja Xo‘jaev. Shermuhammadbek qo‘rboshi
Do'stlaringiz bilan baham: |