JANGLAR
Hukumat ta’sis etilgach, Shermuhammadbek va hukumat a’zolari bir muncha vaqt tashkiliy ishlar
bilan band bo‘ldilar. Bu ishlar bir oz yengillagach, Shermuhammadbek bir qism yigitlari bilan
Qo‘rg‘ontepa tomonga yo‘l oldi. Safardan maqsad, qurultoyda qatnasha olmagan qo‘rboshilar bilan
ko‘rishish edi. Shermuhammadbekning har bir harakatini kuzatib turgan qizil qo‘mondonlik,
Qo‘rg‘ontepa tomonga 2-o‘qchi diviziyani, G’orbuvoga esa turli qismlardan tuzilgan qo‘shma
brigadani yubordi. Shermuhammadbek, Omon Polvon, Yo‘ldosh Polvon va Xolxo‘ja Eshon mazkur
brigadani to‘rt tarafdan qurshovga olib, qizillarga madad yetib kelguncha unga katta talafot yetkazdilar.
Shermuhammadbek G’orbuvoga qaytayotganida qishloq qizil askarlar tomonidan o‘rab olinganligi,
u yerda qizg‘in jang ketayotganligi ma’lum bo‘ldi. Shermuhammadbek Quva yaqinida to‘xtab, aniq
ma’lumotlar olib kelish uchun ayg‘oqchilarini jo‘natdi. To‘plangan ma’lumotlarni tahlil qilib,
G’orbuvo atrofini o‘rab olgan kuchlarga qarshi Akbarobod tomondan zarba berishni mo‘ljalladi.
Talafot evaziga qizil askarlar orasini yorib o‘tib, G’orbuvo mudofaachilariga qo‘shildi. Yaqin o‘n kun
davom etgan janglar pirovardida qizillar Marg‘ilonga chekindilar.
G’orbuvodagi janglar tugar-tugamas, Muhiddinbek Navkatda qizil askarlar bilan jang boshladi.
Shermuhammadbek unga yordam uchun Hamzabek boshchiligida mingga yaqin yigit yubordi. Yigitlar
Mansurxo‘ja Xo‘jaev. Shermuhammadbek qo‘rboshi
www.ziyouz.com
кутубхонаси
83
yetib borishi bilan jangda burilish bo‘lib, Muhiddinbek g‘alaba qozondi.
Iyun oyida Qo‘qon atrofidagi qo‘rboshilar Islom Polvon rahbarligida yirik aholi maskanlaridan
bo‘lmish Sho‘rsuv, Qudash, Yaypanni egallab, yaqin qirq kun qo‘lda tutib turdilar. Rahmonquli esa
ko‘plab yo‘llar kesishadigan Buloq mavzeini egalladi.
Sho‘ro qo‘mondonligining hisobotiga ko‘ra, 28 apreldan 21 iyulgacha vodiyda 42 ta yirik jang
bo‘lib, bu janglarda qizillar 1200 kishi, “bosmachilar” 2000 ga yaqin kishi yo‘qotganlar. Mazkur
janglarning eng yiriklari 30 iyunda Aravonda, 3 iyulda Fayziobodda, 10 iyulda G’orbuvoda, 14 iyulda
Andijon—O’sh—Jalolobod uchburchagi ichida bo‘lib o‘tgan janglar sifatida e’tirof etiladi.
Iyul oyida milliy-ozodlik kurashi yanada avj oldi. Vodiy yana ulkan jang maydoniga aylandi.
Frunzening talabi bilan markazdan qo‘shimcha harbiy kuchlar olib kelindi.
Qissamizning yuqori qismida tatar brigada haqida so‘z borganda, brigada jangchilari aksariyatining
iymoni past bo‘lganligi ta’kidlangan edi. Endilikda esa ular ichida iymoni baquvvatlari paydo bo‘lib,
musulmonlarga qarshi jang qilishdan bosh torta boshladilar.
Nihoyat, ulardan 640 nafari milliy-ozodlik qo‘shinining turli qismlariga o‘tib ketdilar. Ular ichida
zobitlar ham bor edi. Shundan so‘ng brigada qo‘mondoni Turkiston fronti harbiy soveti a’zoligiga
o‘tkazilib, uning o‘rniga rus zobiti Sokolov tayinlandi. Yirik komandirlardan biri – G’aynulin esa front
shtabiga xizmatga o‘tib, o‘sha yerdan turib ozodlik jangchilariga yordam berib turdi va keyinchalik
maxsus bo‘lim tomonidan fosh etilib, shahid qilindi.
Farg‘onada “Uchqo‘rg‘on”deb atalgan ikkita kent bor. Biri—shimolroqda, Norin daryosi bo‘yida,
ikkinchisi esa janubda – Oloy tog‘lar yonbag‘rida joylashgan. 10—12 iyul kunlari har ikki
Uchqo‘rg‘onda ham yirik janglar bo‘lib o‘tdi. Shermuhammadbek 10 iyulda Oloy Uchqurg‘oniga
xujum boshladi. Ikki kunlik jangdan so‘ng u yerdagi garnizon tor-mor etildi. Birinchi jahon urushida
asir olingan Avstriya—Vengriya armiyasi janglaridan bir qismi bu yerdagi konlarda ishlash uchun
yuborilgan edi. Podsho hukumati ag‘darilgach, bu asirlarda o‘z vatanlariga qaytish umidi tug‘ilgan edi.
Biroq Kerenskiy hukumati ham, sho‘rolar hokimiyati ham ularni asirlikdan ozod qilmadi. Ko‘mir
konida ishlab turgan besh yuz nafarga yaqin asirlar jang vaqtida qurollantirilib, jangga tashlandi.
Biroq, asirlar o‘zlarini asirlikda tutib turgan hukumat uchun jang qilishni xohlamay,
Shermuhammadbekka asir tushdilar. Shermuhammadbek ularni G’orbuvoga olib ketib, mehmonday
saqladi. Ular ham Shermuhammadbekka sidqidil xizmat qildilar. Shermuhammadbek ularni imkon
topilishi bilan Afg‘onistonga o‘tkazib yubordi. Sobiq asirlar Shermuhammadbekning odamgarchiligi
tufayli Hindiston orqali o‘z vatanlariga yetib oldilar.
Qizil armiya qismlari 12 iyulda Norin Uchqo‘rg‘oniga hujum boshladilar. Bu mintaqa qo‘mondoni
Omon Polvon ular bilan o‘n besh kun jang olib borib, holdan toydi, zero, qizillarga ustma-ust yordam
kuchi kelib qo‘shilib turdi. Omon Polvon Shermuhammadbekka chopar yuborib, yordam so‘rashga
majbur bo‘ldi. Shermuhammadbek ikki ming yigiti bilan yordamga otlandi. Bir kunlik jangdan so‘ng
Uchqo‘rg‘on qo‘lga kiritildi. Uchqo‘rg‘ondan chekinishga majbur bo‘lgan qizil qismlar Andijon va
Namangandan madad kuchi olib qayta hujumga o‘tdi. Bu safar ular o‘zlari bilan yirik zambaraklar,
pulemyotlar olib kelgan edilar. Uchqo‘rg‘onni to‘pga tutish boshlangach, Omon Polvon kent
aholisining qonini to‘kmaslik uchun toqqa chekinishni taklif qildi. Shermuhammadbek bunga rozi
bo‘ldi. Ozodlik jangchilari kechasi Norinni kechib o‘tib, toqqa ko‘tarildilar. Qizillar ularning orqasidan
ta’qib qilib bordilar.
Ozodlik jangchilari qizil askarlarni dara va tangilarga ergashtirib borib, o‘sha yerda qattiq zarba
berdilar. Qizillar yana Namanganga qochishga majbur bo‘ldilar. Shu tariqa Uchqo‘rg‘on qizillardan
ozod qilindi. Shahidlarni dafn etib, xudoyilarini o‘tkazgach, Shermuhammadbek Omon Polvonni shu
yerda qoldirib, o‘zi doimiy qarorgohi bo‘lmish G’orbuvoga qaytib keldi.
Qo‘qon yaqinidagi mana bu jang tafsiloti esa Nurmuhammadbek xotiralaridan olindi. Vaqtli
hukumat harbiy mahkamasi qaroriga ko‘ra, vodiydagi tashkiliy ishlar, shu jumladan, qo‘rboshilarning
ahvolidan xabar olib turish, ularga zaruriy yordam uyushtirish Shermuhammadbekning akalaridan biri
Mansurxo‘ja Xo‘jaev. Shermuhammadbek qo‘rboshi
Do'stlaringiz bilan baham: |