TUROR RISQULOV SHAXSI XAQIDA
Turor Risqulov 1894 yil 14 dekabrda Verniy uezdi Sharqiy bo‘lisida ko‘chmanchi chorvador
oilasida tug‘ildi. 1917 yilda bolsheviklar partiyasi a’zoligiga qabul qilindi. 1918 yil Avliyoota (Taroz)
uezdi soveti raisligiga saylandi. 1918—1919 yillarda Turkiston ASSR sog‘liqni saqlash xalq komissari
va Turkistonda ocharchilikka qarshi kurashuvchi Markaziy komissiya boshlig‘i. 1919 yilda Turkiston
KP Musulmonlar byurosi raisi, Farg‘ona vodiysidagi vaziyatni o‘rganish va barqarorlashtirish
favqulodda komissiya a’zosi. 1920 yilda Turkiston MIK raisi, RKP (b) 1-s’ezdi (1920 y.) delegati.
1921—1922 yillarda RSFSR Millatlar xalq komissarligi kollegiyasi a’zosi va xalq komissari
o‘rinbosari, 1922—1924 yillarda Turkiston ASSR XKS raisi, RKP (b) M.K. O’rta Osiyo byurosi
a’zosi. 1924—1925 yillarda Kominternda bo‘lim mudiri o‘rinbosari, Kominternning Mo‘g‘ulistondagi
vakili. 1926—1937 yillarda RSFSR XKS raisi o‘rinbosari. O’rta Osiyoni Rossiyadan ajratib, mustaqil
turkiy davlat tuzish yulida jonbozlik ko‘rsatgan eng sobit qadam arboblaridan biri T.Risqulov 1937 yil
21 mayda Moskvada hibsga olinib, 1938 yil 8 fevralda otuvga hukm qilinib, ikki kundan keyin otib
tashlangan. (1956 yil 8 dekabrda reabilatatsiya qilingan).
Turor Risqulov qaysi lavozimda ishlagan bo‘lsada, har doim O’rta Osiyo xalqlari manfaati yo‘lida
Mansurxo‘ja Xo‘jaev. Shermuhammadbek qo‘rboshi
www.ziyouz.com
кутубхонаси
39
xizmat qildi. Uning “Inqilob va Turkistonning tub aholisi” kitobi bugungi kunda ham juda nodir asar
hisoblanadi.
...Risqulovni Farg‘onada kuzatib yurish Kimsanboy va uning odamlariga topshiriladi. Kimsanboy,
ta’bir joiz bo‘lsa, Risqulovning soyasiga aylanib, har bir bosgan qadamini nazoratsiz qoldirmaydi.
Risqulov Qo‘qonda taftish olib borayotgan paytda taftish bahonasida vodiyning obro‘li kishilaridan
biri, Rishtonning sobiq mingboshisi Shokir Noibni so‘roqqa chaqiradi. Komissiya sobiq paxtachi boy
Vad’yaevning xususiy uyi, hozirgi hokimiyat joylashgan binoning bir qanotida ish olib borar edi.
Shokir Noib kelgach, Risqulov kotibni choy damlab kelishga buyurib, deraza va eshiklarni mahkamlab
yopib, Shokir Noib bilan qaytadan ko‘rishdi. Komissiyaning yaqin bir yillik faoliyati mobaynida ular
ko‘p marta uchrashib, bir-birlarini yaxshi bilib olgan va qadrdon bo‘lib qolgan edilar. Ko‘rishib
bo‘lgach, Risqulov vaqtni g‘animat bilib (kotib choy damlab kelib qolishi mumkin edi), kirish so‘zisiz
muddaoga ko‘chdi:
— Taqsir, men muhim bir masala yuzasidan Madaminbek bilan so‘zlashib olishim kerak, bu
uchrashuv, albatta, o‘ta maxfiy holda o‘tishi shart. Buning iloji bormi?
— Bu juda qiyin ish.
— Masala vatanimizning hayot-mamoti bilan bog‘liq.
— Ya’ni?
— Ya’ni, kurashni hamkorlikda olib borish masalasini hal etishimiz kerak.
— Oldindan biror va’da bera olmayman. Bek sizga ishonmasligi mumkin.
— Tushunaman. Mana, siz bilan yaqin bir yildan beri tanishmiz. Mening kim ekanligimni yaxshi
bilib oldingiz, nazarimda. Bekka meni o‘zingiz qay darajada bilsangiz, shu darajada ta’riflab ko‘ring.
— Mayli, aytib ko‘raman.
— Unda, bekning rozi yoki rozi emasligini menga qanday yo‘l bilan bildirasiz?
— Xo‘sh, buning uchun bir oz vaqt kerak bo‘ladi. Bugun dushanba bo‘lsa, yanagi dushanbadan
shanbagacha kutasiz. Shu kunlar ichida sizga bir yigit ariza olib kelib, “Meni Shokir Noibdan himoya
qiling” deydi. Bu rozilik alomati bo‘ladi. Yigitga bir so‘z aytmay chiqarib yuborasiz va meni yana
so‘roqqa chaqirasiz.
— Ma’qul.
Shu so‘zini aytib, Risqulov eshik va derazalarni ochib yuborishi bilan kotib choy ko‘tarib kirdi.
Kotibni choy bahonasida chiqarib yuborib, eshik-derazalarni berkitgan Risqulov bu xona ostida
yerto‘la borligi, yerto‘lada chekist Kimsanboy o‘tirganini xayoliga ham keltirgan emas edi.
Shartlashganday yigit kelib ketgach, Risqulov yana Shokir Noibni so‘roqqa chaqirdi. Yana kotibga
choy buyurib, noibga savol nazari bilan qaradi. Noib ham vaqtni g‘animat bilib, gapning po‘stkallasini
aytdi:
— Favqulodda komissiya a’zosidek katta bir odam uch-to‘rt soat ko‘rinmay qolsa, sovetlar
shubhaga tushmaydimi?
— Savolingizni tushundim. Komissiyada menga sodiq, ishonchli ikkita-uchta yigit bor. Ularni olib,
biror voqeani joyida taftish qilish bahonasida bir kun sovetlar diqqat e’tiboridan holi bo‘lishim
mumkin.
— Unday bo‘lsa, payshanba kuni Oltiariqqa borasiz. Oltiariq soveti binosi qarshisidagi choyxona
oldida baqqolning do‘koni bor. Do‘kon oldida odam yo‘q paytini poylab, baqqoldan popiris olasiz va:
— “Popirisning pulini Madaminbek to‘laydi”, deb aytasiz. Shundan so‘ng nima qilish, qachon qaerga
borishni baqqol aytadi...
Risqulov Shokir Noibni xonadan kuzatib qo‘ygach, yerto‘lada o‘tirgan Kimsanboy o‘yga toldi.
Nima qilish kerak? U chekada xizmat qilib kelgan bir yil mobaynida bolsheviklarning haqiqiy
qiyofasini bor bo‘yi bilan ko‘rib, kirdikorlarini bilib bo‘lgan edi, zero, tuzumning eng qora qilmishlari
cheka boshchiligi va ishtirokida amalga oshar edi. Cheka xizmatidan o‘lib yoki yuqorining tavsiyasi
bilan partiya ishiga o‘tib qutulmasa, osonlikcha chiqib ketib bo‘lmas edi (keyinchalik juda shishib
Mansurxo‘ja Xo‘jaev. Shermuhammadbek qo‘rboshi
Do'stlaringiz bilan baham: |