www.ziyouz.com
kutubxonasi
184
— Avvalgisining qilig‘ini gapirib ber.
— Da, chut ne zab
ы
l, — dedi Monika xonim. Rus tilidan durust ilmi bo‘lgan Zaynab uning
erkakchasiga «zab
ы
l» deyishga g‘ashi keldi. — Avvalgi direktorsha, bitta-ikkita
platyamni berib, qolganini komissionkada sottirar ekan. Vot parazit-a?
Shu xildagi gaplar Zaynabning ko‘nglini behuzur qildi. Yolg‘izlikni xohlab qolgan, hatto
Chuvrindining xotiniday muloyim, mehribon ayolga toqat qila olmagan Zaynabni Xudo
jazoga loyiq bilib, bularga ro‘para qildimikin, vallohi a’lam?
Dam o‘tmay xonaga sochlarini silliq taragan, xipchinday yigit kirib keldi.
— Zaynabushka, tanish asalchigim, bu Gogik, sartaroshmas, klass! — dedi faxr bilan.
Gogikning yarim ta’zim bilan uzatilgan qo‘li muallaq qoldi, Zaynab unga bosh irg‘ab
qo‘ya qoldi. Gogikning dasturxon atrofida bemalol o‘tirishidan ma’lum bo‘ldiki, u oddiy
sartarosh emas, balki bu uyning erka mehmonlaridan. Agar tuhmat va g‘iybat gunohi
kabiralar sirasiga kirmaganida, biz bu gunohdan qo‘rqmaganimizda «Gogik shu qadar
erka mehmonki, quvvati yetsa ona-bolani oldinma-keyin ko‘nglini ovlab ham ketardi»,
demog‘imiz ham mumkin edi. Yana kim biladi, valadi zinoning oilasida, haromdan
qaytmas odamning xonadonida bundan battar holat ham bo‘lmog‘i mumkin emasmi?
Ikki kishining valaqlashiga arang chidab o‘tirgan Zaynab uchinchisi qo‘shilgach, toqat
qila olmadi.
— Mazam yo‘q, dori ichib birpas yotadigan vaqtim bo‘ldi, — deb bahona qildi.
— Yur, mening kabinetimga, — dedi Monika xonim.
Dori masalasida Zaynab aldamagan edi. Monika xonimning xonasiga kirib narsalarini
qarasaki, shoshilinchda dorini unutib qoldiribdi.
— Qo‘yaver, nichego strashnogo, — dedi mezbon. — Bir kun ichmasang ichmabsan.
Charchagansan. Senga vidik qo‘yib beraman, ko‘rsang nervlaring uspokoit bo‘ladi. Zo‘r
seks bor, ko‘ramizmi?
— Yo‘q, yo‘q, — dedi Zaynab uni to‘xtatish uchun qo‘lidan ushlab. — Hecham
ko‘rmayman.
— Juda ham otstaliysan-da, asalchik. Obijatsya qilmaginu sen xuddi o‘n to‘qqizinchi
vekning odamiga o‘xshaysan. Ko‘zingni ochib qara: hozir yigirmanchi vek. Hamma
ko‘radi bunaqani. Bu idiotizm emas, bu— iskusstvo. Men buni bolalarimga ham
ko‘rsataman...
— Qo‘ying, kerakmas, men ko‘rmayman.
— Vot, durochka, kak xochesh. Bo‘lmasa yotib, damingni ol. Postelim yangi, har kuni
yangisi solinadi.
U shunday deb chiqib ketdi.
Zaynab turgan yerida turib qoldi. Uning choyshabi almashtirilgan o‘rniga qarab qo‘ydi-
yu, o‘tirishga ham irgandi. Haydar amakisiga ergashib kelavergani uchun o‘zidan o‘zi
ranjidi. «Nima bo‘lsa ham uyimda qolaverishim kerak edi», deb o‘ziga o‘zi tanbeh berdi.
Bu xonadondan chiqib ketishga bahona izlay bosh- ladi.
Chindan ham ayb o‘zida. Qo‘rquv aqli-hushini olib qo‘yib, amakisi «yur» desa yetaklagan
yuvosh qo‘yday kelaverdi. Bu ona-bolaning bema’ni, beta’sirligini bilmasmidi?
Bilardi. Sartarosh Gogikdan boshqa hamma narsa, barcha qiliqlar unga ma’lum edi.
Shunday ekan, birovdan o‘pkalanishga hojat yo‘q...
U xonada bo‘zchining mokisiday u yoqdan bu yoqqa yuraverdi. «Haydar amakim kelsalar
dorini bahona qilib ketaman», deb fikr qildi.
Kesakpolvon shomga yaqin keldi. Kechki ovqatni yeb bo‘lishgach, u almoyi-aljoyi
gaplarini boshlagan xotini bilan qiziga «Boshqa xonada o‘tirlaring», deb chiqarib yubordi.
U boya Zaynabni uyiga qo‘yib chiqqanidan so‘ng tayin bir ish bilan mashg‘ul bo‘lmadi.
Balki, Zaynab bilan qay tarzda suhbat qurish rejalarini o‘yladi. Kesakpolvon «Agar shu
Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik
Do'stlaringiz bilan baham: |