Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc



Download 0,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet183/231
Sana25.02.2022
Hajmi0,83 Mb.
#463339
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   231
Bog'liq
Shaytanat 3- kitob

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
183
ovqatni yeb, sho‘ltillab ketaveradi. Agar birorta sehrgar urg‘ochisiga yetisholmay yurgan 
itga «Seni odamga aylantiraman, ammo shu kuyovday bo‘lasan», desa o‘sha it 
ko‘nmasa kerak. 
Endi nima uchun Zaynabning Monikaga hushi yo‘qligi ayon bo‘lgandir. Ochig‘ini 
aytganda, Monika xonim ham Zaynabni uncha xushlamaydi. «Madaniyatsiz, 
qishloqisifat», deb burnini jiyirib qo‘yadi. Ammo bu qishloqsifat kimning qizi ekanini 
eslaganida jilmayib muomala qilishga majbur bo‘ladi. 
Sochlariga jingalak qiluvchi taqinchoqlar osib olgan, sport kiyimidagi Monika xonim 
Zaynabga ko‘zi tushishi bilan «topgan vaqtini qara», deb bir burnini jiyirdi-yu, lekin sir 
boy bermay YuZ yillik qadrdonini MING yil ko‘rmay, sog‘ina-sog‘ina ado bo‘layozgan 
odamday quvonib, quloch yoyib qarshiladi. 
— Voy Zaynabushka, jonim, asalim, — deb o‘pib ko‘rishdi. — Kelganing yaxshi bo‘ldi, 
sartaroshni chaqirtiruvdim, senga ham prichyoska qilib qo‘yadi. Bunaqa klass sartarosh 
shaharda bitta. 
— Rahmat, sochim o‘zi yaxshi, — dedi Zaynab, yuzini undan burib. 
— T
ы
chto, hozir bunaqasi modniy emas. 
— Oldin uyga olib kir, dasturxon yoz, keyin sochdan gaplashasan, — dedi Kesakpolvon, 
qiziga tanbeh berib. 
Kesakpolvonning xotini ham o‘ziga yarasha, o‘xshatmasdan uchratmas, degan toifadan 
edi. Bo‘yi erinikidan ikki enlikkina baland bu ayol o‘zini dunyodagi hamma odamlardan 
ustunroq deb fahmlardi. Hatto opasi bilan ko‘rishayotganda ham «Sen ham 
odammisan?» deganday bepisand qarab qo‘yish odati bor edi. Zaynab bilan 
ko‘rishayotganda ham bu odatini kanda qilmadi. Manzura o‘zini kamtar olib yurgani, 
sodda bo‘lgani sababli bu xotin Asadbekka yaqin odamlarning xotinlariga norasmiy 
qaynona ham edi. Barcha xotinlar unga qarab, titrab turishadi. Qarilikni bo‘yniga 
olmayotgan bu xotin ham qiziga qo‘shilib barobar pardoz qilardi. Kesakpolvon xotini 
bilan yotmay qo‘yganiga necha yil bo‘lgan, eslolmaydi. Xotin tushmagur esa pardozini 
qo‘ymaydi. Er ham «Sen kimning ko‘ziga chiroyli, yosh ko‘rinmoqchisan?» deb 
so‘ramaydi. Bu xonadondagi xizmatchi ayol ertadan kechgacha ona-bolaning 
aytganlarini bajaraman, deb holdan toyib ketadi. Kesakpolvon o‘ynash almashtirgani 
kabi bular xizmatchi almashtirishdan charchashmaydi. To‘g‘rirog‘i, bularga xizmatchi 
chidamaydi. Agar birorta olim bularga temirdan xizmatchi yasab bersa, bu ham yarim 
kunda erib tamom bo‘lsa kerak. 
Salomlashish marosimidan so‘ng tashrifdan «bag‘oyat mamnun» ekanliklarini bayon 
etishgach, dasturxon tuzog‘liq kichik mehmonxonaga boshladilar. 
Zaynab bu xonadonga kam kelgan, ammo har kelganida uyning hashamlariga, 
bezaklariga mahliyo bo‘lib boqib, «Nega adam shunaqalarga e’tibor bermaydilar», deb 
otasidan g‘oyibona o‘pkalanardi. Bu safar unday bo‘lmadi — hashamlarga ham, to‘kin 
dasturxonga ham aytarli ahamiyat bermadi. 
Kesakpolvon xotinini chaqirib, Zaynabning bir-ikki kun shu yerda turajagini tayinlab 
ketgach, dasturxon atrofidagi suhbat asosan kiyimlar olamidagi yangiliklar xususida 
bo‘ldi. Gap orasida Monika xonim faqat o‘ziga xos fazilatni ham aytib o‘tishni unutmadi. 
— Men lyuboy kiyimni bir marta kir bo‘lgunicha kiyaman. Yuvib, dazmol qilingan 
kiyimning zapaxini terpet ne mogu. Eski kiyimlarimni internatga berayotuvdim. Tak kak 
savob ham kerak-ku, da, jonim, — deb Zaynabga murojaat qildi. Zaynab ensasi qotsa 
ham bosh irg‘ab, «ha» ishorasini qildi. — Yangi direktorsha kelib, qabul qildirmabdi. 
Slishkom modniy emish. Bolalarga mumkin emasmish. Dopustim, o‘zing 
derevenshinasan, vkusing — nol! Qo‘yib ber boshqalarga. Endi bermayman, plevat 
qilaman men unaqa parazitga. 


Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik 

Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish