4
Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik
www.ziyouz.com
kutubxonasi
169
Jalil tilla tangaga ketgach, Abdurahmon tabib muolaja boshladi. Avval eski qonni
eslatuvchi qo‘lansa dorini ichirdi. So‘ng bir kosa qaynatma sho‘rva keltirdi. Sho‘rvani
ichib bo‘lgach, Asadbekni po‘stinga o‘rab qo‘ydi. Asadbek shu darajada terladiki, umri
bo‘yi bunaqa holga tushganini eslolmaydi. U yettita ilonni yeb semirgan ilon sho‘rvasini
ichganini bilmadi. Sho‘rvaga ilon solinganini bilsa, balki icholmas yoki qayt qilib
tashlagan bo‘lardi. Muhiddin ota bilan ochilib gaplashayotgan, Asadbekka qaragani
hamon tundlashadigan tabib «ich», dedi, tamom — bajardi.
Tongda yengillashib turdi. Xuddi darddan butkul forig‘ bo‘lganday tuyuldi. Namozdan
keyin esa ruhi ham tetiklashdi.
Abdurahmon tabib kampirni kuzatib kirgach, o‘rnidan turib salom berdi.
— Ko‘rinishingiz, Xudoga shukr, durust, — dedi Abdurahmon tabib, salomga alik olib.
— Tuzalib qolganga o‘xshayman.
— Olloh shifo bersin. Ammo tuzalishingizga fursat bor. Bu xastalik xiyla o‘jar.
— O‘g‘lingizning to‘yigacha tuzalib ketasiz, inshoolloh, — deb gapga qo‘shildi Muhiddin
ota. So‘ng qo‘shib qo‘ydi. — Odamzotning farzandi to‘yini ko‘rish umidida yashamog‘i
go‘zal hol-da!
Uning keyingi gapi ohangida farzandsiz o‘tayotganidan bir afsus, bir armon bor edi.
Tabib buni sezib gapni burdi:
— Hozirgi kampirni aytasizmi?
— U chindan ham ikki yil yashaydimi? O‘g‘lining to‘yini ko‘radimi? — deb qiziqdi
Asadbek.
Abdurahmon tabib jilmaydi. Uning bu jilmayishida xursandlik yoki quvlik emas, iztirob
bor edi.
— Buni Ollohgina biladi. Xasta hali tirik ekan, tuzalishiga Ollohdan umid bor. Ba’zan
birovning ko‘nglini ko‘taraman, deb gunohga botaman. Shunda hazrat Navoiyni
yodlayman:
Ey g‘ofilu g‘aflatqa vujuding mag‘lub,
Majmui yomonlig‘ nazaringda marg‘ub.
Bording dag‘i kelmading bu erdi matlub,
Yolg‘onlaring ichra yo‘q edi mundin xo‘b...
Odam bu dunyoga o‘lish uchun keladi. Xarobaga aylantirish uchun quradi. Shu haqiqatni
tushuntirishim qiyin.
Nonushtadan oldin Asadbekka yana kechagi qo‘lansa doridan berdi. Nonushtadan so‘ng
esa yumushlari borligini aytib, uzr so‘radi. Shu ketganicha peshinda bir ko‘rindi.
Mehmonlarni chog‘roq, oynavand xonaga taklif qildi. Bu xonada tancha hozirlab
qo‘yilgan edi.
Asadbek tanchaga o‘tirib, bolaligini esladi.
Tancha sovub qolgan kunni ham yodiga oldi.
Otasini olib ketgan kunlari.
So‘ng tancha chetidagi Samandarning murdasi...
«Tashqariga chiqmay turing», degani uchun shu uyda o‘tirdilar. Ertalab Asadbekning
namozga turganidan quvongan Muhiddin ota unga ibodat qoidalarini o‘rgata boshladi.
Qo‘l bog‘lab turishni o‘rgatayotganda tabib kirib, uning harakatlarini kuzatdi. So‘ng
tanchaga omonat o‘tirib, Asadbekka qaradi.
— Xudoga shukrki, dilingiz qulfini ocha boshlabdi,— dedi u mamnunlik bilan. — Agar
kecha bu birodarimning uzrlari aytilmaganda sizni boqmas edim. Men sizning ko‘zingizda
Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik
Do'stlaringiz bilan baham: |