Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc



Download 0,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet168/231
Sana25.02.2022
Hajmi0,83 Mb.
#463339
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   231
Bog'liq
Shaytanat 3- kitob

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
168
Oqsoqolning qo‘rg‘onida qurshovda qoldilar. Islom lashkarlari keksalarni asrab qolish 
maqsadida «ularni ozod qilinglaru ketinglar» deb shart qo‘ydilar. Qizillar «kechasi 
ketamiz» deyishdi. Ketishgandan so‘ng qarashsaki, boylik qaerdaligini aytmagan 
qariyalarning boshlarini jodida bir-bir uzishibdi...
...O‘shanda qariyalar Xudoga nola qilib zolimlarga insof tilashgandir... 
Dev akaning onasi ham tilagandir. 
Tillani deb qancha jonlar qurbon bo‘ldi. 
Hamma mamlakatlarda, hamma zamonlarda bunga o‘xshash voqealar yuz bergan. 
Aslida oltinning rangi sariq emas, to‘kilgan qonlarga mos — qizil bo‘lishi kerak. 
Abdurahmon tabib har subhi sodiqda Ollohdan bandalariga imon tilaydi, hidoyat tilaydi, 
dil qulflarini ochmoqlikni so‘raydi... 
Tashqarida ayol kishining ovozi kelib Abdurahmon tabibning xayoli bo‘lindi. Munojotini 
nihoyasiga yetkazib, yuziga fotiha tortdi-da, tashqariga chiqdi. Egniga qora duxoba 
kamzul kiygan kampirga qarab: 
— Yana keldingizmi, singlim? — dedi norozi ohangda. 
— Bergan doringizni ichib bo‘ldim, —dedi kampir aybdor odam ovozida. 
— Ichib bo‘libsiz, yaxshi. Endi dam oling. 
— Tabib og‘ajon, siz hamma narsani bilasiz, ayting, bir oy ichida o‘lib qolmaymanmi? 
— Buni Xudo biladi. 
— Siz ham bilasiz. Ayting bir oy... 
— Bir oyda nima qilmoqchisiz? 
— Men hech narsa qilmayman. Menga qolsa, vaqtim bitgan bo‘lsa, hozir ham 
tayyorman. Lekin... o‘g‘lim to‘y qilmoqchi. Men o‘lib qolsam, to‘yga ataganini azaga 
ishlatib, sovuradi. Nima bo‘lsa ham to‘ydan keyin o‘lay. 
— «Kulli nafsin zoyiqatul-mavta»*, — dedi tabib. Oyati karimaning ma’nosini 
tushunmagan kampir «Tabib duo qildi», deb unga minnatdorchilik bildirdi. 
Abdurahmon tabib xos xonasiga kirib qog‘ozga bir siqim quritilgan ko‘kat solib chiqdi-da 
kampirga uzatib: 
— Qaynatib iching. Xudo xohlasa o‘g‘lingizning hamma to‘ylarini ko‘rasiz, —dedi. 
— O‘rigimizga ola hakka qo‘nib qaqillayapti-da, — dedi kampir xavotiri boisini bayon 
qilib. 
— Bid’atlarga ishonmang, odamlar aytaveradi. 
— Ota-onam ham tushimga kiryaptilar. 
— Bid’atga ishonmang, dedim-ku! — dedi tabib jahl bilan. — Boring, yana ikki yil 
yashaysiz. 
Kampir «Hazillashyapsizmi?» deganday qarab turdi. Tabibning qarashi jiddiyligini ko‘rib, 
uni duo qila-qila ketdi. 
— Odamlar qiziq-da, — deb o‘yladi Abdurahmon tabib, uning izidan qarab. — Ikki 
kundan keyin o‘lasan, desam ishonmaydi, qarg‘ab-qarg‘ab ketadi. Ikki yil yashaysan 
desam ishonadi, duo qiladi. Janob Rasululloh «O‘ng tomonimga salom berib chap 
tomonimga salom berishga ulguramanmi-yo‘qmi, bilmayman», deganlar. Payg‘ambar 
bilmagan narsani tabib qanday bilsin... 
_________________ 
* M a z m u n i b u d i r: Har bir tirik jon o‘lim mazasini totib ko‘ruvchidir.

Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish