Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc



Download 0,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet180/231
Sana25.02.2022
Hajmi0,83 Mb.
#463339
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   231
Bog'liq
Shaytanat 3- kitob

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
180
boloxonaga telefon qildi. Adasi yo‘qligini biladi, Asadbek tabibnikiga ketayotib, qizini 
yo‘qlagan. Bir necha daqiqalik yo‘qlovda ko‘p gap aytolmadi: safarga ketayotgani, 
qaytgach Zaynabni Olmoniyaga to‘yga yuborajagini aytib, «Yolg‘iz ko‘chaga chiqma», 
deb tayinladi. Hozir raqamlarni terar ekan, «Adam bir nimadan xavotirlangan ekanlar-
da», deb fikr qildi. «Balki qaytgandirlar», degan niyatda otasini so‘radi. «Bek akam 
safardalar», degan javobni eshitgach, Mahmud akasini so‘radi-da, ayni javobni oldi. 
Shundan so‘ng «Tezda Haydar akamni topib aytinglar: uyimiz atrofida g‘alati odamlar 
yurishibdi», dedi. Telefondagi yigit «g‘alati odamlar»ga tegishli ayrim savollarni so‘rab 
bilgach, «Eshikni hech kimga ochmang», deb tayinladi. 
Yarim soatlardan so‘ng eshik qo‘ng‘irog‘i ketma-ket jiringladi. Chaqiruvchi bunga qanoat 
qilmay, darvozani taqillatdi. Zaynabning esxonasi chiqib, o‘rnidan qimirlay olmay qoldi. 
Ajab hol: yaqindagina o‘limdan qo‘rqmagan, o‘ziga o‘zi sirtmoq yasagan juvon notanish 
kimsalarning tashrifidan qo‘rqib o‘tirsa... 
U uydan chiqib, hovli o‘rtasiga yetganda qo‘rqib, yana to‘xtadi. Shunda tanish ovozni 
eshitdi: 
— Zaynab qizim, menman, och. 
«Haydar akam!» 
Tez-tez yurib, eshikni ochdi. 
— Sen uyingga kirib tur, qizim, — dedi Kesakpolvon ostona hatlab. 
Uning vajohatini ko‘rib, Zaynab cho‘chidi, salom berishni ham unutdi. Kesakpolvon ham 
«Menga salom bermadi-ya?» deb o‘ylamadi. Hozir uning xayoli boshqa muhimroq 
masala bilan band edi. Shu sababli buyrug‘ini takrorladi. 
— Sen uyingga kirib tur. Bizning hammomda qiladigan ishimiz bor.
Zaynab xo‘p, deb iziga qaytdi. Zinadan uyiga ko‘tarilar mahalida beixtiyor orqasiga 
qarab, og‘zi-burni qon, qo‘llari orqasiga qayrilgan yigitlarni ko‘rib yuragi uvishdi. Uyga 
kirib «Shular yuzini yuvsa kerak», deb o‘yladi. U bir necha kun muqaddam «Yalta» 
muzokarasi bo‘lgani, bu muzokarada Hosilboyvachchaning ayrim yigitlari qatnasha 
olmaganidan bexabar edi. Krasnoyarga Kozlov izidan ketgan bu yigitlarni Chuvrindi kutib 
olishi zarur edi. U Moskvaga ketib, bu vazifa unutildi. Oqibatda bu yigitlar Xongireyning 
vakili ixtiyoriga o‘tib, uning topshirig‘i bilan poyloqchilik qilishayotgandi. Bundan ikki 
maqsad ko‘zlangan edi: biri — Kozlov shu yerga ham kelishi mumkinligi bo‘lsa (buni 
haqiqatdan yiroqligini o‘zlari ham bilishadi), ikkinchisi — asosiysi — Zaynabni poylash, 
buyruq berilsa, garovga olish. Bu maqsadning amalga oshuvi ko‘p jihatdan Moskvadagi 
muzokaralarga, Xongireyning qaroriga bog‘liq edi. Zaynab garovga olindi, degan gap— 
urush boshlanishidan darak. Urush esa ko‘p qurbonlar berilsa-da, mag‘lubiyat bilan 
tugashi aniq. Zaynabning baxtiga, ha-ha, baxtiga Xongirey urushni ixtiyor etmadi. 
Kesakpolvon Hosilboyvachchaning yigitlarini hammomga yuvintirish uchun emas, tergov 
qilish uchun olib kirgan edi. Yuvinishdan avval yana bir-ikki musht, tepki yeyishlari shart 
bo‘lgan yigitlar nasibalarini oldilar. Lekin ko‘p gap aytib berolmadilar. Bilganlari Kozlovni 
izlash, bu yerda poyloqchilik qilish. 
— Kozlovni topdilaringmi? — deb so‘radi Kesakpolvon. 
— Topolmadik. Izini bir o‘rmondagi kulbada yo‘qotdik. 
— Kozlovni kimlar bilan birga qidirdilaring? 
— Xongireyning yigitlari bilan... Lekin aka, bir g‘alati yangilik bor, aytishga hayronman. 
— Ayt! 
— Jamshid akani ko‘rdik. 
— Jamshidni? Valdirama, u o‘lib ketgan. 
— Ko‘rdik, rost. 
— Gaplashdilaringmi? 


Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik 

Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish