Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc



Download 0,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet182/231
Sana25.02.2022
Hajmi0,83 Mb.
#463339
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   231
Bog'liq
Shaytanat 3- kitob

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
182
yetganligini shu paytgacha fahm etmagan edi. Nazarida «Chuvrindi ukaginasi» — u nima 
desa «xo‘p» deb turadigan mo‘min bola edi. Asadbekning tobora unga suyanishi, 
ayniqsa, keyingi voqealar uning ko‘zlarini ochdi, hushyor torttirdi. Ana o‘shanda u yana 
bir narsani o‘zi uchun kashf etdi: o‘ylab qarasa, Asadbekdan hukmronlik jilovini olishga 
tayyor emas ekan. Bu o‘rinda gap faqat uning ish yuritishi ustida ketayotgani yo‘q. Ish 
yuritishni bip-binoyi eplaydi. Eng muhim gap— yonida kimlarning bo‘lishida, ya’ni 
ishonchli, sadoqatli odamlarda! Endi «Chuvrindi ukaginasi»ni hisobga qo‘shmasa ham 
bo‘ladi. Asadbek uni merosxo‘r, o‘z mamlakatining valiahdi sifatida ko‘rishni istasa, 
«Chuvrindi ukagina»si bu istakning ta’midan bahramand bo‘lsa, tamom, u el bo‘lmaydi. 
Hokimiyatni Kesakpolvon qo‘lga olgach, «ukaginasi» — bay’at bergan taqdirda ham 
unga ishona olmaydi. Endi Jamshid ham gumon ostida. Avvalo Jamshid Xongirey 
xizmatida doimiy qoladimi yo vaqtincha yuribdimi? Kelgan taqdirda ham «Chuvrindi 
ukagina»si «Bek akamdan seni men qutqarib qoldim», deb ishontirgan bo‘lsa-chi? 
Jamshid unga ishonadi. Chunki u bu to‘daga Kesakpolvonning «Chuvrindi ukagina»si 
orqali kirgan... To‘g‘ri, Kesakpolvonning sodiq yigitlari bor, bu yoqda Xumkalla, yana 
Hosilboyvachchaning yigitlaridan Ramz... Bular bir ishni qoyillatib bajarishi mumkin
ammo uning yonida a’yon darajasida tura olishmaydi. 
Kesakpolvonning tashvishi mana shunda. Yursa ham, tursa ham shuni o‘ylaydi. 
Hosilboyvachchaning poyloqchi yigitlarini qo‘lga olishi u turgan tarozi pallasini bir qadar 
og‘irlashtirdi, o‘z ta’biri bilan aytganda, oshig‘ini olchi turg‘azdi. Bir tomondan Asadbek 
oldida tili uzun bo‘ldi: axir qizini saqlab qoldi-ya! 
Eng muhimi... 
Eng muhimi, o‘ziga maslakdosh, a’yon topganday bo‘ldi. 
U o‘zining kelajagini o‘ylaganida Zaynabni hisobga qo‘shmagan edi. Chunki Zaynab 
uning uchun hali ham do‘ng peshona qizaloq edi. Keyin o‘ylab qarasa, otasi o‘rniga 
Zaynab ham da’vogar bo‘lishi mumkin. Bu— Kesakpolvon uchun muddaoning o‘zi. Xuddi 
shoh o‘lganda voyaga yetmagan valiahd yonida turgan vazir kabi mamlakatni 
boshqaraveradi. «Chuvrindi ukagina»si qulog‘ini ushlab qolaveradi. 
Kesakpolvon Zaynabning bir yil ichida ko‘rgan-kechirganlarini batafsil bilmasa-da, ko‘p 
narsalardan xabardor, ba’zilarini sezadi, ayrim narsalarni taxmin qiladi. G‘ilay Shomil 
dastlabki uchrashuvda aytishni istamagan bo‘lsa-da, Moskvaga jo‘nashidan avval uch-
to‘rt daqiqa yolg‘iz qolishganida Hosilboyvachchaning o‘limiga sababchi voqeaning bir 
ulushini aytib, boyvachcha o‘ldirilgan kecha maishat qilishgan uy bekasini himoyalashini 
so‘radi. «Mardona menga kak xotin. Undan bitta bolam bor. Asadbek uni o‘ldiradi. 
Menga bir narsa bo‘lsa, uni asrang», deb iltimos qildi. 
Zaynabdan foydalanish fikri Kesakpolvonda o‘shanda tug‘ildi. 
U hali Zaynabning ahdini, nafrati mavjudligini bilmas edi. 
Avval nafrat uyg‘otmoqchi bo‘ldi. Nafratni uyg‘otish uchun esa... otasining ahvolidan 
ogoh etmoqchi, so‘ng esa otasining ishlariga aralashmoqqa da’vat etmoqni fikr qildi. 
Uyga kelgach, kuzatdi: Zaynab uning qizi bilan ochiq-sochiq gaplashmadi. Asli ismi 
Mohiniso bo‘lsa-da, o‘ziga o‘zi Monika deb nom qo‘yib olgan bu qizning yoshi Zaynabdan 
kattaroq, bo‘ydan ham, aqldan ham otasiga tortgan edi. Ikkita bola ko‘rganiga qaramay 
o‘zini o‘n olti yoshli qizaloq his etardi. Kiyinib yurishlari shundan dalolat edi. 
Kesakpolvonni, uning qizini bilgan odamlar «Haydar aka qizini kuyovga uzatmadi
aksincha bir lapashangga uylantirdi», deyishardi. Mish-mishlarga qaraganda, ikki 
bolaning otasi aynan shu kuyov to‘ra ekani ham gumonli hol edi. 
Kesakpolvon Zaynabga «O‘rtog‘ing ham uyda» deganida «kecha» yoki «bugun keldi» 
demadi. Chunki qizi uzzukun shu o‘z uyida edi. Kechki payt eri kelib olib ketardi. Uyga 
borgisi kelmaganida esa u «mazam yo‘q», deb qolaverardi. Er bechora sho‘ltillab kelib, 


Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik 

Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish