www.ziyouz.com
kutubxonasi
179
Atir idishining qopqog‘i ochilib qolsa, hidi uchib ketadi, qadri yo‘qoladi. Ayolning nomusi
ham shunday...
Biron bir ayol xiyonat ko‘chasiga kirsa, eridan (Xudodan emas!) qo‘rqadi. Oilasi
buzilishidan cho‘chiydi. O‘ynashining bag‘ridan chiqib, bolachasini bog‘chadan olib, eriga
shirin taom tayyorlab o‘tiradi. Zaynab u toifadan emas. Eridan ham, oilasi buzilishidan
ham qo‘rqmaydi. Unda qo‘rquv yo‘q, nafrat bor. Nafrat o‘qi birovga emas, o‘ziga
qaratilgan.
Ajab hol: suygani bilan xayolan quchoqlashsa, jingalak sochlarini suyib silasa... ham
o‘zidan o‘zi uyalardi, ba’zan ojizona bo‘lsa-da nafratlanar edi. Keyin xayolidagi holati
o‘ngida sodir bo‘ldi... O‘sha suygilisi bilan emas, butunlay begona bilan...
Aytadilar-ki, fohishalar hayotida uch marta uyalar ekan: dastlab shu yo‘lga kirganda,
ikkinchi marta pul olishida, uchinchi marta esa qarigan chog‘ida yosh xushtoriga pul
berganida...
Zaynab uchun uyatga o‘rin yo‘q, unda nafrat bor. Uning yo‘li fohishalar yoki eriga
xiyonatkorlar yo‘li emas. Uning yo‘li — nafrat yo‘li. Unda mehr chechaklari o‘smas. U
o‘tib kelgan muhabbat so‘qmog‘ini esa sassiq alaflar bosib ko‘zdan yo‘qotdi.
Yosh juvon muhabbatdan uzoqlashsa — yomon...
Jamiki erkak zotiga nafrat bilan qarasa — yomon...
Dunyodan yolg‘iz o‘tishni maqsad qilib qo‘ysa — yomon...
Zaynab yolg‘iz azob chekardi. Yonida tirik jon bo‘lishini istamasdi. U hatto Chuvrindining
xotinini ham sig‘dirolmay qoldi. Uning mehribonliklari ham yoqmadi. U ketgach, bir oz
yengillashganday bo‘ldi, ammo bir necha soatdan so‘ng yolg‘izlik zulmati uni battar eza
boshladi.
Xayolim chalg‘irmikin, degan maqsadda televizor qo‘ydi. Televizorda qo‘shiq aytayotgan
qizning tasviri ko‘rindi. Qizning ko‘zlari ma’yus boqardi, ashulasi ham hazin edi:
Xazon bo‘lgan bog‘da gul so‘larmikin...
So‘lgan gulga bulbul kep qo‘narmikin...
Qo‘shiqdagi nola Zaynab yuragining faryodiga hamohang edi. Shu bois uni oxirigacha
eshita olmadi. Televizor kanalini o‘chirib, videokasseta qo‘ydi. Hind kinosini tomosha qila
boshladi. Avval yaxshi ko‘rib tomosha qiladigani endi g‘ashini keltira boshladi.
Aktyorlarning qilig‘idan jahli chiqdi. Yigit ko‘z yoshlari to‘kayotgan qiz qarshisida ont
ichayotganda g‘azabga minib, qo‘lidagi yoqib-o‘chirgich qutichani otdida, hovliga chiqib
ketdi.
Hovlida dovdir odam kabi nima qilishini bilmay gangib turdi. Sovuq shamol esib o‘rik
shoxlarini tark etgisi kelmayotgan barglarni bandidan uzib, to‘zitdi. Kecha Chuvrindining
xotini supurib-sidirib ketgan bo‘lsa-da, hovli necha haftadan beri supurgi ko‘rmaganday
holatda edi. Zaynab o‘zini ovutish maqsadida supurgini qo‘lga oldi. «Ko‘cha ham bir balo
bo‘lib yotgandir», deb avval ko‘chadan boshlamoqni niyat qilib, darvoza eshigini ochdi.
Zaynab supura turib, uch-to‘rt xonadon naridagi simyog‘ochga suyanganicha sigaret
tutayotgan yigitga ko‘zi tushdi. Uning o‘zi tomon qarab-qarab qo‘yayotganidan
shubhalandi. Ko‘chani chala-yarim supurib ichkari kirdi-da, eshikni qulfladi. Keyin
«qo‘shnilarnikiga kelgan odamdir», deb o‘ylab o‘zini ovutdi. Hovlini supurgan bo‘ldi. O‘zi
topgan bahona o‘zini ovuta olmadi. To‘plangan axlatni chelakka soldi-da, eshikni ochib,
ko‘chaga chiqdi. Chiqdi-yu, o‘g‘rincha qaradi: yigit turibdi. Sal narida mashina ham
paydo bo‘lgan. Zaynab qo‘lida olib chiqqanini qator turgan axlat to‘la chelaklar yoniga
qo‘ydi-da, tez iziga qaytdi. Eshikni qulfladi. Yuragi qo‘rquvdan dukillab ura boshladi.
Eshik yaxshi qulflandimi, deb tortib ko‘rdi. So‘ng shoshganicha uyga qaytdi-da,
Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik
Do'stlaringiz bilan baham: |