Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc


Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik  www.ziyouz.com



Download 0,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet176/231
Sana25.02.2022
Hajmi0,83 Mb.
#463339
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   231
Bog'liq
Shaytanat 3- kitob

3


Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
176
Zohid Botirovni yana so‘roqqa chaqirishdan oldin Ne’matilloh allomaning yurtiga borib 
kelishni lozim topdi. Avval Botirov tasvirlab bergan yo‘l bo‘yicha qabristonni topdi. 
Botirov yo‘lni shu darajada aniq tasvirlagan ediki, Zohid shaharda ilk bor bo‘lishiga 
qaramay birovdan «Qabriston qaerda?» deb so‘ramasdanoq topdi. Keyin keng yo‘l, so‘ng 
o‘ngga burilgan tor yo‘l. Nihoyat... taxtasi olib tashlangan o‘rindiq. 
«O‘tirib Qur’on o‘qishmasin, deb sug‘irib tashlashgan...» 
Botirovning gapini eslab g‘ashlandi. Masjid, mozorlarga hujum boshlangan paytni yaxshi 
biladi. 
Paytavafahm rahbarlardan chiqqan «aql»ni maydaroq rahbarlar bayroq qildilar. 
Kommunist farzandlar ota-onalarining janozalaridan qochdilar. Umri ibodat bilan o‘tgan 
ota-onalar qizil qutiga solib ko‘mildilar. «Olloh» deydigan tillar qirqilish darajasiga yetdi. 
Qariyalar «Voy tavba, Stalin ham bunday qilmagan edi», deb ajablandilar. Zohid eslaydi: 
bir kuni ustozi Habib Sattorov ham zorlanib qoldi. «Qanaqa zamon o‘zi bu, otamning 
qabriga borib gul qo‘ya olmasam? Arafa kuni kechqurun borsam ham poylab yurishibdi». 
Shunda Zohid bir oz achchiqlanib: «Siz nimadan qo‘rqasiz? Kommunist bo‘lmasangiz, 
boshliq bo‘lmasangiz», degan edi. 
O‘sha yaqin o‘tmishdan taxtalari sug‘urib olingan o‘rindiqning temir oyoqlari yodgorlik 
bo‘lib turibdi. «Ajoyib yodgorlik, — deb o‘yladi Zohid. — Faqat bitta lavha yozib qo‘yish 
kerak: «Bu o‘rindiq falonchi raykomning ahmoqligi tufayli buzib tashlangan...» 
Zohid qabr toshlaridagi yozuvlardan «Ne’matulloh» nomini izladi. Atrofda somonsuvoq 
qilingan qabrlar ham ko‘p edi. Botirovning gapi bo‘yicha shularning birida Ne’matulloh 
alloma yotibdi. Zohid go‘rkovni topib o‘zini tanishtirdi-da, daftarini olib chiqishini iltimos 
qildi. So‘ng o‘sha temir oyoq — yodgorlik yoniga qaytib bu qabrlarda kim yotganini 
surishtirdi. Go‘rkov bir daftardagi, bir qabr tepasidagi raqamlarga qarab ayta boshladi. 
To‘rtinchi qabrni esa daftarga qaramayoq aytdi: 
— Bunda rahmatli Ne’matulloh alloma madfunlar. 
— Aniq bilasizmi? 
— Shunday odamni bilmay bo‘ladimi? 
— Qabrni siz qaziganmisiz? 
— Ha, men. 
— O‘sha kun esingizdami? Quyosh charaqlab turganmidi yo shamolmidi? 
— Qishda edi... Avval rosa yomg‘ir yog‘di. Yerning atalasi chiqib ketdi. Lekin Xudoning 
qudratini qarangki, go‘r qaziyotganimizda devor uvalanmadi. Devori xuddi suvoq 
qilinganday silliq chiqdi. Lahad kavlayotganimda tepadan bitta kesakcha ham tushmadi. 
Bunaqasini men hech uchratmaganman. Mayitni olib kelishlaridan oldin maydalab qor 
yog‘di. «Taborak» o‘qilayotganda oftob charaqlab ketdi. Bu ham Xudoning qudrati. 
Go‘rkov Botirov aytgan gaplarni takrorlar edi. Bilmagan odam bular avvaldan kelishib 
olishgan deyishi ham mumkin edi. 
— Allomaning Shokir Botirov degan shogirdi bormidi? 
— Rahmatlining shogirdlari ko‘p edi. Men ularni tanimayman. O‘zlarini ham lahadga 
qo‘ygach, kafanni ochganda ko‘rganman. Yuzlaridan nur chaqnaganday bo‘lib, hatto 
cho‘chib tushgan edim. 
— Mendan oldin ham birov shu gaplarni surishtirganmidi? 
— Yo‘q... Shunga hayron bo‘lib turibman-da. 
«Ishkalning gapi to‘g‘riga o‘xshaydi, — deb o‘yladi Zohid. — Maqsad har qanday yo‘l 
bilan bo‘lsa-da, qamash bo‘lgan...» 
Zohid go‘rkovning aytgan gaplarini yozdirib, imzo chekdirib oldi. Go‘rkov cho‘chinqiragan 
edi, Zohid «Bu ko‘rsatmangiz allomaning bir begunoh shogirdini qamoqdan chiqarishda 


Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik 

Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish