Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc



Download 0,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/231
Sana25.02.2022
Hajmi0,83 Mb.
#463339
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   231
Bog'liq
Shaytanat 3- kitob

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
137
O‘shanda... nodonlik qildi. 
Noila homiladorligini aytdi-yu, ma’yuslandi. 
— Nega xafasan? — deb so‘radi Elchin. 
— Agar... mastlik holatida bo‘lsa... bola nogiron tug‘ilarkan. O‘ylab qarasam, mast 
bo‘lmagan kuningiz yo‘q... 
— Unda oldirib tashla... 
Osongina hukm chiqardi. 
Noila osongina ko‘ndi. So‘ng... yana... 
O‘z farzandlariga o‘zlari o‘lim hukmini yozdilar. 
«Nogiron bo‘lib tug‘ilavermaydimi, hech bo‘lmasa labimga bir tomchi suv tomizishga 
yarardi-ku...» 
Elchin ingradi. Bu safar ruh azobidan ingradi. Bu azob o‘q teshgan, tig‘ tekkan 
badanining og‘rig‘idan ming karra kuchliroq edi. Bu azob uning hushini o‘g‘irladi. 
Endi u parvoz qilmadi. Oyoqlariga botmon-botmon tosh osilganday qiynalib yurdi. 
— Ha, qiynalib ketdingmi? 
Elchin Anvarning ovozini tanib, atrofiga alangladi. 
— Men senga nima deganman? Jinnixonaga kelganingda dunyo formulasini 
ko‘rsatganman. Esingdami? Haqiqat nimaga barobar edi? Esla: haqiqatning nimaga 
barobar ekanini topish uchun xiyonatni riyoga qo‘shamiz, hasad bilan ochko‘zlik qavs 
ichida qo‘shiladi. Adovat, g‘iybat, nifoq, shuhratparastlik, mansabparastlik esa ildiz 
ostida qo‘shiladi. Bularning hosilasidan vijdon, iymon, hayoning qo‘shilmasini ayirsak, 
barobar nol! Haqiqat — nol, deganimda sen meni jinniga chiqaruvding. 
— Bo‘lmagan gap! Seni hech qachon jinni deb hisoblamaganman. Sen o‘zingni jinnilikka 
solib yurarding. Dunyo formulasini yaratib, dunyoni osongina tashlab ketding. Sen 
dunyoga xiyonat qilding. 
— O‘zing sodiq qolaver dunyoyingga. 
— Men qasoskor odamman. Qasos olish uchun ham yashashim kerak. Endi sen uchun 
ham qasos olaman! 
— Men uchun?.. Nima qilmoqchisan? 
— Xolidiy sen osilgan joyga osiladi. 
Anvar kuldi, xoxolab kuldi. 
— Kulma, men ont ichganman. 
— Qachon? 
— Senga janoza o‘qilgan kuni. Hamxonang menga aytib bergan hammasini. 
— Hammasini? Nimaning hammasini? 
O‘sha kuni, Anvar lahadga qo‘yilib, qabriga tuproq tortilgach, barcha tarqalib, Elchin 
do‘stini yolg‘iz tashlab ketgisi kelmay o‘tirganida «Eng kichik ilmiy xodim» unga 
yaqinlashib, bilganlarini aytgan edi. Anvarning Xolidiy bilan to‘qnashuvlari, gazetadagi 
maqola, Hikmat O‘rolovning o‘limi, qabristondagi ma’ruza... hammasini aytdi. Ana 
o‘shanda Elchinning qalbida yovuz bir fikr uyg‘ondi. Xolidiy aynan o‘sha jinnixonaga, 
aynan o‘sha hojatxonaga osilishi kerak, deb hukm qildi. Faqat... hukm ijrosi kechikdi... 
Elchin Anvar ishlagan institutga borib, Xolidiyni ko‘rib ham keldi. Uning ko‘zlari olayib, 
tilini tishlagan holda hojatxonada osilib turishini istadi. Juda-juda istadi. Faqat... 
kechikdi. 
...Hushsiz yotgan Elchinning xayolidagi Anvar kulardi, to‘xtovsiz kulardi. 
— Kulaverma hadeb, — deb ranjidi Elchin. — O‘ldirishimga ishonmayapsanmi? 
— Ishonyapman. Lekin sen osganing bilan u o‘lmaydi. U ko‘p boshli ajdaho. Bitta boshini 
osganing bilan boshqalari omon qolaveradi. Bog‘bonlarning ishlarini kuzatganmisan? 
Bitta shoxning uchini kessa, o‘sha yerdan ikki-uchta surhcha chiqadi. Sen bitta Xolidiyni 


Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik 

Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish