Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc



Download 0,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/231
Sana25.02.2022
Hajmi0,83 Mb.
#463339
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   231
Bog'liq
Shaytanat 3- kitob

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
138
o‘ldirsang, yonidan ikki-uchta Xolidiy o‘sib chiqaveradi. Ularni osishga hojatxona 
yetmaydi. 
Shunday deb yana kuldi. Xoxolab kuldi. 
— Senda qasoc tuyg‘usi yo‘q edi, — dedi Elchin o‘ychan tarzda. 
— Senda bormi? Bekor gap! Sendagi tuyg‘u — puch bir narsa! 
— Bekor aytibsan! 
— Sening qasosing kimga kerak? Faqat o‘zingga. Ko‘ngil xumorini bosish uchun kerak. 
Sening qasosing — kashandaning chilim chekishidek bir gap. Xumor tutganda bir 
chekadi, tamom. 
— Sen... ket... boshqa kelma... Istamayman sen bilan gaplashishni. Noila bilan tillaring 
bir. 
— Noila nima deydi? 
— Zaynabga achinyapti. 
— To‘g‘ri qiladi. 
— Bu qasos emas edimi? 
— Qasos emas edi, to‘g‘ri. 
— Bunday dema! Bu— qasos! Men Asadbekni qiynab o‘ldiraman! Keyin hammaga 
aytaman: bunday ifloslar jazosiz qolmasligi kerak, deyman! 
— Qo‘lingdan kelmaydi. 
— Keladi! 
— Yo‘q... endi yoningda Zelixon yo‘q... 
— Usiz ham eplayman! 
Anvar kuldi, xaxolab kuldi... So‘ng... 
So‘ng ovozi uzoqlashib, oqibatda o‘chdi. Keyin qarg‘a qag‘illadi. «Ovozing o‘chsin», deb 
o‘yladi Elchin. Qamoqda ekanida, Rusiyaning sovuq o‘rmonlarida yurgan kezlarida 
«Qarg‘aning qag‘illashida xosiyat yo‘q», deb eshitib, shu aqidaga amal qilishga 
odatlangan edi. Shu bois «Kisht!» deb haydamoqchi bo‘ldi. Qarg‘a uning po‘pisasini 
nazarga ilmadi. Qag‘illayverdi. Shunda Elchin tush ko‘rmayotganini anglab, ko‘zlarini 
ochdi. Ovoz kelgan deraza tomonga qaradi. Boshi aylanib deraza, deraza orqali ko‘rinib 
turgan daraxt shoxlari ayqash-uyqash bo‘lib ketdi. Ko‘zlarini chirt yumib, chuqur nafas 
olgan edi, biqinidagi og‘riq zo‘raydi. 
Qarg‘a yana qag‘illadi. U ko‘zlarini ochib qaradi. Bu safar boshi aylanmadi. Tashqarida 
daraxt shoxiga qo‘nib, shu xonaga qaraganicha qag‘illayotgan qarg‘a qanotlarini 
patillatib qo‘ydi-yu, uchmadi. 
«Senga nima kerak?» deb pichirladi Elchin. 
Qarg‘a «gapingga tushunmadim», deganday boshini qiyshaytirdi, so‘ng shoxni cho‘qilab 
qo‘ydi. 
«Qanday ahmoq maxluqsan o‘zing?! — deb o‘yladi Elchin. — Senga nima bor bu yerda? 
Menga qanday xabar olib kelding? O‘lim xabarimi yo hayot umidimi?.. Yo‘q... Senga 
hayot umidini yetkazish vazifasi berilmagan. Sen bor joyda yaxshilik urug‘i quriydi. Sen 
kelsang birov quvonmaydi, ketsang — ranjimaydi. Sen... Xudo qarg‘agan qushsan... 
Qiziq... Qarg‘a — Xudo qarg‘agan qush... Qiziq... «Qarg‘ish» degan so‘z «Qarg‘a»dan 
olinganmi? Xudo qarg‘agan bandasiga qarg‘ani ro‘para qiladimi?..» 
Bu fikr Elchinning tovonidan bo‘g‘zigacha o‘tmas pichoqda tilib, tuz sepganday bo‘ldi. Bu 
og‘riqqa toqat qilolmay, qaddini ko‘tarib, «Kisht!» dedi. Qarg‘a uning ojiz sasini 
eshitganday, boshini burib qaradi. So‘ngra esa «Vazifamni bajarib bo‘ldim», deganday 
bir qag‘illadi-yu, uchib ketdi.

Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish