Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc


Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik  www.ziyouz.com



Download 0,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/231
Sana25.02.2022
Hajmi0,83 Mb.
#463339
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   231
Bog'liq
Shaytanat 3- kitob

2


Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
139
Professor Habib Sattorov Londondan qaytgach, Moskvada yana ikki-uch oy qolmoqchi 
edi. Uyiga qo‘ng‘iroq qilib, xotinidan «Tezroq kelsangiz yaxshi bo‘lardi» degan mujmal 
gapni eshitgach, fikri o‘zgardi. «Hoynahoy onam betobdirlar. «Eringni chaqirtir», deb 
siquvga olgandirlar», degan o‘yda yo‘lga hozirlandi. 
Uyiga kirib kelishi bilan so‘ragan birinchi savoli shu bo‘ldi: 
— Oyim tuzukmilar? Nega lanj gapirding? 
— Oyim... tuzuklar. Birpas damingizni oling. Sog‘indik-da... — dedi xotini jilmayib. Habib 
Sattorov sezgir odamlar toifasidan emas. Inson ruhiyatidagi, chehrasidagi o‘zgarishlarga 
yetarli ahamiyat bermas edi. Sezgirroq bo‘lganida xotinining jilmayishi ortida bir dard 
yashiringanini, tashvishli xabar aytishga tili aylanmay qiynalayotganini fahmlagan 
bo‘lardi. 
Qizlari o‘qishda, uyda er-xotin yolg‘iz edilar. Shu bois «sog‘inish» so‘zi Habibga o‘zgacha 
ohangda eshitilib, xotinining beliga qo‘l yubordi. 
— Voy o‘lay, kuppa-kunduz kuni-ya! — dedi xotini nozlanib. 
Bu nozlanishdan so‘ng u o‘zini erining bag‘rida ko‘rdi. 
Telefon jiringlamaganida sog‘inch degan tuyg‘u ularni noqulay ahvolga solib qo‘yishi 
mumkin edi. Chunki telefon qo‘ng‘irog‘idan ko‘p o‘tmay kichik qizi o‘qishdan qaytdi... 
Habib Sattorov choy ichib bo‘lgach, kiyimini almashtirdi. 
— Bi-ir ishxonaga o‘tib kelay, — dedi u xotinining savol nazariga javoban. 
— Hovliga-chi? Oyimlarni ko‘rgani bormaysizmi? 
— Boraman, boraman... Avval institutga o‘taman. Hovliga keyin. Fanlar akademiyasidan 
bir xalta qog‘oz berishgan. Direktorga topshirib qo‘yay, balki zarur hujjatlardir... 
Xotini labini tishladi, ammo gapini ayta olmadi. 
Habib Sattorov institutga kiraverishdagi dahlizga osilgan, atrofi qora hoshiya bilan 
o‘ralgan suratni ko‘rib, to‘xtadi. Shu dargohda uzoq yillar ishlagan, lekin ilmga zarracha 
foyda bermagan, keyingi yillarda «keksa olim» sifatida yoshlarga pand-nasihat qilib 
yuruvchi ilmiy xodimning olamdan o‘tgani haqidagi xabarni o‘qib, «Xudo rahmat qilsin», 
deb qo‘ydi. Habib Sattorov Londonga ketmasidan ilgari bu odam uning xonasiga kirib: 
«O‘ylab qarasam, shuncha ishlabman-u, bitta otning taqasini ham berishmabdi. Hatto 
bitta medalim ham yo‘q-a?! O‘lib qolsam, yostiqchaga nimani tikib olib chiqishadi. 
Bolalarimdan uyalaman. Xo‘jayinga siz ayting. Qirq yildan oshiqroq ishladim. Hech 
bo‘lmasa «Mehnat veterani» medalini olib bersin», degan edi. Habib Sattorov «Katta» 
bilan yaxshi munosabatda bo‘lmasa-da, uning iltimosini aytgan edi. «Medalni olishga 
ulgurdimikin? — deb o‘yladi Habib Sattorov. — Bechora olgan mukofotlarini yostiqchaga 
qadab, tobutining oldida ko‘tarib borishlarini orzu qilgan ekan-da? Bu mukofotlar u 
dunyoda ish berarmikin? Mukofotlari yo‘qlar nima qilarkin?..» 
Shu fikrlarda ketib borayotganida hamkasblari yo‘liqib, uni eson-omon qaytgani bilan 
qutlab, so‘ngra «Bandalik», deb qo‘yishdi. Habib Sattorov buni keksa ilmiy xodimga 
nisbatan aytiluvchi so‘z deb o‘ylab, «Ha, endi, umr degani shu-da» deb qo‘yaverdi. 
Bildirilgan hamdardlikka bu holda loqaydlik bilan javob berilishidan ajablandilar. Ammo 
hech biri «Ukasi o‘lgan odam ham shunaqa bo‘ladimi?!» demadi. 
Habib Sattorov qabulxonaga kirib, rahbar o‘tirgan xona eshigini ochmoqchi edi, kotiba 
to‘xtatdi: 
— Sohib Po‘latovich bandlar. 
— Majlismi? — dedi Habib Sattorov to‘xtab. 
— Bandlar, — dedi kotiba labini burib. 
— Meni taniyapsizmi? — deb ajablandi Habib Sattorov. U rahbar bilan yaxshi 
munosabatda bo‘lmasa-da, boshqalarga nisbatan bu xonaga bemalol kirib-chiqaverar 


Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik 

Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish