Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc



Download 0,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/231
Sana25.02.2022
Hajmi0,83 Mb.
#463339
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   231
Bog'liq
Shaytanat 3- kitob

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
147
Chuvrindi deputatning beg‘araz hazilidan kuldi. Aslida bu hazil emas, potos bog‘lagan 
pichinglardan biri edi. Doimo qovoq uyub yuruvchi deputatdan hazil gapning chiqishi 
shimolda lola undirish kabi edi. Uning hazilini yon-atrofidagilargina tushunishi mumkin 
edi. Chuvrindi uning qiliqlarini yaxshi bilgani uchun ham kulib qo‘ya qoldi. 
— Mahmudbek, ko‘rinmay ketdingiz? — dedi Orzubek jiddiylik bilan. 
— Yuribmiz, aka, tirikchilik. 
Orzubek undan «O‘zingiz ham ko‘rinmaysiz», degan lutf kutdi, bunday savolni 
eshitmagach, o‘zi muddaoga yaqinlashdi: 
— Men ham yo‘qlamay qo‘ydim, — dedi hamsuhbatiga sinovchan tikilib. — Bek akangiz 
«qorasini o‘chirsin», degan bo‘lsalar kerak, a? 
— Yo‘q, unday emas, bilasiz-ku... 
— Bilaman. O‘sha oxirgi uchrashuvda sizlar meni noto‘g‘ri tushundinglar. Meni 
amalparast deb o‘yladinglar. Mahmud, aqalli siz ham meni tushunmadingiz-a? Axir men 
mansabparast emas, millatparastman! Men millatim uchun jonimni tikkanman. Menda 
millatim uchun jondan boshqa hech narsa yo‘q. Molim ham, kuchim ham yo‘q. Kuch, 
boylik sizlarda bor. Men sizlarda ham millat tuyg‘usi, hurriyat tuyg‘usi uyg‘onsa edi, deb 
umid qiluvdim. Sizda shunday tuyg‘uning uchqunini ko‘rgandim. Afsus, adashibman. 
— Adashmagansiz. Millat uchun biz ham jon berishimiz mumkin, — Chuvrindi shunday 
deyishga dedi-yu, gap ohangidagi soxtalikni sezib, o‘ng‘aysizlandi. 
Deputat bu gapni eshitib, boshini egdi. Qahvadan bir-ikki ho‘pladi. 
— Mahmudbek, odam boshqalarni aldagan taqdirda ham o‘zini o‘zi aldamasligi kerak. 
Men endi tushunib yetyapman. Odamni o‘ttiz-qirq yoshida Vatanni sevishga o‘rgatish 
mumkin emas ekan. Agar odamning o‘zida zo‘r istak bo‘lsa o‘rganar-u, ammo bu 
tuyg‘uni mukammal deyish mumkinmas. Vatan tuyg‘usi ona suti bilan singishi kerak 
ekan. Xafa bo‘lmang-u, sizlarda ona suti bilan boshqa tuyg‘u kirgan. 
Bu gap Chuvrindining hamiyatiga tegdi. O‘z onasini, bolasiga ko‘krak sutini bermagan 
onasini eslab, g‘azablandi. Qo‘lidagi piyolani stol ustiga jahl bilan «taq» etib qo‘ydi-da: 
— Onalarimizni tinch qo‘ying, — dedi zarda bilan. 
— Meni avf eting, Mahmudbek. Men ramziy ma’noda gapirdim. 
— Ramziy ma’noda ham gapirmang! 
— Xo‘p-xo‘p, — dedi deputat tobelik bilan. 
— Vatanning boshiga bir ish tushsa bilinadi, siz avval jon berasizmi yo boshqalarmi? 
Sizga o‘xshagan gapdonlarni yaxshi bilamiz. Qo‘lingizga qurol berib, «Vatanni himoya 
qil», desa, «Hozir vaqtim yo‘q, majlisga kirib chiqay», deb cichqonning inini ijaraga 
olasiz. 
— Siz qaysi Vatanni nazarda tutyapsiz? Sovet Ittifoqinimi? Men esa Vatan deganda faqat 
O‘zbekistonni tushunaman. O‘zbekiston ozod bo‘lsa bas! Uning ozodlik kunini ko‘rsam — 
armonim yo‘q. O‘zbekiston ozod bo‘lsin, men uning ko‘chalarini supurib yursam ham 
mayli. Men amalga intilmayman. Sizlardan iltimos qilishimning sababi — o‘sha amal 
hozirgi ishimiz uchun zarur edi. Boltiq bo‘yidagi davlatlarda millatparvarlar hukumatga 
kiryaptilar. Bizda esa haliyam Moskvaga qarab chapak chaladiganlar o‘tiribdi. Qarab 
turasiz, erta-indin Boltiq bo‘yidagi uchchala davlat ajralib chiqadi. Biz o‘tiraveramiz 
ammamning buzog‘iga o‘xshab. 
— Shuni tushuntiribroq aytsangiz bo‘lardi-ku? 
— Gapirtirishga qo‘ydimi, Bek akangiz? Yana nuqul «juhud xotiningiz» deydi. Qayoqdan 
olgan bu gapni, hayronman. Aytib qo‘ying unga, xotinim, Xudoga shukr, muslima! 
«Bu gaplar suyak-suyagini zirillatib yuborgan ekan-da, — deb o‘yladi Chuvrindi. — Xotini 
juhudmi, o‘zbekmi o‘zim ham bilmayman. Bek akam balki boshqa birov bilan adashtirib 
aytib yuborgandirlar». 


Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik 

Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish