Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/246
Sana01.01.2022
Hajmi0,8 Mb.
#302637
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   246
Bog'liq
2 5253452856568056081

www.ziyouz.com kutubxonasi 
84
qiladigan hali tug‘ilmagan», degan ma’noni anglatgan edi. 
Hosilboyvachcha uchun Asadbek yo‘ldagi tog‘, uni qanday qilsa-da, ag‘darishi, kemirib 
bo‘lsa-da, tu-   gatishi lozim edi. Aylanib o‘tish mumkin emas — tog‘ orqa tomondan 
ham bosaveradi. Zaynabning o‘g‘irlanishi — bemalol hujumga o‘tsa ham bo‘ladi, degan 
ishora edi. Asadbekka hamla qiladigan dovyurak topilibdimi, demak, yurishni boshlash 
vaqti yetibdi. Elchinni to‘yga taklif etish — shunchaki bir sinov edi. Zaynabning o‘lik bola 
tug‘ib, kasalxonada yotishi uni qat’iy hujumga kirishishga da’vat etdi. 
U xushxabar olib kelgan Shomilning qo‘lidan gugurtni olib, to‘rtta cho‘pni chiqardi. 
Uchtasining boshini birlashtirib, to‘rtinchisini yoqdi-da, tezlik bilan shu uchta cho‘pga 
tutdi. Pov etib yonishi bilan puflab o‘chirgan edi, to‘rtala cho‘pning boshi qovushib, 
uchoyoqli minoraga o‘xshab qoldi. Shomil xo‘jasining mahoratiga besh ketib, kulib 
qo‘ydi. 
— Shomil, mana buni qara, Asadbek Elchinni kuyov qildi, Jamshid o‘ldirildi, qizi o‘zini 
osdi, bolasi o‘lik tug‘ildi... Hamma voqealarning boshi qovushmayaptimi? 
— Shunga o‘xshaydi, — dedi Shomil o‘ylab ham o‘tirmay. U sobiq shogirdini, hozirda esa 
xo‘jayinining aqliga tan bergan, shu bois aytganlarini mulohaza qilib ham o‘tirmas edi. 
Hosilboyvachcha cho‘p ustini barmog‘ining uchi bilan bosgan edi, «minora» sochilib 
ketdi. 
— Asadbekni kimdir chinor degan edi. Chinorning ichini qurt yeya boshlabdi. Chetdan 
tomosha qilib turaversang, g‘irt ahmoq bo‘lasan. Temirni qizig‘ida bosish kerak, 
deyishganmi? Asadbekning qizi yotgan kasalxonada odaming bormi? 
— Bor. O‘zimga tegishli bir jonon bor. 
— Menga Zaynab kerak. 
— Olib chiqaymi? — dedi ajablanib Shomil. 
— Qani o‘yla-chi, yo toming ketganmi? 
Hosilboyvachcha o‘ylash uchun fursat berganday jim qoldi, so‘ng o‘ziga-o‘zi gapirganday 
dedi: 
— Zaynab u yerdan giyohvand bo‘lib chiqishi kerak. Jononing uni ignaga o‘rgata 
olarmikin? 
— Men aytsam, o‘rgatadi. 
— O‘rgatsin, ammo ehtiyot bo‘lsin. Birinchisini o‘ziga sezdirmasin. O‘zi ham olib 
turadimi? 
— Olganda-chi! 
— Agar qovun tushirsa, men seni ham, uni ham tanimayman. 
Bu po‘pisaga javoban Shomil tirjayib, g‘ilay ko‘zlarini o‘ynatib qo‘ydi. Shomil xo‘jasining 
bu po‘pisasi quruq emas, amalga oshuvi muqarrar ekanini bilgani kabi, Hosilboyvachcha 
bu tirjayishning ma’nosini yaxshi anglaydi. Bu tirjayishga g‘ilay ko‘zlarning o‘ynashi 
qo‘shilgani — «ko‘nglingiz to‘q bo‘laversin, shu ishni eplamasam, bu dunyoda nima qilib 
yuribman», deganidir. 
Shomil muzlatgichni ochib, undan tunuka idishdagi fin pivosidan oldi-da, birini ochib 
xo‘jasiga uzatdi. Ikkinchisini ochib, bir ko‘tarishdayoq bo‘shatdi. Hosilboyvachcha bir-ikki 
yutum ichib, o‘ziga qaytardi. Shomil «sizniki tabarruk» deganday tirjayib uni ham 
bo‘shatdi. 
Zaynabni qo‘lga kiritish fikri Hosilboyvachchada ancha burun uyg‘ongan edi. Juvonning 
o‘zini osishi bu xayolni haqiqatga tezroq aylantirish imkonini yaratganday bo‘ldi. 
Bolaning o‘lik tug‘ilishi esa imkon darvozalarini keng ochib yubordi. «O‘zini osdimi, 
demak, chorasiz qolgan, — deb o‘yladi u. — Otasiga ishonchi yo‘q. Otasining hukmida 
yashash joniga tekkan. Hamma narsaga ega ayol bekordan-bekorga o‘zini osmaydi...» 
Hosilboyvachcha Zaynabni qo‘lga kiritgan tarzda nima qilishni ham o‘ylab qo‘ygan. 


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish