Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/246
Sana01.01.2022
Hajmi0,8 Mb.
#302637
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   246
Bog'liq
2 5253452856568056081

www.ziyouz.com kutubxonasi 
82
— Cholingiz hozir qaerdalar? 
— Qaydam... Balki samovorxonadadirlar? 
Zohid «topib kelasizmi?» deganday qilib Hamdamga qaradi. Bu qarashning ma’nosini 
anglagan Hamdam indamay tashqariga chiqdi. Zohid bir cheti yostiq ostidan chiqib 
turgan suratni oldi — Jamshid kulimsirab turibdi. 
— Mana bu yigit ham kelib turarmidi? — deb suratni ayolga ko‘rsatdi. 
— Yo‘q-a, — dedi ayol suratga durustroq ham qaramay. — Bularni hech kim so‘rab 
kelmadi. 
Zohid tokchadagi bo‘sh tsellofan xaltachalar bilan qon tekkan em ignasini ko‘rib: 
— Xola, endi bu xonaga kirmay turasiz, hech narsaga tegmang. Narsalaringizni tekshirib 
bo‘lganimizdan keyin olasiz, — dedi. 
Bu orada hovliga gavdali, ayol «cholim» degani bilan ko‘rinishi chollik martabasiga 
yetmagan, oyoqlari og‘ir gavdani ko‘tarishga majolsizligidanmi, o‘rdak kabi lapanglab 
yuruvchi uy egasi kirdi. Zohid u bilan salomlashgach, ayolga bergan savollarini qaytardi. 
O‘zi kutganidek, tayinli javob ololmadi: chol choyxonada o‘tirganida bu yigitlar joy so‘rab 
kelishgan, durustgina aqcha berishmoqchi bo‘lishgan, vassalom. 
Ekspertlar kelib xona ko‘zdan kechirilgach, qo‘lga ilinarli ashyoviy dalil ham topilmadi. 
3 
 
Tergovni tashqaridan kuzatgan odam bu yigit o‘zining ismini ham durust bilmas ekan, 
deb o‘ylashi mumkin. Zohid ismi-sharifini uch marta so‘raganida uch xil javob berdi. 
Zohid «bu laqillatmoqchimi yo dorining ta’siridan hali qutulmadimi?» deb o‘yladi. 
Ikkinchi yigit ham shunday hunar ko‘rsatgach, tergovni kechiktirdi. 
Ertasiga ularning gaplari poyintir-soyintir bo‘lmadi. Bu vaqt ichida mayor Soliev ularning 
kimligini, qamoqxonalarda bearmon o‘tirishganini aniqladi. Zohid avval yoshi kattarog‘i 
— Petrashvilini so‘roqqa chaqirdi. 
Rasm-rusm bo‘yicha dastlabki ma’lumotlarni so‘rab, yozib olgach, asosiy muddaoga 
ko‘chdi: 
— Yigirma sakkizinchi mayda qaerda edingiz? 
— Yigirma sakkizinchi?.. Necha kun oldin bo‘lgan bu yigirma sakkizinchi? 
— O‘n kun bo‘ldi. 
— E, grajdanin nachalnik, o‘n kun oldingi gap esimda turadimi? Kecha qayoqda edim, 
bilmayman. 
Zohid Jamshidning rasmini uzatdi: 
— Bu yigit kim? 
Petrashvili suratga uzoq tikildi. 
— Tanimayman. 
— Yostig‘ingiz tagida ekan? 
— Balki kampirning o‘g‘lidir. Uyda har xil rasm ko‘p edi. 
— Chol-kampir ham tanishmadi. Ammo... sherigingiz tanidi. 
— Sherigim tanigan bo‘lsa o‘zidan so‘rayver, nega mendan so‘raysan? 
— Haydovchi ham tanidi. 
— Qaysi haydovchi? 
— Sizlarni olib borgan. Biz uni topdik. 
— Har kuni o‘nta mashinada yursam, o‘nta haydovchi taniydi meni. Nachalnik, to‘g‘risini 
ayt, sen bo‘ynimga nima ilmoqchisan? Aytaver, kelishamiz, men bunaqa ishlarga 
o‘rganib ketganman. 
— Yo‘q, kelisholmaymiz, grajdanin Petrashvili. 


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish