Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/246
Sana01.01.2022
Hajmi0,8 Mb.
#302637
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   246
Bog'liq
2 5253452856568056081

www.ziyouz.com kutubxonasi 
80
— Aytsang, o‘ldiramiz, deyishgan. Bola-chaqang garovda deyishgan... 
— Kim? 
— Bilmayman, tanimayman ularni. 
— Nechta odam edi? 
— Ikkita... ular bu yerning odami emas, tili boshqacha edi. 
— Bu yerda «Jiguli» ham bor edimi? 
— Bor edi, bir jingalak sochli yigit turuvdi. 
— Keyin nima bo‘ldi? 
— Gaplashishdi. Keyin menga javob berishdi. 
— Urishishmadimi? 
— Yo‘q. 
— Osishganda qaerda eding? 
— Menga javob berishdi, ketuvdim. 
— Yolg‘on gapirma! — Hamdam shunday deb arqonni tortdi. — O‘lik yonayotganda ham 
shu yerda bo‘lgansan. Mashinangni ko‘rganlar bor. 
— Ha... Ha... moshinangda qimirlamay o‘tir, deyishdi. O‘tirdim. Bola-chaqam garovda 
edi... 
— Sen hozir ham garovdasan. Ikki yo‘ling bor: yo o‘sha odamlarni bizga topib berasan, 
yo shu yerda ko‘mirga aylanasan. 
— Men ularni tanimayman... Kira qilib olgan edim. Lekin bir uyga kirib chiqishgan edi. 
Balki o‘sha yerda turishar?.. 
Reja bo‘yicha Sayfi bu gapni so‘roqning yo uchinchi yo to‘rtinchi kuni aytishi lozim edi. 
Ish shu darajada tezlashib, murakkablashib ketdiki, aytmaslikning iloji qolmadi. 
Qaytishda mashinani Hamdam haydadi. Sayfi qil ko‘prikdan o‘tib, arang omon qolgan 
odam holiga tushgan edi. U ukasini qamoqdan chiqarish, hech bo‘lmasa muddatini 
kamaytirishga yordam so‘rab Haydarga murojaat qilgani uchun endi o‘zini o‘zi la’natladi. 
To‘g‘ri, ukasiga joni achiydi. Lekin, hozir ayon bo‘ldiki, o‘zining joni yanada shirinroq 
ekan. Dastlab unga vazifa oson ko‘ringan edi. Ikki kavkazlikni ijaradagi uyidan oladi, 
o‘likxonaga boradi, ular o‘likni o‘rab olib chiqishadi, so‘ng katta yo‘l yoqasidagi daraxtga 
osishadi, tamom vassalom. Milisa so‘ragan taqdirda faqat o‘likxonaga borilganini 
aytmaydi. Kavkazlik yigitlar ijarada turadigan uy ko‘rsatib qo‘yiladi, xolos... Sayfi bir-ikki 
so‘roqqa chaqirishadi-yu, so‘ng holi qo‘yishadi, deb o‘ylagan edi. Agar uning iziga 
Hamdam tushmay, boshqa odam, masalan Zohid tushganida balki shunday bo‘larmidi... 
Bir kunda gullab qo‘ygani uchun endi Haydardan qo‘rqa boshladi. «Bu balki yolg‘ondan 
qo‘rqitgandir, Haydar aka po‘pisa qilib o‘tirmas», deb yuragi orqasiga tortib ketdi. «Balki 
o‘zimni moshinadan tashlab, birato‘la qutulub qo‘ya qolsammikin», degan xunuk fikrga 
ham bordi. Shu onda Hamdam xuddi uning fikrini o‘qiganday bir qarab oldi: 
— Sen qo‘rqma, — dedi u, — senga tegishmaydi. Bizga to‘g‘risini aytib, yordam bersang 
joning omon qoladi. Kerak bo‘lsa, odam qo‘yib seni qo‘riqlaymiz. Aldaydigan bo‘lsang, 
ularga sherik hisoblanib, xalta-xurjuningni ko‘tarib jo‘naysan. Bu o‘yin shunaqa bo‘ladi: 
yo ostidan, yo ustidan! 
Bu safar «chapga», — «o‘ngga», deb Sayfi yo‘l ko‘rsatib turdi. Eski shaharning tor 
ko‘chalaridan o‘tishayotganda o‘ng qo‘ldagi temir darvozani ko‘rsatdi: 
— Shu uyga kirib chiqishgan. 
— Adashmadingmi? 
— Yo‘q, ana, chap tomondagi axlatxona esimda qolgan. 
Hamdam «yaxshi», dedi-yu, mashinani to‘xtatmadi. 
— To‘xtatmaysizmi? 
— Nega? 


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish