Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/246
Sana01.01.2022
Hajmi0,8 Mb.
#302637
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   246
Bog'liq
2 5253452856568056081

www.ziyouz.com kutubxonasi 
77
deb buyurdi. 
— Shu yer ko‘zimga yaxshi ko‘rinib ketdi, — shunday deb mashinadan tushdi. Sayfiga 
«siz ham tushing», deb buyurdi-da, tarvaqaylab o‘sgan daraxt sari yurdi. — Bir-ikki ulfat 
bilan yonboshlab olib pivoxo‘rlik qiladigan maza joy ekanmi, a? — dedi Hamdam 
hamrohiga savol nazari bilan qarab. 
— Iflos-ku? — dedi Sayfi ajablanganicha yelka qisib. — Yo‘l beti, shovqin. Ulfatchilik 
qilaman, desangiz zo‘r joylar bor. 
— Ifloslikka iflos. Lekin tozalasa bo‘ladi... Shu yerda ulfatchilik qilib o‘tirib, keyin bitta 
sherigimni osib qo‘ysamu o‘shanda siz shu yo‘ldan o‘tsangiz, ko‘rarmidingiz? 
— Bilmadim. Tez yuradigan bo‘lsam, u yoq-bu yoqqa qaramayman. 
— O‘lik yonib tursa-chi? Ko‘zingiz tushadi-ku? Shunda to‘xtaysizmi? 
— Aniq bir narsa deyishim qiyin. 
— To‘xtamay o‘tib ketaverasizmi? Axir u yonayotgan o‘lik ukangiz bo‘lishi ham mumkin-
ku? 
— Sovuq nafas qilmang, aka, tovonimgacha zirillatib yubordingiz. 
— Ha, gapim sal qo‘pol chiqdi. Uzr. Lekin... o‘sha odam kimningdir ukasi yo akasi, yo 
otasi, yo eri... Boringki, hech kimi yo‘q g‘irt yetim. Osilib turaveradi, yonib turaveradi... 
Xafa bo‘lmang, ba’zan kallamga shunaqa bema’ni xayollar kelib qoladi. 
— Ishingiz shunaqa-da. Yo‘l chetida odam boshini qashisa ham mashinaga qo‘l 
ko‘tarayotganga o‘xshab tuyuladi menga. Sizga esa sal shubhali ko‘ringan odam 
jinoyatchi bo‘lib ko‘rinaveradi, to‘g‘rimi? 
— Qoyilman, topdingiz! — dedi Hamdam sovuqqina jilmayib. 
U sir boy bermay turgan Sayfiga qarab taajjublandi: «Pixini yorgan jinoyatchi ham 
bunaqangi bez bo‘lmas. Rangi ham o‘zgarmaydi-ya... Kim bu o‘zi? Shunchalik ustami? 
Meni laqillatmoqchimi yo shoir mashina nomerini adashtirganmi? Bu kelmaganmi?..» 
Sayfi jilmayishning soxtaligini sezdi. Inspektorning gaplaridagi ilmoqni ham fahmladi. 
Mushuk-sichqon o‘ynayotganini ham bildi. Ammo uning nima uchun to‘q mushuk singari 
o‘ljasini o‘ynayotganiga tushunmadi. Sayfi bu vazifani bo‘yniga olganida milisaxonaga 
bir-ikki chaqirishib so‘rashganidan keyin aytib berarman, deb o‘ylagan edi. Ishning bu 
tarzda boshlanishi uni bir oz gangitdi. Hamdam o‘yinni yana bir oz davom ettirganida 
dovdirashi ehtimol edi. 
Hamdam uni sinovli nazari bilan ko‘p ta’qib etmadi. «Qani, ketdik», dedi-da, mashina 
sari yurdi. 
— Akaxon, hali ko‘p yuramizmi? — dedi Sayfi shahar markaziga yaqinlashganida. — 
O‘zingiz bilasiz, otning kallasiday plan bor. Bu yog‘i tirikchilik... 
— Tirikchilikmi, tirriqchilikmi? — dedi Hamdam kesatib. 
Sayfi o‘zini majburlab kuldi: 
— Gapni ham qiyib yuborar ekansiz. 
Hamdam «milisaxonaga qarab hayda», desa Sayfi qiynalmay yurgan bo‘lardi. Mashinani 
hali o‘ngga, hali chapga buraverib charchadi. Hamdam xuddi shahar ko‘chalarini 
bilmaydiganday uni rosa sarson qilib, nihoyat o‘zi ishlaydigan ichki ishlar bo‘limiga yetib 
keldi. Sayfini so‘roq qilish uchun o‘z xonasiga emas, balki ayblanuvchilar vaqtinchalik 
saqlanadigan temir panjarali tor va zax xonaga boshladi. Panjarali eshik sharaqlab 
ochilganida Sayfining esi chiqib ketayozdi. 
— Kir, — dedi Hamdam sovuq tarzda. 
— Nimaga? Gunohim nima? 
— Qo‘rqma, kiraver. Bu yer bizning do‘xturxonamiz. Unutilgan narsalar shu yerda esga 
tushadi. Bu yerda tuzalmaydiganlar uchun boshqa do‘xturxonamiz ham bor. U yerda 
uncha-muncha dori-darmon qilinadi, — Hamdam uni gardanidan ushlab ichkariga itardi. 


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish