Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet183/246
Sana01.01.2022
Hajmi0,8 Mb.
#302637
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   246
Bog'liq
2 5253452856568056081

www.ziyouz.com kutubxonasi 
169
— Asad, sen ertani ko‘rmayapsan. Ertaga yetarli bo‘lmay qoladi. Zo‘rlari bor. Senga 
ilinyapman. Xitoy tomondan qora dori... 
— Yo‘q, — dedi Asadbek qat’iy, — bu ishlarga o‘zing ham aralashma, bizni ham 
aralashtirma. 
Asadbekning kuragida og‘riq qo‘zg‘alib, aftini bujmaytirdi. 
— Nima bo‘ldi? — deb so‘radi Kozlov. 
— Kuragimni shamollatdim shekilli, — dedi Asadbek. 
— No‘ problem! Moment tuzatamiz. Tur o‘rningdan. Bunaqa kasalning davosi massaj! 
Kozlov uni ikkinchi qavatdagi yotoqxonaga boshladi. Dam o‘tmay u xonaga oq shoyi 
xalat kiygan xushbichim qiz kirdi. 
3 
 
Kozlov aytgan massaj foyda bermadi, aksincha og‘riqni zo‘raytirib, isitma chiqardi. 
Borajak manzillari Krasnoyardan qariyb to‘rt yuz chaqirim narida edi. Kozlov 
mehmonlarni urintirmay olib borib kelish choralarini ko‘rib qo‘ygan bo‘lsa-da, 
Asadbekning ahvolini bilib, «safarni kechiktirsakmikin?» dedi. 
— Piyoda yurmasam, yelkamda bir qop yuk bo‘lmasa, mashinada boramizu kelamiz, — 
dedi Asadbek, o‘zini jilmayishga majburlab. 
Bu jilmayish niqobi ostida og‘riq azoblari yashirin ekanini barchalari sezdilar. 
Asadbek go‘dak emaski, uni avrab, nasihat qilib yoki aldab ko‘ndirish mumkin bo‘lsa. 
— Yo‘lda kraykomning statsionari bor. Birrov kirib chiqamiz, — dedi Kozlov 
mulohazalarga yakun yasab. 
Kozlov «statsionar» deb atagan joy kasalxonani emas, shohona dam olish uyini 
eslatardi. Eng kamida raykomning ikkinchi kotiblarigagina nasib etuvchi bu koshonaning 
kattalari Kozlovni yaxshi tanir edilar. Uning birgina imosi bilan Asadbek atrofida parvona 
bo‘la boshlashdi. Asadbek bu yerga kirishda «isitmamni o‘lchab dori berishar», deb 
o‘ylagan edi. Qon tarkibini tekshirishdan tortib yurak urishigacha tekshirildi, hatto 
rentgen xonasiga ham kirib chiqdi. 
— Bu yer shunaqa «TO-2»1, — dedi Kozlov kulib. 
Tekshirishlar tugagach, Kozlovni izzat bilan kutib olgan kishi uni chetga tortib, dedi: 
— Bu oddiy shamollashga o‘xshamay turibdi. Emlab qo‘ydik, isitmasi tushadi. Ammo 
kechga borib yana ko‘tarilishi mumkin. Uch-to‘rt kun shu yerda yotsa, yana yaxshilab 
tekshirib, uzil-kesil bir xulosaga kelar edik. 
— Hozir bir joyga ketyapmiz. Qaytishda kiramiz. Har holda, ertaga qaytsak kerak. Bitta 
lyuksni tayyorlab qo‘yavering. Doridan bering, isitmasi ko‘tarilsa o‘sha yerda hamshira 
topilar. 
Yarim soatlardan so‘ng dori ta’sir qilib, Asadbek o‘zini yengil his etdi. U oldingi 
o‘rindiqda, suyanchiqni pastlatibroq yotib borardi. Ko‘zi ilinib o‘n-o‘n besh daqiqa 
mizg‘idi-yu, uyg‘onib, o‘zini avvalgidek tetik sezib, qaddini ko‘tardi. 
— Qalay? — dedi Kozlov, uni yelkasidan ushlab. — Tuzukmisan? Ranging yaxshi. 
— Dardni bergan Olloh shifosini ham o‘zi beradi, — dedi Jalil Asadbekning o‘rniga javob 
qaytarib. 
— Umuman, to‘g‘ri gap aytding, — dedi Kozlov, — Xudo xohlamasa Xristos2ning jiyani 
bo‘lsang ham hech nimaga erisha olmaysan. Men buni amalda ko‘p sinaganman. Men 
Xudoga ishonaman, lekin ibodat qilmayman, shunisi chatoq. Bilasanmi, Jora... 
— Men Jora emasman. 
— Jora bo‘lmasang Jenyadursan? 
— Men Jalilman. Otam rahmatli shunaqa ism qo‘ygan, — dedi Jalil o‘jarlik bilan. 


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish