Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet182/246
Sana01.01.2022
Hajmi0,8 Mb.
#302637
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   246
Bog'liq
2 5253452856568056081

www.ziyouz.com kutubxonasi 
168
bo‘lib qoldingmi? 
— Sen o‘zingni bil, — Jalil shunday deb bir burda non sindirib og‘ziga soldi. — Men senga 
o‘xshab ziyofat yeb o‘rganmaganman. Non ham bo‘laveradi. 
— Nonni ham shu pichoqda kesishgan. 
Bu gapni eshitib Jalil chaynagan nonini yutishni ham, tashlashni ham bilmay qoldi. 
— Yut, yutaver, sendaqa mulladan o‘rgildim. 
Asadbek shunday degach, ajablanib qarab turgan Kozlovga izoh berdi: 
— Oshnam mullalardan. Tandirdan kechagina uzilgan xilidan. 
Kozlov buni hazil deb tushunib kuldi. 
Davrada Kozlovning yigitlaridan hech biri ishtirok etmadi. Ovqatlanib bo‘lishgach, 
yumshoq o‘rindiqlarga o‘tib o‘tirishdi. 
— Sen, Asad, anarxist ekansan. Gorbach hammaga demokratiya berdi-yu, qayta qurish 
senga yetib bormabdi. Yigitlaring hech bir narsani o‘zicha hal etolmaydi. Vinoni 
tsisternada yuborishni tashkil qilinglar, desam, avval Bek akamdan so‘raylik, deydi. Zo‘r 
pushkalar bor, desam... 
Gap shu yerga kelganda Asadbek yo‘talib qo‘ydi-da, Chuvrindiga qaradi. Bu qarashning 
ma’nosini tushungan Chuvrindi Jalilga gap aytmoqchi bo‘lib og‘iz juftladi, ammo 
ulgurmadi. Jalil o‘rnidan turdi-da: 
— Yo‘talni ham ezvording. Yo‘talishni bilmasang, o‘zingni qiynab nima qilasan, chiqib 
hovuzda cho‘milib kel, degin, yomg‘irda cho‘milishning mazasi boshqacha bo‘ladi, — deb 
eshik sari yurdi. Chuvrindi yolg‘iz o‘zining chiqishi noqulay bo‘lmasin, deb ergashgan edi, 
Jalil orqasiga o‘girilib, to‘ng‘illadi: — Menga dumning keragi yo‘q. Gaplaringni gaplashib 
olaverlaring. 
— Jalil mening eng qadrdon do‘stim. Lekin bizning ishlarimizdan nihoyatda uzoq. Uning 
hayoti boshqa, — dedi Asadbek. 
Asadbekning «eng yaqin do‘stim bo‘lsa ham uning oldida sir aytma», demoqchi ekanini 
Kozlov tushundi. 
— U qaerda ishlaydi? — deb so‘radi Kozlov. 
— Aniq bilmayman, qaerdadir ishchi. 
— Yoningga olmagan ekansan-da? 
— Bunaqa o‘jar dunyoda bitta. U bu dunyoda halol mehnat bilan kun ko‘rish 
mumkinligini isbot qilmoqchi. 
— Oshnang bitta emas, bunaqalar hammayoqda to‘lib-toshib yotibdi. Gorbach aytyapti-
ku, hamma narsani o‘z nomi bilan aytish kerak. Bularning nomi — AHMOQ! — Kozlov 
shunday deb kuldi. — Xullas, yigitlaring keldi-yu, ketdi. Hech nima hal bo‘lmadi. Men 
sizlardan xafa emasman. Oramizdagi ish puxta, halol bo‘lyapti. Lekin bir yigiting bizni 
go‘l qilib ketdi. Esingdami, sen uni o‘n yilcha oldin yuborgan eding. Qarab turdik, xor 
qilmadik. Lekin ketishda hammamizga tupurib, ancha narsani o‘marib ketibdi. Orqasidan 
odam yuboray dedimu, senga malol kelmasin, dedim. 
Chuvrindi gap Shilimshiq haqida ketayotganini bilib, suhbatga qo‘shildi: 
— Aleksey Petrovich, odam yubormaganingiz yaxshi bo‘libdi. U tinchidi. Xizmatiga 
yarashasini oldi. 
— Yigitlarga tayinlab qo‘yish kerak: bunaqa qiliq jazosiz qolmaydi. Men bu yerda 
yashaganim bilan qo‘limni uzatsam O‘zbekistonga, kerak bo‘lsa undan nariga yetadi, 
shunday emasmi, Asad? 
Kozlovning keyingi gapi Asadbekka sal malol keldi. Shu bois gapni boshqa yoqqa burdi: 
— Yaxshi. Takliflaringni ayt. Sisternani o‘ylab ko‘ramiz. 
— Pushkadan olinglar. Ortiqchasi zarar qilmaydi. 
— Hozircha yetarli, bor. 


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish